Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


Transport vositalarining atmosfera havosiga va aholiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini o‘rganish



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə11/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

1.4. Transport vositalarining atmosfera havosiga va aholiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini o‘rganish
Transport vositalarining atmosfera havosiga va aholiga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganish maqsadida Namangan shahridagi va ayrim tumanlardagi transport vositalarining intensiv harakati kuzatiladigan yo‘l uchastkalarida tegishlicha nazorat, tekshiruv va kuzatuv ishlari amalga oshirildi.
Tekshiruv ishlari tegishli asbob va uskunalar yordamida amalga oshirildi.
Avvalo bu o‘rinda aytish joizki, yo‘l transporti chiqarayotgan chiqindi gazlar hamda chang va tutunlar aholiga ta’sir etish ko‘lamiga ko‘ra tekshirib ko‘rilganida, yo‘l uchastkasining topografik joylashuv o‘rniga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bunda Namangan viloyatining asosiy xududlari shamol yo‘nalishi “Gʻarbdan sharqqa tomon” yo‘nalish bo‘yicha ko‘p ta’sir etishini tajriba natijalari tasdiqladi.
Yuzaga keluvchi transport vositalarining shovqinlari ob-havo sharoitiga mos holda, kunning issiq davriga nisbatan ertalab va kechki paytlarda aholi turar jylari binosiga nisbatan faolroq ta’siri kuzatildi. Bularning asosiy sabablari o‘rganilganida, atmosfera bosimiga bog‘liq ravishda shovqinlarning tarqalish darajasi o‘zgarib turishi aniqlandi.
Tekshiruv va kuzatuv ishlari olib boriladigan namangan shahrining yuk avtomobillari harakatlanadigan va ularning harakatlanish ta’qiqlangan uchastkalari alohida o‘rganildi. Bunda yuk transporti harakatlanadigan hududlardagi shovqin va chiqindi gaz, changlarning yuqori bo‘lishligini tajriba ko‘rsatib turibdi.
Hozirgi kunda Namangan shahar I.Karimov shoh ko‘chasida o‘tkazilgan shovqin va chiqindi gaz, changlar aholiga ta’sir etish darajalari bo‘yicha aholi turar joylari oldida “O‘zbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksi” 67-moddasiga binoan bino bilan yo‘lning transport harakati kuzatiladigan qismi orasida qoldirilgan bo‘sh (oraliq) masofalar qoldirilgan bo‘lganligining amaliy ahamiyati sezilarli darajada zararli omillar ta’sirini kamayishiga sabab bo‘lishi aniqlandi. Navoiy ko‘chasiga nisbatan taqqoslash amalga oshirildi. Bu yerda, navoiy ko‘chasida transport intensivligi deyarli I.Karimov shoh ko‘chasidagi kabi bo‘lishi barobarida ulardagi transport vositalarining zararli omillari ham qiyoslanganda deyarli bir o‘rinda ekanligi aniqlandi. Eng asosiysi, binolar oldida ihota maydonlarga daraxtlar ekilgan joylardagi turar joy binolaridagi shovqin va chiqindi gaz va tutunlar o‘rganildi. Bunda, oraliq masofa katta bo‘lgan uchastkalarda zararli omillarning insonga, ya’ni aholiga ta’siri kamayganligini ko‘rib chiqdik.
Transport vositalari harakatlanishi natijasida chang va shovqinlar ham aholiga faol darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi ekologik talablar kuchayib boaryotgan davrda birinchi galda aholini turli ko‘rinishdagi zararli ta’sirlardan himoyalanish tadbirlarini amalga oshirish muhim muammolardan biri bo‘lib o‘rin olgan. Shunga binoan O‘zbekiston respublikasining kodeksidan 2021 yilning may oyining 23 may kunidan kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksi” tasdiqlangan bo‘lib, bu kodeksning– “Aholi punktlari va shahar atrofi zonalari hududlaridan foydalanish”deb nomlangan 9-bobning 67-moddasi - Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari:
Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari havo, temir yo‘l, avtomobil, daryo transporti va quvur orqali yetkazib berish transporti, aloqa inshootlari hamda kommunikasiyalarini va muhandislik uskunalarini joylashtirish hamda ularning ishlab turishi uchun mo‘ljallangan.
Qulay hayot faoliyati muhitiga transport, aloqa inshootlari, kommunikasiyalari hamda muhandislik uskunalari zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish bunday ob’yektlardan to turar joylar, ijtimoiy-amaliy, rekreasiya zonalari hududlariga qadar zarur masofa bo‘lishiga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari, qurishning maxsus normativlari hamda qoidalari talablariga rioya etilishi orqali ta’minlanadi.
Transport, aloqa inshootlari va kommunikasiyalarining, muhandislik uskunalarining yer uchastkalari, shuningdek ularning sanitariya-muhofaza zonalari chegaralaridagi hududlar ushbu yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar tomonidan obodonlashtirilishi lozim.
Foydalanilishi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararli ta’sir ko‘rsatadigan transport, aloqa inshootlari va kommunikasiyalarini hamda muhandislik uskunalarini aholi punktlari doirasida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi”- deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Ko‘rinib turibdiki, yo‘llar uchun umumiy holda ihota maydonlarini bo‘lishligi ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə