Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə12/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

1-bob bo‘yicha xulosa
Hozirgi kun aholi va hududlarni ekologik jihatdan sofligini ta’minlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishni taqozo etadi. Bunga binoan har bir ishlab chiqarish korxonalari o‘z hududlari bo‘yicha atrof-muhitni muhofaza qilishga, ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor berishini taqozo etadi.
Ma’lumki bir inson uchun o‘rtacha 54 metr kvadrat maydondagi o‘simlikning ishlab chiqaradigan kislorodi yetarli bo‘ladi deb ko‘rsatilgan. Shuning uchun ham hattoki yo‘l qirg‘oqlarida ham o‘simliklarni ekish samarali bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2018 yilda chiqargan PF-5467-sonli Farmoni – “OBOD MAHALLA” dasturi to‘g‘risida bo‘lib, bunda “...mahallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, shuningdek, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikasiyalari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlarda aholining farovon yashashi va samarali mehnat faoliyatini ta’minlashga qaratilgan «Obod mahalla» dasturini amalga oshirish, xususan joriy yilda 2 tadan va 2019 — 2022 yillarda kamida 3 tadan mahallalarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilar «Obod mahalla» dasturining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
...mahalla ahlining ehtiyojiga mos keladigan, keng ichki yo‘llarni va piyodalar yo‘laklarini qurish hamda ta’mirlash, yo‘l bo‘yini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish...” – deb ko‘rsatilgan/2/.
Bu aynan avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l uchastkalarida ihota maydonlarini tashkil etish orqali ularga ko‘chatlar ekilishini ko‘rsatib turibdi. Yo‘l qirg‘og‘ida tashkil etilgan ihota maydonlariga ekilgan gul ko‘chatlari, daraxtlar faqatgina dizayn uchun emas, balki transport vositalarining harakatlanish natijasida yuzaga keladigan salbiy omillarni aholiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirishda muhim o‘rin egallaydi.
Ihota maydonlariga ekiladigan daraxtlar va ko‘chatlarning transport va aholi harakatiga halaqit bermasligini ta’minlash maqsadida ularni ekishdan oldin transport ekologiyasi, yo‘l qurilishi va ularga qo‘yiladigan zamonaviy talablar e’tiborga olinishi kerak/1/. Chunki, avvalo yo‘l qurilishi katta mablag‘ talab qiladigan soha, ikkinchidan esa, yo‘lda harakatlanuvchi transport vositalari harakati tufayli yuzaga keladigan zararli omillarning aholiga ta’sirini kamaytirish kerak. Shularni e’tiborga olib, ihota maydonlari tashkil etilishi va ularga ekiladigan daraxt va ko‘chatlar aniq maqsad asosidagi rejaga binoan ekilishi yaxshi samara beradi.


Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə