Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə21/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

3-bob bo‘yicha xulosa
Yo‘lni tashkil etish ishlarida hozirgi talabning xalqaro andoza ko‘rinishiga keltirish maqsadida yo‘l qirg‘og‘idagi ihota maydonlariga e’tibor berish talab etiladi. Buning ikki maqsadi – birinchidan, ekologik jihatdan asosiy yo‘llarda harakatlanayotgan transport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar, chang, tutun, qolaversa, moddiy ko‘rinishda bo‘lmagan zararli omillar turkumidan hisoblangan shovqinlar aholiga ta’sir ko‘rsatish darajasini kamaytirish, ikkinchidan esa – yo‘llarning dizayn jihatdan kishining kayfiyatini ko‘taradigan darajadagi daraxtlar ekilishi ko‘zda tutiladi.
Yapaloq bargli daraxtlarning ekilishi aslida yuqoridagi talablarga mos keladi. Biroq, eng asosiysi dizaynga mos kelmaslik tomonlari inobatga olinib, ko‘proq zamonaviy ko‘rinishdagi tog‘ archasi, igna bargli qarag‘aylar ekish orqali yo‘llarning dizayni yaxshilanadi.
Yo‘l qurilishi boshlang‘ich davridanoq ihota maydonlariga ishlov berish boshlanishi kerak. Eng muhimi, daraxtning qulashi, qurib qolishi, o‘smay qolishi kabi salbiy holatlar oldindan inobatga olinishi talab etiladi.
Yuqori qavatli binolar atrofida yo‘l tomoniga yuqori balandlikdagi daraxtlar ekilishi bilan ularning ichida istiqomat qiluvchi aholi, ma’muriy binolar bo‘lsa, ishchi-xizmatchilar transport shovqinidan zarar ko‘rishlariga qarshi kurash olib boriladi. Daraxtlar yo‘ldagi transport shovqinlari va ulardan chiqadigan zararli gazlarni tutib, to‘sib qolishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlabki bosqich yo‘l qurilishida ihota maydonlar o‘lchamini bilish kerak. Bu o‘lcham asosida daraxtlar ekiladiganida ularning soni, korxona yoki tashkilot hamda aholi punktlari atrofida zaruriy daraxtlar turi tanlanadi. Shuning uchun ham ekishdan oldin ihota maydonlari tuproqlariga ishlov berib, zaruriy o‘g‘itlar bilan ularning unumdorligi oshirilishi yaxshi samara beradi. Bunda ko‘proq boshlang‘ich ishlovda organik o‘g‘itlari – daraxt bargalari chirindilari, go‘ng kabi o‘g‘itlar solib tuproq unumdorligi oshiriladi. Chunki ixota maydonlaridagi daraxtlar yaxshi ko‘karishi kerak.



Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə