‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160

teruvchi  (ismi  sharifi  nom a’lum)  tom onidan  boshlangan.  U  bilan  ham- 
korlik  qilgan  K asjenbayn  sherigi  vafotidan  so‘ng  ishni  poyoniga  yetkazgan 
va shu  bilan  m ashina  uning  nomi  bilan  ataladigan  boMgan.
Kastenbayn  1869-yilda  patent  olgach,  h arf  teruvchi  mashinalami 
yasash  bo‘yicha  ustaxonaga  asos  soldi  va  1871-yilda  «Tayms*  gazetasi 
uchun  harf terishda  1908-yilgacha  qoilanilgan  birinchi  mashinalarni  xand 
qildi.  Bunday m ashinalar Yevropa  mamlakatlari va Amerikada  ham  ishlatib 
kelindi.  Lekin  ularda  h arf  terish  apparati  klaviatura  yordamida  ishlar, 
avtomatik  ravishda  o 'c h a r,  am m o  yig‘iladigan  apparat  tezlik  bobjda  harf 
teruvchi  apparatga  bas  kela  olmas  edi.  Bu  kamida  u c h -to ‘rt  ishchi  xizmat 
ko'rsatib  turishini  taqozo  etardi.
Amerikalik  m uhandis  Uilyam  Tom   1880-yilda  yaratgan  harf  terish 
mashinasi  esa  ishchi  kuchini  unchalik  ko*p  talab  qilmasdi.  Avtomatik 
tarzda  ishlaydigan  h a rf  terish  mashinasini  bunyod  etishda  Torn  daniyalik 
Kristian  Syorensenning  ixtirosini  qo‘Uadi.  Bu  mashinada  yig ish-yoyish 
jarayoni  mexanizatsiyalashganligi  bois  unga  xizmat  ko‘rsatishda  faqatgina 
harf  teruvchi  va  q a to r  (satr)lar  o‘chirilishini  amalga  oshimvchi  operator 
zarur  edi.  M ashina  soatiga  6000—7000  belgi  terish  tezligi  bilan  ishlardi. 
Ushbu  model  muvaffaqiyatli  chiqqach,  m atbuot  yanada  ravnaq  topishiga 
xizmat  qilgani  shubhasiz.  Ixtirochi-muhandislar  h arf  terish  mashinasini 
takomillashtirishga  qaratilgan  izlanishlarini  davom  ettirdilar.  Endi  u.\ar 
ishchi  kuchini  yanada  «tejash*,  ya’ni,  faqat  bitta  odam   xizmat  ko  rsa- 
tadigan  harf terish  mashinasini  yaratish  ustida  ish olib bordilar.
H arf  terish  m ashinasi  matbaa  korxonasida  asosiy  ashyolardan  bin 
hisoblanadi.  X IX   asr  boshlarida  harf  terish  mashinalari  m atn  satrlanm 
ayrim  litera  (harf)lardan  terishni  mexanizatsiyalashga  imkon  berdi.  1822- 
yilda  ingliz  ixtirochisi  U.  Chyorch  klaviaturali  harf  terish  (literonabor) 
mashinasini  yaratdi. 
1866
- 1867-yillarda  rus  ixtirochisi  P.  Knyaginins  ly 
«avtom at-harf  teruvchi»-perfolentali  programma  asosida  boshqariladigan
harf terish  m ashinasini  yaratish  ustida  ish  olib  bordi.
H arf  terish  m ashinalari  -   linotip  va  m onotip  yaratilgach,  XIX  asr 
oxirlarida  keng  q o ‘llanila  boshladi.  Rivojlanish  bosqichiga  kirgan  bir  qator 
m amlakatlarda  bosm axonalar  shu  tufayli  jadallik  bilan  ishlab,  juda  ko  p 
nusxalarda  gazeta  va  kitoblar  chiqarishga  erishdilar.  Bu  nashrlar  keng 
om m a  orasida  tarqalib,  odam lar  ongi  va  tafakkuriga  ta ’sir  etib  borardi. 
Foto  usulida  h arf  teruvchi  mashinalar  yaratilishidagi  dastlabki  qadamlar 
ham  xuddi  shu  davrga  to ‘g‘ri  keldi  va  m atbuot  texnikasi  taraqqiyotidagi 
ushbu  yangilik  m atbaachilik  ravnaqiga  ulkan  hissa  b o lib   qo'shildi.  Bu 
davrda  harf  terish  m ashinalari  asosan  uch  xilga  boMinardi,  ya’ni:  terish- 
qo‘yish,  terish-yozish  va  fototeruvchi  mashinalar.  H arf  terishdek  eng 
mashaqqatli  ishning  oddiy  qo‘l  mehnati  o ‘rniga  bu  tariqa  mexani- 
zatsiyalashgani  o ‘ziga  xos taraqqiyot  bosqichi  edi.
Nikolay  Bogdanov  va  Boris  Vyazemskiyning  «Справочник  журна­
листа*  kitobida qayd  etilishicha,  ham  harf terib,  ham  satr quyuvchi  mashi­
na  haqidagi  g‘oyani  birinchi  bo‘iib  rus  ixtirochisi  I.N .  Livchak  ilgari  sur- 
gan.  Bu  ishi  u ch u n   u   Angliyadan  patent  ham   olgan.  1884-yili  nemis
www.ziyouz.com kutubxonasi


ixtirochisi  Oppengeym  M ergentaler  Amerikada  shu  taklif asosida  mashina 
yaratdi  va  u  «linotip»  nomini  oldi.  Mergentaleming  linotip  mashinasi 
soatiga  6000  belgi  (harf,  tinish  bclgilari  va  h.  k)ni  terishga  im kon  yaratdi. 
Q o‘lda  h arf terish  tezligi o ‘sha  vaqtda soatiga  1400 belgini tashkil  etar edi.
Linotipning  ixtiro  qilinishi jum alistika  texnikasi  tarixidagi  tub  burilish 
bosqichlaridan  biridir.  Bu  m ashina  amaliyotda  keng  qo‘llanildi.  U nda 
ishlash  uchun  faqat  bitta  odam   —  harf  temvchigina  talab  etilardi, 
matritsalar  ixtisoslashtirilgan  kanalli  magazinda  joylashtirilgandi.  Ushbu 
usulda  har  bitta  belgi  uchun  bin  nechta  qatorlami  terish  zarur  bo‘lgan 
matrisalar  kerak.  Klavishga  bosishda  matrisalar yig‘uvchiga  yuboriladi  va  u 
yerda  qatorga  teriladi.  So'zlar  orasida  klaviaturadan  boshqariladigan 
o'chirish  unsurlari  qo‘yiladi.  Satr  terilganidan  so'ng  matritsalarga  qo'yib 
chiqiladi.  So'ngra  satrlar  quyiladi  va  ular  avtomatik  ravishda  qirqiUb, 
burchakka  chiqariladi.  Shpona  (klin)lar  va  matritsalar  ham   avtomatik 
ravishda boshiang'ich  holatga  keltiriladi.
Linotip  gazeta  materiailari  m atnini  terishda  qo'llanila  boshladi.  Bu 
ixtirodan  keng  foydalanish  maqsadida  1891-yilda  «Mergentaler-Laynotayp 
Kompani* 
tashkil 
qilindi. 
Kompaniya 
Berlin 
va 
Parijda 
sho‘ba 
korxonalariga  asos  soldi  va  o ‘z  mahsulotlari  bilan  bozom i  egalladi.  1890- 
yilda  J.  Rojers  va  F.  Braytonlar  tom onidan  patentlangan  satr  quyuvchi 
«Tipograf»  mashinasigina  uning  bilan  raqobat  qilardi.  Shuningdek,  satr 
quyuvchi  «Intertayp»  va  «Monolayn»  mashinalari  ham  mavjud  edi.  H arf 
terish  vazifasini  hal  qfladigan  model  bu  —  harf teruvchi  va  h arf quyuvchi 
mashinadir.
H arf  terish  yanada  takomillashtirilgan  «Monotip*  mashinasini  1897- 
yilda  amerikalik  muhandis  Tolbert  Lanston  (1844—1913)  yaratgan.  M at- 
ritsa  va  satr  qo‘yishni  alohida  bosqichlarga  ajratish  g‘oyasini  ilgari  surgan 
ingliz  olim i  bu  ixtirosi  bilan  dovruq  qozondi.  Yangi  m ashina  alohida 
ishlaydigan  klaviatura  va  harf quyuvchi  apparatdan  iborat  edi.  Klaviaturada 
terilayotgan  matn  qog‘oz  tasmasida  teshikchalar  kombinatsiyasi  turida 
kodlashtiriladi.
Perfolenta  quyuvchi  apparat  matritsali  ramka  harakatini  boshqaradi, 
ramka  225  ta  holatni  egallaydigan  quyuvchi  shakl  nstida  o ‘m atiladi.  Satr 
avtomatik  ravishda  o'chirilishi  m umkin.  M onotipda  turli  harf,  belgi 
(shrift)lami  aralashtirsa  bo‘Iadi.  Shu  bois  bu  usul  maxsus  va  ilmiy 
adabiyotlaming  qiyin  turlarini  terishda  qo‘llaniladi.  Linotip  singari  ushbu 
mashina  ham  jahon  miqyosida  tan  olingan.
Davrlar  silsilasida  ko‘p  kashfiyotlar,  ixtirolar  yaratilgan.  M atbuotni 
tobora  ravnaq  toptirish  yo'lidagi  sa’y-harakatlar  mudom  davom   etgan. 
H arf terishning  turh qulay usullarini  yaratish  ustida  izlangan  ixtirochilar bu 
boradagi  yangiliklami  amaliyotda  q o ila b   kelganlar.  Ancha  vaqt  mobaynida 
ular  telegraf  va  telefon  orqali  m atnlam i  masofaga  uzatish  borasida  ish- 
lashdi.  Ofset  bosma  va  rakelli  botiq  bosmaning  yangi  usullari  paydo 
b o lish i  ixtirochilar  oldiga  harf  terish  jarayonini  takomillashtirish  masa- 
lasini  q o ‘ydi.  Ushbu  usullar  yordam ida  rtiatnni  ko‘chirishda  metall  harf 
terishga  ehtiyoj  qolmadi.  Bu  vazifa  foto  usulida  harf teruvchi  mashinaning 
paydo  bo‘lishi  bilan  hal etildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə