Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Birinchi, ya’ni yo‘l yoqasidagi ihota maydoni ko‘chatining shovqinni to‘sishiga nisabatan joylashtirilishi



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə15/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

2.2-rasm. Birinchi, ya’ni yo‘l yoqasidagi ihota maydoni ko‘chatining shovqinni to‘sishiga nisabatan joylashtirilishi
Daraxtlarning shovqinni to‘sishini oshirish uchun ularning ekish zichligi va barglarini keng diametlar asosida qoldirgan holda butash yaxshi natija beradi.
2.3. ixota maydonlaridagi ko‘chatlarning transport vositalariga ta’sirini kamaytirish
Yo‘l yoqasidagi ihota maydonlarga ekiladigan daraxtlar asosan transport vositalariga yo‘lga chiqib qolgan shoxlari hisobiga halaqit beradi. Shuning uchun ham shoxlari yo‘lga chiqib qolishiga qarshi ekish davrida –rasmda ko‘rsatilganidek, yo‘l qirg‘og‘idan ma’lum masofada ekilishi kerak.
Transport vositalari uchun chorrahalar yoki yo‘llar tutashgan uchastkalarida yo‘lning ko‘rinish masofalarini uzaytirish maqsadida chorrahaning burchak qismlarini doirasimon shaklga keltirilishi kerak. Bunga misol qilib, chorrahalarda yo‘l qirg‘og‘ini burchak ostida qilinganda 1-yo‘ldan kelayotgan transport vositasi uchun 4-yo‘ldan kelayotgan transport vositasining chorrahadan ko‘pi bilan 3 m masofaga kelganida ko‘rinishi mumkin edi. Doirasimon qilinishi transport vositasi ko‘rinish 4-yo‘ldagi masofasini sezilarli ravishda, ya’ni, 10-15 m masofaga uzaytirishga erishiladi. Shuning uchun ekiladigan daraxtlar ham shunga muvofiq ravishda bo‘lishi ta’minlanishini talab etiladi. Buni quidagi 2.3-rasmdan ko‘rish mumkin:

2.2-rasm. Chorrahaning burchak qismlarini doirasimon shaklga keltirilishi
Yo‘l qirg‘og‘iga ko‘chatlarni tanlashda yuqorida aytilgani kabi balandligi 5-6 m, yonga shoxlash darajasi kamroq bo‘lgan daraxtlari ekish kerak.


2-bob bo‘yicha xulosa
Yo‘l qirg‘og‘idagi ihota maydonlarini tanlash, ularga ekiladigan ko‘chatlar turi va ekish joyini aniq belgilash ishlari transport vositalarining harakatiga halaqit berish oldini olishda muhim hisoblanadi.
Avvalo aytish joizki, yo‘l qurilayotgan boshlang‘ich paytdanoq ihota maydonlaridagi tuproqlarga ishlaov berish, ko‘chat ekiladigan maydon tuproqlariga o‘g‘itlar berish orqali ko‘chatlarning yaxshi o‘sishiga meliorativ holatini yaxshilashga e’tibor berish kerak. Chunki, zichlanmagan tuproqqa ko‘chat ekishning natijasida, daraxtlar ulg‘ayishi sari ularning qulashga xavfliligi ortib boradi.
Ko‘chatlarni tanlashda qirg‘oqdagi ihota maydonining 1-qismiga yonga shoxlamaydigan ko‘chatlar tanlanadi. Aynan transport vositalaridan chiqadigan shovqinlarni kamaytirish uchun ekiladigan ko‘chatlarni kvadrat uyalab, birinchi qator ekiladigan ko‘chatga nisbatan ikkinchi qator ko‘chatlar 1-qatordagi ko‘chatlarning o‘rtasiga to‘g‘ri keladigan, 3-qator esa 2-qator ko‘chatlari o‘rtasiga to‘g‘ri keladigan va hokazo ko‘rinishda ekilishi shovqinni to‘sish darajasini oshirishga erishishda muhim hisoblanadi.

Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə