‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160

m a’nodagi  b irinchi  ommaviy  nashr  1833-yili  Nyu-Yorkda  chop  etiidi.  Bu 
«Nyu-York  m orning  post*  («New York  M orning  Post*)  gazetasi edi,
A lbatta,  b u ndan  sal  ilgariroq,  1830-yili  Filadelfiyada  doktor  Kristofer 
Kolambas  K onvel  tom onidan  ommaviy  nashrga  asos  solinishga  urinish 
bo‘lgandi.  L ekin  Konvelning  gazetasi  tezda  muvafaqqiyatsizlikka  uchradi. 
«Nyu-York  m orning  post*  esa  Amerika  jurnalistikasida  «inqilobiy  davr*ni 
boshlab  berdi.  E ndi  gazetalar  obuna  orqali  emas,  balki  kundalik  sotuvga 
ham  chiqa  boshladi.  Ular  shov-shuv  (sensasiya)  orqasidan  quvib  oldi- 
qochdi  m avzulardagi  materiallarga  liam  ko‘proq  o ‘rin  beradigan  bo‘lishdi. 
Shuningdek,  reklam a  ham  ancha joyni egallardi.
Penni  m atbuotning  adadi  kun  sayin  ko‘paya  bordi.  Masalan,  1835-yili 
Jeyms  G o rd o n   Bennet  tom onidan  asos  solingan  «New  York  M orning 
Herald*  (N yu-Y ork  morning  herald)  gazetasining  adadi  bir  yil  ichida  20 
ming  nusxaga  etdi.  Bu  o ‘z  davri  uchun  nihoyatda  katta  ko‘rsatkich  edi. 
Ko‘rinib  turganim izdek,  «Penni  press*  dastlab  asosan  Nyu-Yorkda 
muvafTaqiyatli  rivojlanib,  tez orada boshqa shtatlarga liam  ko‘chdi.
1835-yili  Uilyam   Dreyn  Filadelfiyada  asos  solgan  «Daily  Transcript* 
(Deyli  transkript)  gazetasi  tezda  ommaviylashib  ketdi.  Bir  yil  o ‘ta r-o ‘tmas 
shaharda  yana  b ir  nashr-«Philadelphia  Public  Ledger*  (Ф иладелфия 
паблик  лидерь)  gazetasi  chiqa  boshladi  va  u  ikki  yil  ichida  o ‘z  raqo- 
batchisi  «Deyli  Transkript*dan  o ‘zib  ketib,  kuniga  20  ming  nusxada 
tarqaladigan  b o ‘ldi.  1837-yil  17-mayda  Baltimorda  ham  «Балтимор  Сун* 
(Baltim or san)  gazetasi  dunyoga  keldi.  N ashr adadi o ‘sha  yildayoq  12  ming 
nusxaga  etdi. 
1840-yilga  kelib  Amerikaning  sharqiy  qirg'oqlaridagi 
shtatlarda  o 'n la b   «bir chaqalik*  gazetalar chop etila boshladi.
G azetalar  o ‘rtasida  raqobatning  kuchayishi  natijasida  mamlakat 
poytaxti  V ashingtonda  Jurnalistlar  korpusi  vujudga  keldi.  Turli  shtatlarda 
nashr  etiladigan  gazetalaming  muxbirlari  poytaxtda  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatib,  parlam ent  va  hukumat  faoliyatini  o ‘z  gazetalarida  yoritib  borar- 
dilar.  Bu  A m erika jum alistikasi  uchun  yangi  holat  edi.  Endilikda  gazetalar 
faqatgina  o ‘zlari  joylashgan  shaharlar  va  shtatlar  haqida  yozib  qolmasdan, 
o ‘z  muxbirlari  orqali  mamlakatning  boshqa  joylaridan  tayyorlangan 
reportajlarni  ham   bera  boshlashdi.  G azetalar  shu  tariqa  o ‘zlarining  ma- 
halliy qobiqlaridan  tashqariga  chiqib,  umummilliy,  umumdavlat  m uam m o- 
larini  ham  yoritadigan  bo‘lishdi.
XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  matbuoti.  XIX  asrning  birinchi  yarmi, 
xususan,  1800-1833-yilgacha  Amerika  m atbuoti  uchun  «yumshash  davri* 
bo‘ldi.  M a’lum ki,  partizan  matbuoti,  ayniqsa,  muxolifatdagi  partiya 
nazorati  ostida  bo'lgan  gazetalar  raqib  firqalar  vakillari  va  hukumatni 
keskin  tanqid  qilar  edi.  Bunda jurnalistikaning  asosiy  unsurlaridan  bo‘lgan 
obyektivlik  tam oyili  partizan  matbuoti  uchun  asosiy  xususiyat  hisob- 
lanmasdi.  Siyosiy  partiyalarning  o ‘zaro  birlashuvi  natijasida  mamlakatda 
ikki flrqali  tizim   vujudga  keldi.  U shbu  ikki  siyosiy  partiya o ‘rtasidagi o ‘zaro 
adovatning  pasayishi,  shuningdek,  ommaviy  matbuotning  paydo  bo‘lishi 
jum alistikada  obyektivlik  tamoyilini  birinchi  marraga  chiqardi.  Bilning 
natijasi  o 'la ro q ,  XIX  asrning  birinchi  yarmida  AQSH  matbuoti  mazm unan 
va  sifat jih atid an   yaxshilana  bordi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


XIX 
asming  ikkinchi  yarmi  mamlakatning  ichki  siyosiy  ziddiyatlari 
namoyon  bo'lishi  bilan  boshlandi.  Janubiy  va janubi-g'arbiy  yerlar  AQSH 
tasarrufiga  olingandan 
keyin 
tez 
orada 
m am lakatda 
b o ‘1inish  — 
quldorlikning  tarafdorlari  (janub)  va  quldorlikka  qarshilar  (shim ol)  paydo 
bo‘ldi.  Quldorlik  masalasi  1845—1865-yillar  oralig'ida  matbuotdagi  eng 
dolzarb  mavzulardan  biriga  aylandi.  Shu  davrda  qora  tanli  amerikaliklar 
tom onidan  ham  gazetalar  chiqarila  boshlandi.  Sobiq  qulvachcha  Frederik 
Duglas  1951-yili  «Федерик  Дуглас  Папер»  (Frederik  Duglas  Peyper) 
gazetasiga  asos  soldi  va  qulchilikka  qarshi  kurash  oiib  bordi.  Keyinchalik  u 
«New  Era*  (Nyu  Ere)  gazetasida  ham  bosh  m uharrir  sifatida  faoliyat 
ko‘rsatdi.  Shunday  bo‘lsa-da,  quldorlik  masalasida  eng  asosiy  kurash  oq 
tanlilar tomonidan  boshqariladigan gazetalar o ‘rtasida  kechdi.
Mamlakatdagi  keskinlik  oxir-oqibat  fuqarolar  urushiga  olib  keldi.
1861-yil  12-apreldan  1865-yil  9-aprelga  qadar  Amerika  Q o'shm a  Shtatlari 
to ‘rt  yiliik  birodarkushlik  urushini  boshidan  kechirdi.  U rushda  620 
mingdan  ziyod  kishi  nobud  bo‘ldi.  Bu  AQSHnlng  butun  tarixi  davomida 
tashqi  urushlarda yo'qotilgan jam i  askarlar sonidan  ham   ko‘pdir.
Fuqarolik  urushi  davri  jumalistikasidagi  ikki  holatga  e ’tibor  berish 
kerak.  Birinchisi,  bu  davrda  haibiy jumalistika  rivojlandi.  Jum alistlar  urush 
maydonlaridan  turib  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  repoitajlar  berib  borishdi.  Buning 
natijasi  o'laroq  jumalistikada  tezkorlik  ortdi.  Ikkinchidan,  Amerika  shimo- 
lida  gazetalar  ustidan  vaqtinchalik  senzura  o'm atildj.  M atbuot  faoliyati 
ma’lum  ma’noda  nazorat  ostiga  olindi.  Ayrim  gazetalar  hatto  liarbiy 
qo‘mondonlaming  buyrug'iga  binoan  to'xtatib  qo‘yildi.  Masatan,  1863-yiLi 
«Chikago  Tayms*  gazetasi  general  Ambroz  Bemsayd  buyrug'iga  asosan 
yopildi.  Nyu-York shahridagi gazetalar ustidan esa qattiq  nazorat  o ‘matildi.
Fuqarolik  urushidan  keyingi  davrda  AQSH  m atbuotida  keskin 
o ‘zgarishlar  ro'y  berdi.  Bu  paytga  kelib  matbuot  eng  katta  biznes  sohasiga 
aylandi.  Yirik  gazeta  magnatlari  —  Jozef Puliser,  Uilyam  Xerst,  U.  Skripps 
va  boshqalar  aynan  shu  davrda  o ‘z  faoliyatlarini  boshlashdi.  Bu  haqda 
keyinroq  batafsil  to‘xtalamiz,  H ozir  esa  Fuqarolar  urushidan  keyingi  davr 
matbuoti  haqidagi  fikrimizni davom  ettiramiz.
♦Nyu-York  Tayms  gazetasi*.  Bu  gazeta  ommaviy  nashrlar  bo‘lgan 
«bir  chaqalik  matbuot*  davrida  tug‘ildi.  Uning  ilk  soni  1851-yil  18- 
sentabrda  nashrdan  chiqdi.  0 ‘sha  paytlarda  gazeta  bir  nusxasining  qiymati 
chindan  ham  bir  sent  turar  edt.  «The  New  York  Times*  (Nyu-York 
tayms))ning  yutug'i  shunda  bo'ldiki,  «penní  m atbuot*ning  qariyb  20  yiliik 
tajribasi  davomida  to'plangau  yutuq  va  kanichiliklardan  chiqaiilgan  xulosa 
uning  yo'nalishini  belgilashda  qo'llanildi.  Gazeta  zam ondoshlari  «Nyu- 
York  san»  va  «Nyu-York  herald»ga  xos  shov-shuvlarga  giriftorlikni,  «Nyu- 
York  Tribyun»dagidek  bir  yoqlama  siyosiy  qarashlarni  ifodalashni  rad  etdi. 
Faktlardagi  aniqlik  va  tezkorlikka  asosiy  e ’tiborini  qaratib,  ehtiroslardan 
nisbatan  xoli  materiallami  bera  boshladi.  Uning  yana  b ir  e'tiborli  tomoni 
shunda  bo'ldiki,  xorijiy  xabarlar  talqiniga  keng  o*rin  ajratildi.  Nyu-York 
'aholisi  orasida  turli  mamlakatlardan  kelgan  m uhojirlar  ko‘p  bo'lganligi 
uchun  gazeta tezda  keng obro'  qozondi.  Bugun  u  nafaqat  Amerikada,  balki 
butun dunyoda eng  nufuzli  naslirlardan  hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə