‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160

U m u m an ,  «Nyu-York tayms*  nashr etila  boshlagan  davrga  kelib N yu- 
York sh a h ri  ko‘pgina jabhalarda,  xususan,  iqtisodiyot,  savdo,  matbaachilik 
bobida  va  aholisining  soni jihatdan  mamlakatda  qat’iy  birincliilikka  chiqib 
olgan  edi.  XIX  asm ing o ‘rtalarida shaharda  bir paytning  o ‘zida o ‘nga yaqin 
kundalik gazeta  faoliyat  ko‘rsatdi.
X IX   asm ing  ikkinchi  yarmi,  xususan,  1880— 1900-yillar  Amerika 
uchun  katta  o ‘sish  va  o'zgarishlar  davri  bo‘ldi.  Yuqori  darajadagi  mexa- 
nizatsiyalashtirish,  sanoatlashtirish  va  urbanizasiya  jamiyatdagi  katta  ijti- 
moiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  siyosiy  taraqqiyotga  turtki  b o id i.  Shaharlar 
soni  8  m ingtaga  yetib,  ularda  istiqomat  qiladigan  aholl  ikki  barobarga 
ko‘pavdi.  Agar  buni  raqamlarda  ko‘rsak,  1880-yili  shaharlar  aholisi  11 
m illion  kishini  tashkil  qilgan  bo'lsa,  1900-yilga  kelib  bu  ko‘rsatgich  25 
m illion  kishini  tashkil etdi.  Ya’ni,  bu  1900-yilgi  mamlakat jam i  aholisining 
(76  m illion)  33  foizi  demakdir.  Vaholanki,  1880-yilda  ushbu  ko‘rsatkich 
22,7  foizga  teng  b o 'ld i1.  N yu-Y ork  1,5  million  kishi  istiqomat  qiladigan 
eng  yirik shaharga aylandi.
A na  sh u   20  yillik  davr  m obaynida  chet  ellarda  tug‘ilgan  9  million 
fuqaro  m am lakat  aholisi  tarkibiga  kelib  qo'shildi.  Natijada,  1890-yilga 
kelib  N yu-Y ork  aholisining  80  foizini  xorijda  tug‘ilganlar  yoki  aslida 
boshqa  yurtlardan  kelgan  ota-onalardan  tu gïlgan  farzandlar  tashkil  yetar 
edi.  But un  m amlakat  bo‘ylab  davom   etgan  bu  jarayon,  o ‘z  navbatida, 
Amerika  jurnalistikasining  qiyofasini  ham  o ‘zgartirib  yubordi.  Bu  o*zga- 
rishni  ikki  jihatdan  kuzatish  m um kin.  Birinchidan,  kundalik  gazetalar  son 
jihatdan  o ‘sdi.  Masalan,  faqatgina  ingliz  tilidagi  kundalik  gazetalar  soni 
1870-yilda  489  tani  tashkil  qilgan  b o ‘lsa,  1900-yilga  kelib  1967  taga  etdi. 
H aftalik  gazetalar  ham  ko'rsatilgan  davrda  uch  barobar  oshdj.  Ularning 
soni  1870-yili  4  mingtadan,  1900-yilga  kelib  12  mingga  yetdi.  Ikkinchidan, 
Amerika  tarixida  «sariq  m atbuot*ning  paydo  bo‘Iishi  aynan  XIX  asming 
so‘nggi  ikki  o ‘n  yilligiga to ‘g‘ri  keldi.
«S ariq  matbuot»  -   yangi  davr  taqozosi.  M azkur iboraning  paydo  bo‘- 
lishi  Jo z e f Puliser  va  Uilyam  R endolf Xerstning  gazetachilik  faoliyati  bilan 
bog‘liq.  Bu  ikki  shaxs,  ayniqsa,  Puliser  Amerikada  yangi  davr  matbuoti 
vujudga  kelishiga  katta  hissa  q o ‘shdi.  U   yakshanbalik  gazetani  eng 
serdarom ad  nashrga  aylantirdi.  Albatta,  1883-yilga  qadar,  ya’ni,  Puliser 
yakshanba  kunlari  chiqadigan  «Sandi  uorld»  gazetasini  tashkil  etishidan 
oldin  ham   mam lakatda  100  dan  ziyod  gazetaning  yakshanbalik  sonlari 
nashr  qilib  turilar  edi.  Biroq  ular  oddiy  kundalik  gazetalardan  unchalik 
farq  qilm asdi.  «Sandi  uorld»  ayollar,  turli  yoshdagi  gazetxonlar  va  spoit 
ishqibozlariga  bag'ishlangan  maxsus  ichki  ilovalarni  o ‘z  o ‘quvchilariga 
taqdim   etdi.  Puliser  ko'ngilochar  sahifalarni  ko‘paytirish  va  doimiy  yangi- 
liklar  qism ini  kuchaytirish  evaziga  yakshanbalik  gazetani  «qalinlashtirdi*. 
N atijada,  b u   nashr  faqat  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  ko‘tarilib  qol- 
m asdan,  k atta darom ad  manbaiga  ham   aylandi.
»
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Sandi  uorld»ning  kundaük  nashri  b o ‘lgan  «Uorld»)  1889-yilda 
Amerika,  gazetalari  orasida  birinchi  bo‘lib  rangdor  bo‘yoqlami  ishlata 
boshJadi.  0 ‘sha уШ  gazetada doimiy  komikslar sahifasi  ham  yo‘lga qo‘yildi. 
Komikslaming  asosiy  qahramoni  sariq  rangda  bo‘yalgan  kichkintoy  edi.  U 
tezda  m ashhur  bo'lib  ketdi.  Gazetxonlar  h ar  yakshanba  kuni  «Sariq 
kichkintoy»ning  yangi  sarguzashtlarini  intizorlik  bilan  kutadigan  bo‘Lib 
qolishdi.  «Sariq  matbuot»  yokl  «Sariq jum aüstika»  iborasi  o'shanda  paydo 
bo‘lib,  hozir  butun  dunyoda  shov-shuvlar  va  sensasiyaga  moyil  matbuotga 
nisbatan  ishlatiiadigan  atamaga  aylandi.
«Sariq  kichkintoy»  tufayli  «Sandi  uorld»ning  adadi  keskin  ko‘tarilib 
ketdi.  Komikslar  keng  o ‘quvchilar  om m asini  o ‘ziga  jalb  qila  boshladi. 
Buning  asosiy  sababi  ulaming  tili  sodda,  tushunarli,  mavzulari  esa  hayotiy 
va  qiziqarli  ekanligida  edi.  Hatto,  ingliz  tilida  qiynalib  gapiradigan  va 
o'qiydiganlar  ham   bu  qisqa  izohli  rasmlarda  ifodalangan  mazm unni 
bemalol  tushunib olardilar.
«Sariq  kichkintoy»ning  bunday  muvafaqqiyatli  «yurishini»  ko‘rgan 
Uilyam  Rendolf  Xerst  «Sandi  uorld»ning  bosh  muharriri  Morril  G od- 
dardni  o ‘zining  Nyu-Yorkda  chop  etiladigan  «M om ing  jornal»  gazetasiga 
bir  amallab  ishga  jalb  qila  oldi.  M.  Gt>ddard  esa,  o ‘zi  bilan  birga  ishlab 
kelayotgan  qator  iqtidorli  jum alistlarni,  jum ladan  rassom  Richard 
Autkoltni  «Jornal»ga  boshlab  bordi.  Shu  bilan,  tabiiyki,  «Sariq  kichkintoy» 
ham  «yangi  uyga»  ko‘chib o 'td i1.
• 
«Jornal»  tezda  ommaviylashib,  «Uorld»ning  asosiy  raqobatchisiga 
aylandi.  1896-yiIga  kelib  uning  kundalik  adadi  437  ming,  yakshanba  soni 
esa  380  ming  nusxaga  yetdi.  M.  G oddard  ketganidan  keyin  m a’lum 
muddat  qiyinchilikni  boshidan  kechirgan  «Sandi  uorld»  gazetasining  adadi 
ham  yangi  m uharrir  Artur  Brisbeyn  rahbarligida  tez  orada  600  ming 
nusxaga  ko‘tarildi.  Bu  hali  so‘nggi  nuqta  em asdi.  AQSH  prezidentligiga 
nomzodlar  M ak  Kinli  va  Brayenning  saylovoldi  kampaniyasi  davrida 
«Uorld»  va  «Jomal»  har  bin  kuniga  1,5  m illion  nusxada  sotildi.  Bu 
raqamlar  hatto  hozir  ham  Amerika  m atbuoti  u ch u n   rekord  ko'rsatkichlar 
hisoblanadi.  Mamlakatning  «katta  matbuoti»  ana  shunday  kurashlar 
natijasida  shakllandi.  Bugungi  kunda  uning  doirasi  kengayib,  yirik nashrlar, 
radio  va televizion  kompaniyalarni  o ‘z  ichiga  oladi.

Pulitscr  «Sandi  uorld»dagi  bu  inqirozdan  so‘ng  ham   ancha  payitgacha  «Sariq 
kichkintoy»  sarguzashtlarini  kichkintoylar  c'tiboriga  havola  qilishda  davom  etdi.  M. 
Goddard  «Jomal»ga  o'tib  ketganidan  so‘ng  u  N yu-Yorklik  mashhur journalist  Artur 
Burssbeynni  «Sandi  uodda»ga  jalb  etish  uchun  astoydil  harakat  qildi  va  pirovardida 
bunga  erishdi.  shundan  keyin  gazeta  yanada  kuchaydi.  Ammo  noshir  Xerstnning 
hiylakoronajishbilarmonligi  yana o‘z  ishini  ko'rsatdi.  1897-yili  A.  Brisbeym  va  uning 
rassomi  Jotj  Luks  Xerst  ixtiyoriga  ishga  o ‘tdi.  «Sandi  yorld»  komikslari  berishdan 
to'xtadi.  gazetaning adadi  ham pasaya bordi.  endi  uning o ‘zini tiklan olishi qiyinlashdi.
XX asr boshida  u bankrotga uchradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə