‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160

ijtimoiy  o ‘zgarishlar  u ch u n   kurash  oüb  borgan  bu  gazeta  nafaqaî  mulk- 
dortar,  balki  ishchilar orasida  ham  muvaffaqiyat  qozondi.
1847-yilning  oxirida  Fransiyada  inqilobiy  sharoit  pishib  yetildi.  Ja~ 
miyatning  barcha  qatlam larida  Lui  Filipp  amalga  oshirayotgan  ichki  va 
tashqi  siyosatga  nisbatan  norozilik  kuchaydi.  Poytaxtda  chiqarilgan 
gazetalarda  ham   xukum atni  tanqid  qiluvchi  m aqolalar  ko'plab  bosila 
boshladi.  Lui  Filippning  hokimiyatdan  ag'dariüshi  va  Respublika  e’ion 
qilinishi  ishchilar,  respublikachilai>va  demokratik  m atbuot  qariyb  yigirma 
yil davomida olib  borgan  kurashning  mantiqiy yakuni  bo‘ldi.
X III bob.  XV1II-X1X ASRLAR AMERIKA MATBUOTI 
1-fasl.  Mustamlaka  davri  matbuoti
Amerika  m atbuoti  takrorlanm as  va  o ‘ziga  xos  tarixga  ega.  Uning 
o ‘tmishi  m am lakatning  davlatchilik  tarixidan  ham   ancha  ilgari  boshlangan: 
«Amerika  Q o‘shm a  Shtatlari*  degan  davlat  dunyo  xaritasida  paydo 
b o ‘lishidan  qariyb  bir  asr oldin  bu  zaminda  ilk  gazeta  chop etildi.  Shu bois 
mahalliy  matbuot  Shim oliy  Amerika  mustam lakalarining
1
  mustaqillik 
uchun  kurashi,  AQSH  davlatiga  asos  solinishi  va  uning  keyingi  taraq- 
qiyotida  m uhim  rol  o'ynadi.  Shubhasiz,  m atbuot  butun  tarix  davomida 
jam iyatning  ajralmas  b ir  bo‘lagiga,  demokratiya  q o ‘riqchisiga  aylandi. 
Zero,  bundan  ikki  asr  m uqaddam  AQSH  Konstitutsiyasiga  kiritilgan 
dastlabki  o ‘nta  qo'shim chaning  birinchisi  aynan  m atbuot  erkinligini  kafo- 
latlagani  ham  bejiz emas.
Bosma  so'zning  Sliimoliy  Amerika  mustamlakalan  hayotida  tutgan 
o ‘m i,  shuningdek,  ulam ing  Britaniya tojiga qarshi  ozodlik uchun  kurashidagi 
ahamiyatini  tahlil  qilish  uchun  uni  ikki  toifaga  ajratib  o'rganish  maqsadga 
muvofiqdir.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  Amerika  matbuotining  XVIII 
asrdagi  tarixini  shartli  ravishda  mustamlaka-kolonial  davri  va  paitizan 
matbuotiga,  ya’ni,  siyosiy  matbuotga  ajratamiz.  Mustamlaka  davri  matbuoti 
mamlakatda ushbu  soha tarixining  ibtidosi  bo‘ldi.
Ilk  matbaachilik  ko'rinishlari.  Amerika  m atbuotining  paydo  boHislii 
uchun  zamin  ilk  yevropaliklar  Shimoliy Amerikaga  kelgan  davrdayoq  yara- 
tilgan  edi.  Yangi  Angliya2,  Amerika  matbaachiligini  boshlab  berdi.  Uning 
yirik  manzilgohi  hisoblangan  Boston  hududi  esa  Amerika jurnalistikasining 
beshigiga aylandi.

Uzoq  sarzaminda  muayyan  manzilgohlarda  istiqomat  qilayotgan,  lekin  o z 
mamlakati  bilan  doim iy  aloqada  bo‘lgan  muhojirlar  guruhi.  masalan,  Shimoliy 
Amerikadagi  mustamlaka-hududlar-koloniyalar  aholosi  Britaniya  ftiqarolaridan  tarkib 
topgan va to‘laligicha  Britaniya tasarrufida edi.

«Yangi  Angliya*  jug‘rofiy  tushuncha  bo‘lib,  AQSH  ning  shimoli-sharqida 
joylashgan  oltita  sh u tn i  o ‘z   ichiga  oladi.  ulardan  eng  yirigi  hozirgi  Massachusets 
shtati,  Boston uning  m arkazi  hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Uzoq  1620-yildayoq  Plimausga  kelib  qo‘ngan  birinchi  yevropalik 
kelgindilar  —  piligrimlar  (darvishlar). tarkibidagi  ikki  kishi  —  Uilyam  
Bryuster  va  Edvard  Uilsonning  asli  kasbi  noshir  cdi.  Ko‘p  o ‘tm ay  Boston 
va  uning  atrofidagi  mustamlakalarda  bosma  dastgohlar  isliga  tushdi, 
Harvard  universitetiga  asos  solindi,  kitob  ishlab  chiqarish  y o ig a  q o ‘yildi. 
Biroq,  shunga  qaramay,  tom  ma’nodagi  davriy  gazetaning  dunyoga  kelishi 
uchun  salkam  bir  asr  vaqt  kerak  bo‘ldi.  Buning  ayrim  obyektiv  sabablari 
bor  edi,  albatta.  G ap  shundaki,  hudud  aholisi  uzoq  vaqt  davomida 
Yevropadan,  xususan,  Angliyadan  keltiriladigan  gazetalar bilan  qanoatlanib 
yurishgan.  Bu  esa  dastlabki  o‘n  yilliklar  davomida  ulam ing  axborotga 
bo‘lgan  chanqog‘ini  qondirib  turgan  b o ‘lishi  ehtimol.  Chunki  ular  hati  bu 
paytda o ‘zlarini  Britaniya qirolligining fuqarolari  hisoblashardi.  Vaqt  o ‘tishi 
bilan  mustamlakalar  kengayib,  aholi  soni  ortib  bordi  va  uning  mahalliy 
axborotga  nisbatan  ehtiyoji  ham  o ‘sdi.  Faqatgina  to'rtinchi  avlod  zamoniga 
kelib  Amerika  zaminida  mahalliy gazetalar  paydo  bo‘la  boshtadi.
«Pablik  okkyorensiz»  -   Shimoliy  Amerikadagi  birinchi  gazeta.  Shun- 
day  qilib,  Amerikadagi  ilk  gazeta  1690-yil  25-sentabrda  Bostonda  chop 
etildi.  Davriy  nashr  deb  hisoblash  birm uncha  ziddiyatli  sanalgan  bu  gazeta 
paydo  bo'lishining  o'ziyoq  o ‘sha  davr  uchun  katta  voqea  edi.  «Publick 
occerrences,  Both  Foreign  and  Domestick*  (Pablik  okkyorensiz  bos  form 
end  domestik)  deb  nomlangan ushbu  gazetaning  noshiri  angliyalik  m uhojir 
Benyamin  H arris  bo'ldi.  0 ‘z  yurtida  ishlari  yurishmagach,  u  1686-yili 
oilasi  bilan  Bostonga  safar  qiladi.  Aslida  kitobfurush  bo‘lgan  B.  Harris 
Londonda  noshirlik  faoliyati  bilan  ham   shug‘ullanib,  1679-yili  o ‘zining 
shaxsiy gazetasini chiqara boshlaydi.  Ammo  u  paytlarda qirollik  hokimiyati 
bosma  nashrlar  ustidan  qat’iy  nazorat  o ‘rnatib,  o ‘zi  uchun  nom aqbul 
noshirlar  va  jum aüstlam i  ta ’qib  qilar  edi.  Oradan  ko‘p  o ‘tm ay  B.  Harris 
qirollik  hokimiyatiga  qarshi  adabiyotlarni  saqlaganlikda  ayblanib,  hibsga 
oliiiadi.  Oqibatda,  u  ikki  yil  umrini  London  qamoqxonasida  o ‘tkazadi. 
Ozodlikka  chiqqach,  yana  o'zining  eski  ishini  davom  ettiradi.  Biroq  bu  gal 
ham  omadi  chopmaydi.  To‘xtab  qolgan  ishlari  endi  yurishayotgan  bir 
paytda,  1686-yili  Harrisning  korxonasida  yana  tintuv  o ‘tkaziladi.  Shundan 
so‘ng  u  Angliyani  tark  etishga  m ajbur  b o ‘lib,  yangi  umidlar  bilan  Boston 
sari  yo‘l  oladi.
Bu  yerda  kitob  do‘koni  ochib,  uning  tarkibida  qahvaxona
1
  ham 
tashkil  etadi.  Garchand  shaharda  yana  yettita  kitob  do4koni  va  bir  qator 
qahvaxonalar  mavjud  bo‘lsa-da,  Harrisning  do‘koni  tez  orada  boston- 
liklaming  sevimli  joyiga  ayianadi.  U   yerda  shahar  ziyolilari,  o'qim ishli 
kishilar  va  keng  kitobsevarlar  ommasi  to ‘planishardi.  Nihoyat,  mijozlar 
e ’tiborini  qozonib,  raqobatchilaridan  ancha  ilgarilab  ketgan  B.  H arris  eski 
mashg'uloti  —  gazeta  noshirligini  boshlashga  qaror  qiladi.  Shu  tariqa  o ‘zi 
sezmagan  holda Amerikadagi ilk gazeta  noshiriga ayianadi.
1  Bu  zamonaviy  qahvaxona  kafedan  farq  qilib,  ko‘proq  sharkona  chayxonani
cslatar edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə