‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160

Fotografiya  usulida  h arf terish  g‘oyasi  1894-yilda  vengriyalik  ixtirochi 
E.  Porselt  tom onidan  ilgari  surilgan  edi.  Biroq  bu  maghinani  birinchi 
b o ‘Hb  1895-yilda  Rossiyada  V.  Gassiyev yaratgani  haqida  ham   m a’lumotlar 
bor.  Fototeruvchi  mashinani  1915-yilda  Myunxen  bosmaxonalaridan  btrida 
ixtirochi  A dolf  M yuller  yaratgani  qator  manbalarda  qayd  etilgan.  U 
quyuvchi  apparat  o ‘miga  fotokam era  o'm atiladigan  linotlpdan  foydalan- 
m oqchi  edi.  0 ‘sha  davrda  patenti  amalga  oshmagani  sababli  ish  biroz 
m uddat  to'xtagan  bo‘Isa-da,  bu  muammo  ixtirochilar  nazaridan  chetda 
qolm adi.  Keyinchalik  fototeruvchi  mashinalar  amaliyotda  keng  qoMianila 
boshladi.
Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  bunday  mashinalami  yaratish  ancha 
jadallashdi.  Bunda  proyavka  qilingan,  ya’ni,  tasviri  oydinlashtirilgan  nega- 
tivdan  pozitivli  yassi  bosma  shakl  tayyorlanadi.  Fototeruvchi  mashina- 
lam ing  zamonaviy  modellari  yaratildi.  «Fotosetter»,  «Intertip*,  «Monofo- 
to»,  « M onotip»  kabi  harf  teruvchi  mashinalar  mutlaqo  boshqa  prinsipga 
asosan  ishlardi.  Ularning  terish  tezligi  soatiga  40000  belgiga  teng.  Ushbu 
m ashinada  esa  bir  vaqtning  o ‘zida  b ir  nechta  xil  shriftlardan  foydalanish 
m um kin.  Fototerish  texnikasini  o ‘sha  davrda  hattoki  qo‘lda  harf  terish 
sohasida  ham   qo‘llashga urinishlar b o ‘lgan.
Fotografiyaning  paydo  bo'lishi.  Fotosuratlar  ixtirosi  ham   uzoq  tarixiy 
yo‘lni  bosib  o'tgan.  XV  asr  oxirida  buyuk  olim  Leonardo  da  Vinchi  rasm 
ishlab  chiqarish  moslamasi  —  kamera-obskurani  tasvirlab  bergan  edi.  XVI 
asr  o 'rtalarid a  bu  asbob  m ashhur  italiyalik  Jovani  Batista  tom onidan 
takomillashtirildi.
Surat  (fotografiya)  chiqarish  moslamasining  ixtiro  qilinishiga  rus 
diplom ati A.P.  Bestujev-Ryumin  va  nemis olimi  Iogann  Shulslar ham  hissa 
q o ‘shganlar.  Shunday  bo‘lsa-da,  fransuzlar  N eps  va  Dager,  shuningdek, 
ingliz T albot  surat  ishlash  (fotografiya)ning bosh ixtirochilari  hisoblanadi.
Iste’fodagi  napoleonchi  zobit  Jozef  Neps  (1765—1833)  ko‘p  yillar 
davom ida  geliografiyani  («nur  bilan  yozish»  ma’nosini  anglatadi)  hosil 
qilish  borasida  tajribalar  olib  bordi.  Uni  suratga  olish  deb  atagan  Neps
1816-yildayoq  yaxshi  natijalarga  erishdi.  1826-yili  Neps  yorug‘lik  nurlari 
orqali  gravuraning  nusxasini  tayyorlashga  muvaffaq  bo‘ldi.  Shu  tariqa 
birinchi  yangi  reproduksiya  yaratildi.  Nepsning  bu  va  boshqa  ixtirolarini 
tasdiqlovchi  hujjatlar  deyarli  100-yil  nom-nishonsiz  qolib  ketdi.  Biroq 
uning  ixtirosi  haqida  zam ondoshlari  yaxshi  bilar  edilar.  Fransuz  Lui  Dager 
(1 7 8 7 -1 8 5 1 )  ko‘p  yillar  davom ida  yorug‘lik  tasvirini  kamera-obskurada 
mustahkam lashga  harakat  qildi.  U   Neps  bilan  birgalikda  bir  necha  bor 
tajribalar  o ‘tkazdi.  N eps  vafotidan  so‘ng  Dager  o ‘z  tajribalarini  1838-yil 
28-aprel  kuni  yakunlagach,  «M en  o‘z  jarayonimni  «dagerotip»  deb 
atadim »,  degan  edi.
1839-yil  7-yanvar  kuni  Parij  akademiyasi  kotibi  Argo  akademiyaga 
D agem ing  kashfiyoti  haqida  xabar  berdi.  0 ‘sha  kun  —  fotografiyaning 
tug'ilgan  kuni  deb  e’lon  qilingan.  M azkur  bctirolari  uchun  Dagerga  va 
N epsning 
merosxo‘rlariga 
Fransiya  parlamenti 
tom onidan 
alohida 
g‘am xo‘rlik!ar  ko'rsatiladi.  1839-yili  Argo  bergan  xabardan  voqif  bo‘lgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


ingliz  olimi  Uilyam  Talbot  (1800—1877)  kam era-obskurada  olingan  tas- 
virni  mustahkamlash  usulini  (opganini  ma’lum  qildi.  N eps  va  Dagerning 
ixtirolari  bilan  yaxshi  tanish  Talbot  1835-yili  o ‘z  dalahovlisining  tasviriiii 
olishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Bunda  tasvimi  hosil  qilish  vaqti  30  daqiqaga 
cho'zildi.
Talbot  o ‘z  ixtirosini  «kalotipiya*  («kalos*—  g o ‘zallik)  deb  atadi.  U 
tasvimi  oldindan  yorug'likka  sezgir  eritma  qatlam i  bilan  to'yintirilgan 
qog‘ozda  hosil  qildi.  Shu  tariqa  tasvir  aksini  hosil  qiluvchi  (проявитель) 
va  uni  mustahkamlovchi  (закрепитель)  orqali  ishlanadigan  qog'oz-negativ 
dunyoga  keldi.  Mazkur  qog'ozga  negativlardan  olingan  tasvirning  haqiqiy 
aksi  chiqariladi.  Kalotipiya  zamonaviy  suratga  tushirishning  poydevori 
bo‘ldi.
Fotografiyaning  yaratilishi  katta  voqea  edí.  O 'sh a  davr  odamlari  bu 
kashfiyotni  hayrat  ila  kutib  oldilar.  Ayrim  rassomlarga  esa  shunchalik  alam 
qilgan  ediki,  m usaw ir  Pol  Delarosh:  «Bugundan  boshlab  rassomlik  o ‘ldi!» 
deyishdan  tilini  tiya  olmagandi.  Taraqqiyot  esa  o ‘z  ishlni  qilardi.  Oldin 
badaviatroq,  keyincha  o ‘rta  daromadli  kishilar  linza,  kam era  va  yorug‘likka 
sezgir  moslamalar  sotib  ola  boshladilar.  Ular  turli  obyektlarni  soatlab 
tasvirga  tushirar,  garchi  olingan  suratlar  xira,  noaniq  b o ‘lsa-da,  bundan 
rasa zavqlanar edilar.
Birinchi  m arta  suvatga  tushirish  bilan  jiddiy  shug‘uUangan  fotograf- 
dagerrotipistlardan  fransuz  Ippolit  Bayer,  Ippolit  Fizo,  Antuan  Klode, 
Shari  Shevalslaming  ham  nomlari  tarixda  qoldi.  0 ‘sha  kezlarda  Rossiyada 
tasvir  hosil  qilishning  yangi  usuli  «yorug‘lik  sezuvchi»,  «yorug‘lik 
yordamida yozish*  kabi  nomlami  olgandi.
Fotografiya  sohasini  yanada  takomillashtirish  borasida  uzoq  yillar 
izlanishlar  olib  borilgani  sir  emas.  1868-yilda  birinchi  sun’iy  yorug'lik 
yordamida  suv  osti  manzaralari  va  tabiatning  rangli  fotosurati  olingani 
ko'pchilikni  hayratga soldi.
0 ‘sha  yillarda  tasvimi  gazetaga  tushirish  borasida  yana  bir  bctiro 
paydo  bo‘ldi.  M a’lumki,  fotografik  bo'lmagan  bezak  (illustratsiya)lar 
(chizilgan  rasm,  grafika  va  boshqalar)  tasvimi  negativdan  bevosita  bosma 
shakl  ustiga  to ‘g'ridaii-to‘g‘ri  proeksiyalash  orqali  hosil  qilinadi.  Lekin  bu 
usulda  tasvirning  to ‘q  rangli  bo‘lmagan  oq-qora  qism ini,  aniqrog'i,  nim 
tusni  tasvirlashning  iloji  yo‘q  edi.  Jurnalistikada  keng  tarqalgan  bunday 
nim   tusli  tasvirlar  (qabariq  bosma  yoki  ofset  usulida)  ko‘pchilikni  tashkil 
etadi.  Bu yerda  proeksiyaning boshqa atiiqroq  usuli  zarur  bo‘ldi.
Bunday  usulni  myunxenlik  gravurachi  Georg  Myozebax  1801 -yilda 
kashf etdi.  Ü  tasvirni  klishega  rastr  orqali  o'tkazishga  erishdi.  Rastr  —  bu 
tasvimi  kichik  nuqtalarga  ajratuvchi  to‘rdir.  N uqtalam ing  tekislikdagi 
ko'rinishi  esa  har  xil,  oppoq  yoxud  tim-qora  rangda.  1  sm2  bir  necha 
yuztalab  nuqtalar joylashishi  mumkin.  Bunday  rastr  istalgan  ko‘rinishdagi 
suratni  hech  qiyinchiliksiz  uzata  oladi.  Rastr  yordam ida  bajariladigan 
klishe  juda  ko'p  rastrli  nuqtalardan  iborat  va  murakkab  tusli  tasvimi  ham 
bosishga  imkon  yaratadi.  0 ‘sha  davrdayoq  bu  ixtironing  umrboqiyligi 
haqida  aytilgan  bashoratlar  nechogli  to ‘g‘ri  bo‘lib  chiqayotganini  vaqt 
ko‘rsatmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə