‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   160

Britaniyaning  Shim oliy  Amerikadagi  mustamlakalari  hududida  siyosiy 
partiyalar  faoliyatining  kuchayishi  va  tijoratning  avj  olishi  matbuotning 
rivojlanishiga  ham   katta  ta ’sir  ko‘rsatdi.  Xususan,  partizan  matbuoti  ana 
shu  davrda  tug‘ildi  va  shakllandi.  Uning m ustam lakachi  matbuotdan  asosiy 
farqi  mavjud  hokim iyatga  nisbatan  muxolif  mavqeda  turganligida  edi. 
Partizan  m atbuoti  siyosiy  matbuot  b o iib ,  biron-bir dunyoqarashni  astoydU 
himoya  qilar  y o k i-m a ’Ium  bir  siyosiy  guruh  yoxud  partiya  manfaatlarini 
qo‘Uab-quwatlab  turardi.  Partizan  matbuoti  odatda,  ana  shunday  guruhlar 
tom onidan  moliyaviy ta ’m inlanar edi.
Bu  m atbuotning  maqsadi  va  yo'nalishi  asosan  hurriyat  va  erkinlik 
g‘oyaiarini  m adh  etishdan,  xususan,  Shimoliy Amerika  mustamlakalarining 
ozodlik  uchun  kurashini  targ'ib  qilishdan  iborat  edi.  Umuman,  o ‘z 
mohiyati  bilan  B ritaniya  tojining  Shimoliy  Amerikadagi  mustamlakachilik 
siyosatiga  qarshi  qaratilganligi  bois  uning  faoiiyati  mustamlaka  hokimiyati 
uchun  o ‘ta  noqulay  edi.  Partizan  matbuoti  AQSH  mustaqillikka  erish- 
ganidan  keyin  ham   XIX  asrning  30-yillariga  qadar  davom  etdi.  Faqat  bu 
davrda  ushbu  m atbuot  mustaqil  davlatdagi  o'zaro  qarama-qarshi  siyosiy 
partiyalaming  quroU  sifatida  gavdalandi.
Turli  siyosiy  va  o ‘zaro  muxolif  guruhlar  orasidagi  tortishuvlar  ayrim 
paytlar  sud  ishlari  bilan  yakunlanardi.  Agar  ziddiyat  matbuotda  o ‘z 
ifodasini  topsa,  k o ‘pincha jumalist  yoki  noshir javobgar  bo‘lardi.  Shuning 
uchun  ham  m atbuot  organi  ko‘pincha  tuhm at  qilganlikda  ayblanardi. 
Ammo  gazetalar  bilan  bog‘liq  sud  ishlarining  ijobiy  tomoni  shunda  ediki, 
ular  tufayli  sohaga  o id   qonunchilik  asta-sekin  shakllanib  bordi.  Jum ladan, 
Shimoliy  A m erikaning  mustamlaka  davrida  m ashhur bo'lgan  «Zenger  ishi» 
keyinchalik jurnalistikaning  rivoji  va  erkinligini  himoya  qilish  uchun  katta 
ahamiyatga ega  b o ‘ldi.
Zenger  ishi  va  m atbuot  erkinliginiog  himoyasi.  Mustamlaka  davrida 
Amerikaning  bunday  hududlarida  matbuot  erkinligi  bo‘yicha  nishonlangan 
eng  katta bayram   -   b u ,  shubhasiz,  1734— 1735-yillardagi  Piter Zenger  ishi- 
d a  jurnalistika  m anfaatlarining  himoyalanishi  bo'ldi.  Garchand,  Zenger 
o ‘rnak  bo'ladigan  voqeaga  aylanmagan  e sa-d a1,  uning  jurnalistikada 
erkinlik  ruhini  ko‘tarish  borasidagi  ta ’siri beqiyos  bo‘ldi.
Jon  Piter  Z enger  1733-yil  5-noyabrda  «Nyu  York  Uikli  Jornal» 
(«New  York  weekly  journal»)  gazetasi  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yganda  sha- 
harda  yana  bir  gazeta-U ilyam   Bredfordga  (Endryu  Bredfordning  otasi) 
tegishli  «Nyu-York  G azett»  («New  York  gazette»)  nashr  etilar  edi.  Shun­
day  qilib,  aslida,  U .  Bredfordning  shogirdi  bo'lgan  P.  Zenger  ustozi  bilan 
raqobatga  kirishdi.  Bu  oddiy  raqobat  emas,  balki  shahardagi  ikki  yirik 
siyosiy guruhning  o ‘zaro  kurashi edi.

Prcsendent  huquqi  ingliz-sakson  huquqiy  tizimi  uchun  xos  bo‘lib,  unga  ko‘ra, 
qabul  qilingan  m uayyan  sud  qarori  kcyinchalik  shu  sudda  yoki  u  bilan  teng  bo‘lgan 
yoki  quyi  instansiya  sudlari  tom onidan  ko‘riladigan  boshqa  o'xshash  ishlar  uchun 
huquqiy 
m e ’y o r g a  
aylanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Zenger  gazeta  muharriri  bo'lishi  arafasida  N yu-Y orkda  katta  ta ’sir 
kuchiga  .ega  siyosiy  guruhlar  o ‘zaro  kelishlnay  qotishdi.  . Kuchlaming 
bo'íinishi  Londondan  Nyu-York  koioniyasiga ser  ü ily am   Kosbi gabem ator 
qilíb  jo'natilganidan  keyin  boshlandi.  Kosbi  ish  boshlaguniga  qadar 
gubem ator  vazifasini  Rip  Van  D am   ismli  kishi  vaqtinchalik  bajarib  turdi. 
Shaharga  kelgach,  Kosbi  Van  Dam dan  muvaqqat  gubem atorlígi  davrída 
oigan  maoshining  yarmini  berishni  talab  qildi.  Van  D am   bu  talabni  rad 
etdi,  Nyu-York  Oliy  sudi  ham  Kosbini  qo‘üab-quw atlam adi.  Bundan 
darg'azab  bo‘lgan  yangi  gubem ator  koloniya  Oliy  sudi  raisini  o'zi  uchun 
qulay  boigan  kishi  bilan  almashtirdi.  Shunday  qilib,  m ashhur  huquq- 
shunos  Jeyms  Aleksandr,  sobiq  Oliy  sud  raisi  Luis  M orís  (bu  paytda  u 
Nyu-York  assambleyasida  o 'rin  egallashga  ulgurgan  edi)  sobiq  gubem ator 
Rip  Van  Dam  gubem ator  Kosbi  m a’muríyatiga qarshi  kuchlarga  boshchilik 
qilishdi.  Kosbi  va  uning  tarafdorlari  manfaatini  yarim  rasmiy  hisoblangan 
«Nyu-York  gazett»  himoya  qilar  edi.  Shuning  uchun  h am   gubernatoming 
muxoliftari  o ‘z  mavqelaríni  himoya  qiladigan  nashrga  ehtiyoj  seza 
boshlashdi.  Ular  Zengeming gazeta  chiqaríshidan  m anfaatdor bo‘lish  bilan 
birga,  uni  har  tom onlam a  qo'llab-quw atlab  turdilar.  N atijada,  «Nyu-York 
Uikli Jornal»  shahardagi  muxolif nashrga aylandi.
Gazeta  gubemator  Kosbini  tanqid  qila  boshladi.  Ayniqsa,  fransuz 
harbiy josus  kemasining  mustamlaka-koloniyaning  Iiududiy  suvlariga  kiri- 
shiga  shaxsan  gubemator  tom onidan  ruxsat  berilganiga  keskin  munosabat 
bildirildi.  G ubem ator m a’muriyati  Zengerni  «mojarolar  keltiríb  chiqarishda 
va  qo‘zg‘olonga  da’vat  etishda»  ayblay  boshladi.  N ihoyat,  1734-yil  17- 
noyabrda  Zenger hibsga  olindi.  Sud  ish  ko‘rilgunga  qadar  400  funt  sterling 
miqdoridagi  garov  evaziga  Zengerni  vaqtinchalik  ozod  qilishga  qaror qildi. 
Ammo  hech  kimda  garov  uchun  to'lashga  pul  topilm adi.  Natijada,  Zenger 
keyingi  to ‘qqiz  oy  umrini  qam oqda  o'tkazisliga  m ajbur  b o ‘ldi.  Qizig'i 
shundaki,  u  hibsdalik  chog‘ida  ham  gazeta  chiqishdan  to'xtam adi.  Piter 
Zengeming  xotini  Anna  uning  nashrini  davom  ettirdi.  «Jornal»  uzilishsiz 
chiqib turdi.
Zenger^a  tuhmat  qilingan  sud  ishi  1735-yil  avgustda  boshlandi.  Kosbi 
ishning  ko'rilishi o ‘zi  xohlaganchalik borishi  uchun  hakam lar qatoriga  yana 
ikki  kishini  kiritdi. 
0
‘sha  paytdagi  inglíz  qonunlariga  ko‘ra,  sud  qonun 
buzilganligini  isbotlashi  yetarli  edi.  Buning  uchun  sudyalam ing  ko'pchiligi 
haqiqatan  ham  qo‘zg‘olonga  d a ’vat  qilishni  taqiqlovchi  qonunga  xilof  ish 
tutilganligini  tasdiqlashi  kifoya  qilardi.  Mazkur  voqeagacha  barcha  sud 
ishlari  shu  tartibda  olib  borilardi.  Ishda  haqiqat,  ya’ui,  e ’lon  qiliiigan 
materíallaming  haqiqatga  to 'g 'ri  kelishi  mutlaqo  inobatga  oíinm as va  sudda 
himoya  vazifasini  o'tam as  edi.  Qonun  buzilish  fakti  sud  qarori  uchun 
yagona asos  hisoblanardi.
Biroq,  Zenger  ishi  Kosbi  o ‘ylaganchalik  oson  kechm adi  va  qolaversa, 
jazolanishi  kutilgan  odam  ishni  yutib  chiqdi.  Bunda  birinchi  marta 
«haqiqat»  prínsipi  sudda  ayblanuvchining  himoyasi  sifatida*  qoilandi. 
Qisqacha aytganda,  adolat g'alaba qozondi va Zenger aybsiz deb topildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə