Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


ixota maydonlarining shovqinga ta’sirining ko‘chat turiga bog‘liqligini baholash



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə17/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

3.2. ixota maydonlarining shovqinga ta’sirining ko‘chat turiga bog‘liqligini baholash
Ihota maydonlaridagi ko‘chatlar undagi barglar shakl va o‘lchamlariga bog‘liq holda yo‘ldagi shovqinni to‘sadi va tegishli darajadagi changlarni ushlab qoladi.
Hozirgi davr yo‘ldagi ihota maydonlarini ko‘kalamzorlashtirishga uning ekologik jihatdan ahamiyatli tomonidan tashqari, dizayn, ya’ni tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishini ham e’tiborga olgan holda talab qo‘yadi. Bundan tashqari oldin aytib o‘tilgan holda turli tashqi ta’sirlarga chidamli bo‘lishi, uzoq vaqtgacha o‘zining holatini o‘zgartirmaydigan bo‘lishi ham inobatga olinadi.
Transport va piyodalar yo‘laklari bo‘yicha quyidagilar ko‘rsatib o‘tiladi:
1. Ekiladigan daraxtlar harqanday holda ham halaqit bermasligi kerak.
2. Hasharotlarga chidamli bo‘lishi kerak.
3. ekkologik tomondan shovqin va changlarni to‘sish darajasi yuqori bo‘lishi kerak.
4. Oxirgi holatda biror aniq sabab bilan kesishga to‘g‘ri kelib qolganida ular biror material tariqasida xomashyo sifatida foydalanishga yaroqli bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilganlarning barchasini inobatga olganda korxona yoki tashkilot, qolaversa, aholi xonadonlari atrofidagi hududlarga ekiladigan daraxtlarni quyidagi turlari tanlanishiga e’tibor berish mumkin:
1. Zaharli va zararli gaz ajratib chiqaruvchi korxonalar atrofidagi ihota maydonlariga chinor, kashtan, sada, kaliforniya teragi kabi yirik bargli daraxtlar ekilishi qulay bo‘ladi. Bularning asosiy tomoni shundaki, ushbu daraxt barglari yoyilmasi odatda boshqa turlarga nisbatan keng va son jihatidan yuqori bo‘ladi. Eng asosiysi agar kengligi katta ihota maydonlari bo‘lsa, yo‘l qirg‘og‘idan tashqari joylarga tol ekish ham mumkin.
2. Ishlab chiqarish korxonalarida zaharli gazlar va changlar chiqmaydigan ishlab chiqarish amalga oshiriladigan bo‘lsa, hozirgi kunning dizayn jihatidan eng chiroyli bo‘lgan tog‘ archasi, igna bargli qarag‘ay, kashtan kabi daraxtlar ekilishi mumkin. Bularning eng asosiy tomoni kuzning xazon rezgi davri uchun ham ular o‘z atrofini ifloslantirmaydi.
3. Aholi uylari(shu jumladan ko‘p qavatli uylar) oldidagi ihota maydonlarida birinchi ihota madoniga tog‘ archasi, ikkinchi ihota maydonlariga ko‘p qavatli uy tomoniga yuqori balandlikdagi kashtan daraxti ekilgani holda, maydon o‘rtasiga majnuntollar ekilishi ham shovqin to‘sishga, ham changni to‘sishga nisbatan ahamiyatli hisoblanadi.
Umuman olganda, tog‘ archasi, kashtanli hududlarda shovqinni to‘sish darajasi 50-60%, majnuntol uchun ushbu ko‘rsatkich 75-80%ni tashkil etadi. Umumiy holda daraxtlarning shovqinni to‘sishini –rasmdagi ko‘rinish orqali tushuntirish mumkin.


Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə