‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160

«Pablik  okkyorensiz*  15x20  sm   hajmdagi  to ‘rt  betdan  iborat  gazeta 
bp'lib,  so‘nggi  beti  bo‘sh  qoldirilib  chiqarildi.  Bundan  o'quvchining  o ‘zi 
bilgan  yangiliklami  qo'lda  yozib,  gazetani  boshqalarga  oshirishi  ko‘zda 
tutilgan  edi.
Gazetaning  birinclii  ustunida  nashrning  maqsadi  bayon  etilgan  bo‘lib, 
u n d a   noshir  fuqarolarga  ro ‘y  berayotgan  voqealar  to ‘g‘risidagi  bor 
haqiqatni  aytishga,  tarqatilayotgan  turli  yolg'on  xabarlam i  «haqqoniy 
yangilikiar  bilan  davolash»ga  v a’da  berdi.  U,  shuningdek,  o ‘quvchilami 
diniy  yangiliklami,  jum ladan,  Oliy  Yaratuvchi  haqidagi  d a’vatlami  ham 
berib  borishga  ishontirdi.  C hunki,  markazi  Bostonda  joylaslîgan  Massa- 
chusetsda  va  Buyuk  Britaniyaning  Shimoliy  Amerikadagi  boshqa  mus- 
tam laka  hududlarida  asosan  puritanlar,  ya’ni,  um rini  xristian  dinining 
tozaligi  yo‘lida baxshida etgan  d in d o r aholi  istiqomat qîlardi.  Gazeta  ushbu 
qatlam   manfaatlarini  inobatga  olmasdan  iloji  yo‘q   edi.  N ihoyat,  Harris 
fuqarolarni  ichki  va  tashqi  siyosat  hamda  iqtisodiyotni  «tushunishga 
yordamlashadigan axborotlar  bilan  ta ’minlashga»  ham  so‘z beradi.  Ana  shu 
ulug‘  maqsadlar  va  um idlar bilan  Ben  Harris  «Pablik  okkyorensiz»ni  nashr 
etishga  kirishdi.
H aqiqatan  ham   gazeta  c h o p   etilgan  zahotiyoq  shov-shuvga  sabab 
b o ‘lib,  qo‘lm a-qo‘l  bo'lib  ketdi.  Ammo  tezda  Harrisning  barcha  umidlari 
sarobga  aylandi:  gazetaning  ilk  soni  uning  so‘nggi  soni  bo'lib  qoldi.  To‘rt 
kundan  so‘ng,  ya’ni,  1690-yil  29-sentabrda  Massachusets  qirollik  guber- 
natorining  gazetani  taqiqlash  va  uning  keyingi  faoliyatini  to ‘xtatish 
haqidagi  farmoni  chiqdi.  Shunday  qilib,  Amerikaning  birinchi  gazetasi 
o ‘zining  hali boshlanib  ulgurm agan  faoliyatiga yakun yasadi.
Shundan  keyin  Am erika  jurnalistikasi  taraqqiyotida  birmuncha 
b o ‘shliq  hosil  bo‘ldi.  N avbatdagi  gazeta  yuzini  ko'rish  uchun  mamlakat 
ahli  roppa-rosa  14-yil  kutdi.  Faqatgina  1704-yilga  kelib  yangi  gazeta  chop 
etildi.
X o‘sh,  «Pablik  okkyorensiz*  nima  uchun  yopildi?  Buning  qator 
sabablari  bor.  Birinchisi  —  b u   huquqiy  muammolar  bilan  bog‘liq:  Ben 
H arris  gazetani  rasman  litsenziya  olmasdan  chop  etishga  kirishgan.  Bu  esa 
Buyuk  Britaniya  qonunlariga  zid  edi.  Bundan  tashqari,  1662-yili  Massa­
chusets  Bosh  sudi  litsenziyalashtirish  haqidagi  ingliz  qonuniga  binoan, 
bosm axonalar  faoliyatini  cheklash  maqsadida  qabul  qilgan  rasmiy  qaror 
ham   gazetani  yopishga  asos  b o ‘ldi.  Ushbu  qonun  (ingliz-sakson  huquq 
tizim ida  sud  qarori  qonun  bilan  tenglashtiriladi)  mahalliy  hukumatga 
bosm a  nashrlar ustidan  keng  miqyosda senzura  o ‘m atish  va  tarqatilayotgan 
adabiyotlam i  nazorat  qilish  huquqini  berar  edi.  Shu  boisdan  ham, 
gubernatom ing  gazetani  taqiqlash  haqidagi  farmonida  aynan  bitta  sabab  — 
uning  litsenziyaga  ega  emasligi  qayd  etildi.
Biroq,  agar  m uam m o  faqatgina  litsenziyada  bo‘lganida,  uni  tezda 
b artaraf  etish,  ehtimo!,  H arrisga  katta  qiyinchilik  tug‘dirmagan  bo‘lardi. 
Aslida  esa,  masala  ancha  m urakkab  edi.  Ko‘pgina  tadqiqochilar  fikricha, 
birinchi  gazeta  taqiqlanishining  asl  sababi  o ‘sha  paytlarda  Angliyaning 
Fransiyaga  qarshi  olib  borayotgan  urushiga  nisbatan  unda  bildirilgan  ayrim
www.ziyouz.com kutubxonasi


tanqidiy  fikrlar  bo'lgan.  Tabiiyki,  Britaniya  tojdori  tomonidan  tayinlangan 
Massachusets  gubem atori,va  Boston  shahri  rahbariyatiga  bunday  ruhdagi 
tanqidlar  yoqmas  edi.  Shuningdek,  gazetadan  Fransiya  qiroli  Lui  X IV  
bilan  ketini  o ‘rtasidagi  ishqiy  m ojarolar  haqidagi  m a’lumot  ham  jo y  
olgandi.  B.  Harrisning  zamondoshi  sudya  Syuolning  yozishicha,  ushbu 
ma’lumot  puritan  taqvodorlami  ancha  darg'azab  qilgan.  Ular  bunday 
xabaming  Boston jamoatchiligiga yetkazilishini  axloqiy m e’yorlaiga zid d eb  
baholashgan1.
«Boston  iy a s   letter»  -   ilk 
davriy  nashr. 
1694-yili  Angliyada  litsen- 
ziyalashtlrish  haqidagi  qonun  bekor  qilinganidan  so'ng,  bosma  m ateriallar 
mazmunini  oldindan  nazorat  qilish  am aliyoti,  ya’ni  senzura  to'xtatildi. 
Buning  aks-sadosi  okean  oitida  ham  eshitila  boshiadi.  1692-yili  Shimoliy 
Amerika  mustamlakalarida  pochta  xizmati  rasm an  joriy  qilindi.  Yuzaga 
kelgan  sharoit  hududda  gazeta  chiqarish  va  tarqatishga  keng  imkoniyat 
yaratdi. 
1704-yilning  24-aprelida  pochta  xizmatchisi  Jon  Kempbell 
Amerikaning  birinchi  davriy  nashri  «Boston  News  Letter»  (Boston  nyus 
letter)ni  chop  eta  boshiadi.  J.  Kempbell  Boston  pochta  xizmatining  bosh- 
lig'i  bo‘lib,  ushbu  lavozimga  1700-yilda  qirollik  tom onidan  tayinlangan 
edi.
Gazeta  hajm jihatidan  kichik  bo'lib,  ikki  betlik  varaqadan  iborat  edi. 
0
‘z   xarakteriga  ko‘ra  rasmiy  nashmi  eslatuvchi  bu  gazetaning  tuhm atga 
nishon  bo'lmasligmi  istab,  J.  Kempbell  c h o p   etilayotgan  materiaUami 
gubem ator  bilan  oldindan  maslahatlashib  olish  yo‘lidan  boidt.  Shuning 
uchun  ham  uning  mazmun-mundarijasi  ko‘proq  axborot  uslubida,  ya’ni, 
asosan  ikki-uch  satrlik  xabarlardan  iborat  boMardi.  Yirikroq  hajmdagi 
m ateriallami esa  London gazetalaridan  ko'chirib  bosilgan  maqoialar tashkil 
etardi.  Bundan  tashqari,  diniy  mavzudagi  xabariar  ham  gazetaning 
anchagina  qismini  ishg‘ol  qilardi.  Shuni  ta ’kidlash  kerakki,  mazkur gazeta 
Amerika jumalistikasida  reklamani  boshlab  beigan  nashr  boMdi.  Uning  ilk 
sonidayoq reklama  mazmunidagi xabar bosildi.
«Boston  nyus  letter»  1719-yilgacha,  ya’ni,  taxm inan  15-yil  davomida 
Britaniyaning  Amerika  qit’asidagi  m ustamlaka  hududlarida  yagona  gazeta 
bo(lib  qoldi.  Shunga  qaramasdan,  noshir  J.  Kempbell  hayotligida  uning 
adadi  hech qachon  300  nusxadan oshgan  em as.  Bunga gazetaning erkin va 
mustaqil  emasligi  sabab  edi.  Shunga  qaram ay,  «Nyus  letter»  Amerika 
matbuoti  tarixida  eng  uzoq  «umr  ko'rgan»  nashrlardan  bin  hisoblanadi. 
Uning  faoliyati  1776-yiida  —  AQSH  inqilobi  dastlabki  g'alabalami  qo'lga 
kiritib,  Britaniya  qiroliigining  Shimoliy  Amerikadagi  asosiy  suyanchig'i 
bo'lm ish Tori  paitiyasi  hokimiyatdan  ketgach  to ‘xtadi.
Ytngi  juraalistikaning  Ug‘ilishi.  1719-yilning  oxiriga  kelib  Bostonda 
yana  bir gazeta  «The  Boston Gazette»  (Boston  gazett)  chop etila  boshiadi. 
Shunday qilib,  Amerika  matbuoti  tarixida  ilk  b o r gazetalar raqobati  yuzaga

Michael  Emery,  Edwin  Emery. The  Press a n d  America1,  an  interpretive  history 
o f  the  mass  media.  8th  edition.  23-6.  N eedham  Heights,  MA,  A  Simon 
&
  Schuster 
Company,  1996.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə