Oyning o„n beshi qorong„u ,
O‟n beshi yog„du bilan [2, 175].
Erkin Vohidovning ―Do‗st bilan obod uying‖ deb boshlanuvchi g‗azalida
ham qarshilantirishning chiroyli namunalari qo‗llangan.
Do‗st bilan
obod uying,
Gar bo‗lsa u
vayrona ham,
Do‗st qadam qo‗ymas esa,
Vayronadir koshona ham...
Do‗st qidir, do‗st top jahonda,
Do„st yuz ming bo‗lsa
oz ,
Ko„p erur bisyor
dushman Bo‗lsa u
bir dona ham
[1, 157].
Shoirning ―Yoshlik‖ devonidan joy olgan ―Barcha shodlik senga bo‗lsin‖
deb boshlanuvchi g‗azali boshdan-oyoq tazod san`ati bilan ziynatlanganligi
diqqatga sazovor, chunki bu g‗azal ijodkorning qanchalik badiiy mahorat egasi
ekanligini ko‗rsatadi. Shu bilan birga vafodor oshiqning ma‘shuqasi uchun hamma
azoblarga, qiyinchiliklarga tayyor ekanligi ham ifodalangan.
Barcha
shodlik senga bo‗lsin,
Bor
sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik menga.
Sen mening
jonimni olgin ,
Men sening
darding olay .
Barcha
sog„lik senga bo‗lsin,
Barcha
bemorlik menga.
Senga bo‗lsin barcha husnu
61
Menga bo‗lsin barcha ishq.
Kori xunxorlik senga-yu,
Mehri poydorlik menga.
Bu jahonning
rohatin ol ,
Bor
azobin menga ber .
Senga bo‗lsin barcha
orom ,
Barcha
bedorlik menga.
Ol o‗zing
koshonalarni ,
Menga qo‗y