‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160

Ish  m atbuot  erkinligi  foydasiga  ha!  bo‘lishining  yana  bir sababi  bor edi. 
Sudda  filadelfiyaiik  obro'li  advokat  Ejidryu  Hamilton  Zengeming  himoya- 
chisi  sifatida  ishtirok  etdi.  Keksa  oqlovchi  haqiqatning  fakt  sifatida  ko‘rilishi 
lozimligini  astoydil  talab  qildi  va  hakamlaidan  o ‘z  vijdonlariga  quloq 
solishlarini  so'radi.  Hamiltonning  xatti-harakatlari  qonunga  bo‘ysunmaslikka 
o'xshab  ketsa-da,  sud  raisi  Oelansi  bunga  urg'u  berib,  qattiq  turib  olmadi. 
Birinchidan,  u   ayblaiiuvchiga  nisbatan  haqiqat  va  adolat  prinsiplarini 
qo'llashni  talab  qilishni  advokatning  huquqi  deb  bildi  va  bag'rikenglikni 
nam oyon  etdi.  Ikkinchidan,  bu  paytga  kelib  shahardagi  ijtimoiy  va  siyosiy 
vaziyat  o'zgaigan,  jamoatchilik  fikri  Zenger  tom on  og‘ib  ulgurgandi.  Sudya 
gubem ator  manfaatlarini  himoya  qilish  bilan  birga,  yuzaga  kelgan  ijtimoiy 
vaziyatni  ham   hisobga  olmasdan  iloji  yo'q  edi.  Haqiqat  ana  shunday  qaror 
topdi va  pirovardida  matbuot erkinligi g‘alaba qozondi.
Ilgari  t a ’kidlanganidek,  Zenger  ishi  o ‘z  zamonida  o ‘niak  namunasiga 
aylanmadi.  Bunga  Britaniya  hukumati  va  toji  yo‘l  ham  qo‘ymas  edi.  Lekin 
yarim  asr  o ‘tgach,  Zenger  ishiga  qaytadan  murojaat  qilindi.  M azkur  sud 
ishining  aks-sadosi  mustaqillikka  erishgan  Amerika  Qo'shma  Shtatlarida 
eshitila  boshladi.  Pensilvaniya shtati  birinchi  bo‘lib  haqiqat  prinsipini  himoya 
vositasi  sifatida  ta n  oldi va bu  1790-yili  qabul qilingan shtat  Konstitutsiyasiga 
kiritildi.  N yu-Y ork  shtatining  o ‘zi  esa  haqiqat  prinsipini  1805-yilda  e ’tirof 
etdi.  Xullas,  Zenger ishi AQSH tarixida izsiz yo'qolib  ketmadi.
M atb u o t  inqilob  arafasida.  Shimoliy  Amerika  mustamlaka  hudud- 
larida  B ritaniya  hukmronligiga  qarshi  norozilik  xatti-harakatlari  tobora 
kuchayib  borardi.  Angliya  hukumati  mustamlaka  hududlarini  boshqarishda 
qiyinchiliklarga  duch  kela  boshladi.  Bunday  hukmronlik  tarafdorlari  va 
unga  qarshilar  yaqqol  ko‘rinib  qoldi.  Tarafdorlar  Tori  partiyasi  a ’zolari, 
qarshilar  esa  radikal  hamda  vatanparvar  kuchlar  edi.  Hatto  Tori  partiya- 
sining  o ‘zida  ham   ichki  bo‘linish  yuz  berdi.  Tori  loyalistlariga  (Britaniya 
tojiga  sodiq  kishilar)  qarshi  tadbirkorlar (kapitalistlar)  fraksiyasining  «M us­
tam laka  qanoti»  (kolonial  vig)  q a t’iy  qarshi  turdi.  Hali  mustaqil  partiya 
darajasiga  yetm agan  bo‘lsa-da,  sezilarli  ta ’sir  kuchiga  ega  bo‘lgan  viglar 
iqtisodiy  erkinlik  tarafdori  edilar.  H ar  bir  partiya  va  guruh  o ‘z  matbuot 
nashriga  ega  edi.
Inqilobiy  nashrlar.  Amerika  inqilobi  mamlakat  jumalistikasi  rivojini 
tezlashtirib  yubordi.  G azetalar  nafaqat  son,  balki  sifat jihatidan  ham  o ‘sdi. 
K o'pgina  haftalik  nashrlar  haftada  ikki-uch  marotaba  chiqa  boshladi. 
Bundan  tashqari,  Buyuk  Britaniyaga  qarshi  olti  yillik  qurolli  kurash 
davom ida  sobiq  shimoliy  mustamlakalar  hududida  (AQSHning  hozirgi 
shim oli-sharqiy  hududidagi  shtatlarda)  35  ta  yangi  gazetaga  asos  solindi. 
U lam ing  barchasi  vatanparvarlik  ruhi  bilan  sug‘orilgan  haftalik  inqilobiy 
nashrlar edi.  U rush  yakuniga  kelib  ulardan  faqatgina  20 tasi  qoldi.  40  ming 
xonadonga  yetib  boradigan  bu  inqilobiy  gazetalaming  doimiy  o ‘quvchilari 
soni  kam ida 
100
  ming  kishini tashkil etardi.
«New  Y ork  G azette  and  Mercury*  (Nyu-York  gazett  end  merkyuri), 
«The  H artfort  Post*  (Xartfort  post),  «Connecticut  Courant*  (Konnektikat 
kurant)  kabi  gazetalar  inqilobiy  nashrlarning  eng  ommaviylari  edi.  «Con­
www.ziyouz.com kutubxonasi


necticut  CouranU  o'sha  davr uchun  eng  katta  ko‘rsatkich  —  8  ming  obu- 
nachiga ega edi.
Inqilob  namoyandalari.  Amerika  inqilobi  arafasidagi  vaziyat  va  mus- 
tamlaka  hududlar-koloniyalarda  komil  jumalistlar  hamda  ozodlik  kurashi 
namoyandalari  yetishib  chiqishiga  zamin  yaratdi.  Tori  partiyasining  vakili, 
«Rivingtons  Nyu-York  gazetter»ning  muharriri  Jeyms  Rivington,  viglaming 
mafkurachisi,  jurnalist  va  biznesmen  Jon  Dikkinson,  radikallar  tarafdori  va 
targ'ibotchisi  Samyuel  Adams,  vatanparvarlaming  otashin  publitsisti  va 
muharriri  Isiya Tomas o 'z  davrining eng  ko'zga  ko‘ringan  vakillari edi.
Amerika  inqilobi  arafasida  shim oliy  mustamlakalardagi  siyosiy  vaziyat 
tobora  taranglashib  borardi.  M ustaqillik  urushida  ishtirok  etishdan  bosh 
tortganligi  uchun  amerikaliklar  Tori  partiyasi  vakiliarini  sotqinlikda 
ayblashdi.  Aslida  esa,  ular  sotqin  em as,  balki  o ‘z  mamlakati  —  Buyuk 
Britaniyaning  eng  sodiq  fuqarolari,  qolganlar  esa,  qo'zg'olonchilar  edi. 
Faqatgina  urushdagi  mag'lubiyat  torichilarni  sotqinga  chiqardi.
Vaholanki,  qurolli  to ‘qnashuvlar  avjiga  chiqqan  bir  paytda,  1776-yili 
20  foiz  aholining  bosh  g‘oyasi  m ustam laka  jamiyatining  asosiy  tizim ini 
saqlab  qolishdan  iborat  bo'lgan  torichilarni  qo ilab -q u w atla r  edi.  Tori 
firqasi  mustamlaka  hududlarini  mulkchilik  huquqi,  merosxo'rlik  va  ingliz 
a n ’analarini  saqlab  qolgan  holda  boshqarish  tarafdori  edilar.  1773-yili 
tashkil  etilgan  «Rivingtons  Nyu-York  gazetter*  gazetasi  Torining  asosiy 
mafkuraviy  quroli  bo‘lib,  unga 
1762-yili  Amerikaga  kelgan  Jeyms 
Rivington  asos  soldi.  Gazeta  ancha  ommaviylashgan  bo‘Isa-da,  inqilob 
arafasida  va  inqilob  davrida  qiyinchiliklarga  duch  kela  boshladi.  Endi  bu 
paytga  kelib  vaziyat  o'zgargan,  ya’ni,  qirollikni  tanqid  qilish  qoralanm as, 
mustamlaka  assambleyalari  yoki  vatanparvarlarga  til  tekkizish  esa, 
aksincha,  tuhm at  sifatida  qabul  qilina  boshlagan  edi.  Rivingtonning 
gazetasi  uchun  erkinJJk  chegaralari  toraya  boshladi.  o ‘sha  davrdagi  fikr, 
so‘z  erkinligi  tushunchasi jurnalistning  qaysi  tarafda  turib  ijod  qilishi  bilan 
bog'liq  edi  —  Tori  esa  yutqazayotgan  tom on  edi.  Urush  tugagandan  keyin 
Jeyms  Rivington  Torining  boshqa  a ’zolari  kabi  Angliyaga  qaytib  ketmadi. 
U  shu  zaminda  qoldi.  1802-yili  Rivington  Nyu-Yorkda  vafot  etdi.
Jon  Dikinson  viglarning  vakili  edi.  AQSH  matbuoti  tarixidan  o ‘z 
zamonasining  buyuk  jumaiisti  sifatida  joy  olgan  Dikinson  iqtisodiy 
mustaqillik  tarafdori  bo‘lib,  soliqlar  asosan  Amerikadagi  mustamlakalar 
hududida  sarflanishini  talab  qilar  edi.  Uning  maqolalari  «rieHCHJiBaHH» 
K poH H K Ji* 
(«Pennsylvania  Chronicle»)  gazetasida  m untazam  chop  etilib 
turildi.  G archand  Viglar  firqasi  Britaniyaga  qarshi  qurolli  kurash  tarafdori 
bo‘Imasalar-da,  ularning  falsafasi  m ustamlaka  aholisi  mustaqillik  uchun 
kurashga  ruh^n tayyorlanishiga  ko 'm ak   berdi.
Inqilob  boshlangan  paytda  eng  zaif bo'lgan,  lekin  qurolli  to'qnashuvlar 
so'ngida  eng  muhim  kuchga  aylangan  siyosiy  guruh  —  bu  radikallar  yoki 
vatanparvarlar  edi.  Radikallaming  Tori  va  Vigdan  asosiy  farqi  shunda  ediki, 
ular  mustamlaka  hududidagi  ijtimoiy  o'zgarishlarning  qat’iy  tarafdorlari 
hisoblanardilar.  0 ‘z  davrining  m ashhur  jum aiisti  Samyuel  Adams  radikal­
laming  eng  yorqin vakili  va  rahbari  edi.  Targ‘ibotchi sifatida  ham  unga  hech
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə