Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


bajarilgan tadqiqotning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini baholash



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə20/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

3.3. bajarilgan tadqiqotning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini baholash
Yo‘l qurilishida ixota maydonlariga e’tibor berish katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning asosiy mohiyati ihota maydonlariga ekinlar ekilishi, daraxtlarni tanlab, tugishli o‘lchamlari bo‘yicha belgilangan tartibdagi unga qarovni amalga oshirish orqali bularning barchasi atrof-muhitni muhofazalash, inson salomatligiga foydali tomondan o‘rganilganligidadir.
Tadqiqotning o‘tkazilganligi hozirgi kunda eng ahamiyatli tomondan qaralganda yo‘llarning jahon andozasiga kelishi bilan birga ishchilarning ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga ahamiyatli bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy jihatdan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Ishchi uchun ishlab chiqarishda ishtirok etishi yoki aqliy mehnat kishisi bo‘lganida ham avvalo psixologik jihatdan yo‘lning dizayni yaxshi bo‘lishi bilan kayfiyat ko‘tarilishi bilan belgilanadi. Yaxshi kayfiyatli kishida mehnat unumdorligi yuqori bo‘lishi olimlar tomonidan ko‘rsatib, asoslab berilagan.
2. Transport vositalaridan chiqadigan zararli omillar – chiqindigaz, tutun, chang, shovqinlar tufayli ishchilarning, qolaversa, aholining salomatligi pasayishi kuzatiladi. Bu ishlab chiqarishga, jamiyat taraqqiyoti o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ihota maydonidagi daraxt va ekinlarning bo‘lishligi bilan bu salbiy holatlar oldi olinadi.
3. Ekilgan ixota maydonidagi daraxtlarning e’tiborsiz ravishda, o‘lchami va shakliga e’tibor bermaslik oqibatida yo‘l belgilarini va piyodalarni to‘sib qolishi bilan yo‘l transport hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ushbu tadqiqot ishlarida shular ham o‘rganilgan.
Aytib o‘tilgan ishlar bo‘yicha ijtimoiy tomondan tashqari iqtisodiy jihatdan ham tadqiqotning ahamiyatli tomonini tushuntirib o‘tish mumkin. Oddiy bir ishchining kasallanishi tufayli ishlab chiqarishda ma’lum muddat ishlamasligi uning davlat xazinasiga qo‘shadigan moddiy birlikning kamayishi bilan izohlash mumkin. Ikkinchi tomondan esa, ishchining salomatligi yomonlashuvi bilan uning davolanishiga ketadigan moddiy mablag‘lar bin iqtisodiy ahamiyat ko‘rsatilishi mumkin.

Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə