‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   160

Alohida  davlat  hisoblangan  Vatikan  shahrida  1861-yildayoq  gazeta 
chiqarish  yo‘lga  q o ‘yiIgan.  «OccepBaroe 
poMaHo» 
(Rim lik  sharhlovchi), 
gazetasi  shulardan  bin  bo‘lib,  u  siyosiy-diniy yo‘nalishga  ega edi.
Xulosa  qilib  aytganda,  XIX  asrda  matbaa  texnikasining  taraqqiy etganligi 
m atbuot  ra\Tiaqida  asosiy  poydevor boldi.  Bu texnologiyalar rivoj  topib,  tako- 
millashgani  sari  gazeta,  jum al,  kitob  va  boshqa  matbaa  mahsulotlarini  ishlab 
chiqarish  ham sifat,  ham  m iqdor jihatidan rivojlanib boraverdi.
X V  
bob.
  XIX  ASRDA  DUNYO JURNALISTIKASI 
¡-/as/.
  Yevopada  umumiy  ijtimoiy-siyosiy vaziyat  va jurnalistika
XIX  asrda  Yevropadagi  siyosiy  hayot  shiddatli  kechdi  deyish  mumkin. 
Asm ing  birinchi  yarm ida  ko‘plab  mamlakatlarda  manufakturalardan 
mashinalashgan  fabrikalarga  o ‘tish  jarayoni  boshlanib  ketdi.  0 ‘sha  payt- 
larda  jam iyatda  feodal  tuzum i  hukm   surardi,  ijtimoiy  kamsitish  ko'pincha 
milliy  kamsitishga  aylanib  ketdi.  Ayni  shu  davrlarda  odam larda  ozodlik, 
tenglik,  o ‘zlikni  anglash  va  ijtim oiy  haqiqat  uchun  kurash  ehtiyoji  kuchaya 
boshladi.  Ushbu  jarayonlar  barobarida  sinfíy,  millatlararo  va  boshqa 
m ojarolar  ham  yuzaga  keldi.  Bu  esa,  o ‘z  navbatida,  millatchilik va  ijtimoiy 
g ‘oyalarning  avj  olishiga  sabab  bo‘ldi.
1848— 1849-yillarda  Yevropaning  Fransiya,  Avstriya,  Germaniya, 
Italiya  kabi  ko‘plab  daviatlari  inqilobiy  harakatlar  markaziga  aylanib  qoldi. 
U shbu  q it’a  tarixidan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  milliy  tiklanish 
harakatlari  hall  hech  qachon  bu  darajagacha  yetmagan  edi.  Yevropaning 
turli  burchaklarida  bo‘lib  o ‘tgan  inqilobiy  chiqishlar  har  xil  tus  olgani  va 
turli  natijalar  bilan  yakunlangani  tabiiydir.  Cluuiki  ularda  ishtirok  etgan 
xalqlarning  taqdiri  bir  xil  em asdi,  lekin  bir  narsa-butun  Yevropa  inqiîoblar 
og'ushiga  ch o ‘mganligi  aniq  edi.
XIX  asr  siyosiy  jurnalistikasini  yaxshiroq  tushunish  maqsadida  biz 
tarixiy  voqealarni  xronologik  tarzda  va  keng  o'rganishdan  tiyilib,  shu 
davrdagi  matbuot  rivojining  m uhim   yo'nalishlariga  teranroq  nazar  tash- 
laymiz.
Bu  davrda jum alistikaning  davlatlar va  xalqlar  ijtimoiy  hayotiga  ta ’siri 
anch a  kuchaydi.  Misol  tariqasida  Yevropaning  taraqqiy  etgan  davlatlaridan 
biri  b o ‘lgan  Fransiyani  olam iz.  Asr  boshlarida  mamlakatda  matbuot 
m onarxiya  bilan  kurashish  vositasiga  aylanib  qolgan  edi.  Binobarin,  30- 
yillarda  Lui  Filipp  legitimistlar  va  respublikachilar  bilan  kurashishga  katta 
e ’tib o r  qaratdi.  Ayniqsa,  ikkita  qonuniy  guruhga  birlashib  oigan  respub­
likachilar uning uchun  haqiqiy bosh  og‘riqqa aylandi.
Buijuaziya  respublikachilaridan  iborat  birinchi  guruh  A.  Marrast  bosh- 
chiligidagi  «Natsonal»  gazetasi  atrofida  uyushgan  edi.  Unda  ko‘proq 
savdogar  va  tadbirkorlaming  manfaatlarini  ko‘zlovchi  hamda  Fransiya 
respublika sifatida  e’lon  qilinishiga  da’vat etuvchi,  saylov  huquqi,  ichki bozor  * 
aylanmasini tartibga solishga chaqinivchi va shunga o'xshash  maqolalar chop 
etilardi.  Ushbu gumli a ’zolari  ijtimoiy islohotlarga qarshi edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q at’iyroq  kayfiyatdagi  respublikachilaridan  tashkil  topgan  ikkinchi 
guruh  bosliida  advokat  A.  Lediyu-Rollen  turgan  bo'lib,  ular  «Reforma» 
nomli  gazeta  atrofida  birlashdilar.  Mazkur  gazeta  umumsaylov  huquqi, 
ijtimoiy-iqtisodiy  îslohotlarning  aniq  dasturlari  bilan  ishchi  xizmatchilar 
orasida  katta  hurmat  qozongan.
Matbuotda  yagona  milliy  davlat  tuzish  g'oyasi  ham  o ‘z  aksini 
topayotgan  edi.  Germaniyaga  murojaat  etaylik.  1848-yiining  l-aprelidan 
Berlin  shahrida  chiqa  boshlagan  «National  Zeitung»  gazetasi  mamlakat 
xalqining  huquq  va  erkinliklarini  ta ’minlovchi  Konstitutsiya  qabul  qili- 
uishiga  katta  hissa  q o ‘shdi.
Yangi  gazeta  o ‘zining  biriachi  sonida  «Bizning  maqsadimiz  G er- 
maniyani  Sharq  va  G ‘arb  hayiqadigan  birlashgan  kuchli  davlat  sifatida 
ko‘rishdir.  Tashqi  havfsizlik  va  kuchli  davlatchilik,  bizningcha,  har  bir 
xalqning  hunarmandchilik,  qishloq  xo‘jaligi  va  ishchilarni  rivojlantirshga 
bo‘lgan  inlilishiga  bogliq.  Biroq  xalqning  kuchi  uning  to'laqonli  siyosiy 
savodxonligi  bilan  chambarchasdir»,  degan  shiorni  ilgari surdi.
Ta’kidlash  kerakki,  «National  Zeitung*  milliy  davlatchilik  g‘oyalarini 
asosiy  maqsad  qilib  olgan  edi.  Gazetaning  siyosiy  boMimiga  yosh  iqtidorli 
doktor  Fridrix  Sabel  boshchilik  qilardi.  Feleton  bo'lim ida  Fedor  Myugge 
va  Eduard  Tempeltey,  keyinchalik  esa  Karl  Frensellar  o 'z   maqolalari  bilan 
ishtirok  etishi  mamlakatlarining  ko'pchiligida  chet  davlatlar  mustam- 
lakachiligiga  qarshi  milliy tiklanish  kurashida  m atbuotning o ‘m i  beqiyosdir. 
Italiyada  Avstriya,  Ispaniya  mustamlakachiligiga  qarshi  kurash  harakati 
(1780-1870)  Risordjimento  (Tiklanish)  nom ini  oldi.  Respubiika  g'oyasini 
singdinivchi  bir  qator  nashrlar  vujudga  keldiki,  ular  orasida  «Оссерваторе 
дела  република  италяна»  va  «Когтеre  Milano»  gazetalari  alohida  ajralib 
turardi.  0 ‘z  navbatida,  ular jamoatchilik  orasida  vatanparvarlik  kayfiyatlari 
kuchayishiga  ham  zamin  varatgani  shubhasiz.
Turli  xalqlaming  o 'z   liuquqlari  uchun  kurashida  ham  matbuotning 
o ‘mi  ahamiyatlidir.  Grek,  yahudiy,  serb,  bolgar  va  boshqa  xalqlar  musta- 
bidchilikdan  aziyat  chekar  edi.  Asr  oxirlarida  Usmonlilar  imperiyasida 
sodir  bo‘lgan  voqealar  ham  bunga  yorqin  misol  bo'la  oladi.  «Armeniya», 
«Ayastan»,  «Gnchak*  gazetalarida  o ‘z  fikr  va  maqsadlarini  ifoda  etgan 
arman  vatanparvarlari  sulton  Abdul  Hamid  II  da  katta  xavotir  uyg‘otar edi. 
Milüy  o'zlikni  tanish  yo'lida  tashkil  etilgan  har  qanday  siyosiy  tadbir 
harbiy  Armaniston  hokimlari  tomonidan  bartaraf etilardi.  Chunki  ayni  shu 
voqealar  Usmoniylar  saltanati  birdamügiga  tahdid  solib  turardi.  Abdul 
Hamid  buyrug‘i  bilan  matbuotda  «Armeniya»,  «Makedoniya»  kabi 
geografik  atamalarni  ishlatish  taqiqlab  qo'yildi.  Harbiy  Armanistonning 
Vana,  Erzurum  va  boshqa  markazlarida gazeta  chiqarishga  umuman  ruxsat 
berifmasdi.  Shunday  bo‘isa-da,  harbiy  A rm anistonda  o'sha  yiliarda  «Ayk», 
«Droshak»  va  boshqa  gazetalar  o'quvchilariga  yetkazib  turilardi.  Jenevada 
esa.armanlar  «Amaynk»  nomli gazetasini  bosib  chiqarishar edi.  1
1 «Independent»,  1884.  Ne6,  37-bet;  «Le semafor de  Marselb»,  1890 yil
2  dekabr,  «Deyli  nyus»,  1890,  № 1,  2-bet;  Londonda  chiqadigan  «Tayms»,  1890, 
№221-222 va boshqalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə