Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


-bob. AVTOMOBIL YO‘LLARIGA TEGISHLI BO‘LGAN IXOTA MAYDONLARINI AMALIY O‘RGANISH



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə16/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

3-bob. AVTOMOBIL YO‘LLARIGA TEGISHLI BO‘LGAN IXOTA MAYDONLARINI AMALIY O‘RGANISH
3.1. ixota maydonlaridagi ko‘chatlarning ekishda ularning maydon o‘lchamlari hisobi
Avtomobil yo‘llariga tegishli bo‘lgan ihota maydonlari Namangan shahar yo‘llari bo‘yicha ko‘rib chiqilganda, asosan ikkita tur – birinchidan, birinchi ihota maydonli, 1- va ikkinchi ihota maydonli turlari borligi o‘rganildi. Masalan, shaharning Navoiy ko‘chalari birinchi ihota maydonli, I.Karimov shoh ko‘chasida birinchi va ikkinchi ihota maydonli ekanligi tahlil qilindi.
Navoiy ko‘chalarida aholi turar joylarida daraxtlarning asosan igna bargli qarag‘ay turi, kashtan daraxtlari ekilganligini aniqlandi.
I.Karimov shoh ko‘chasida ham xuddi shu turdagi, ayrim joylarda, masalan, Namangan muhandislik-qurilish instituti hududidagi ihota maydonlarining birinchi ihota maydonida yangi ekilgan akasiya va kashtan daraxtlari, ikkinchi ihota maydonida tog‘ archasi, 3-ihota maydonida esa aralash turdagi daraxtlar ekilganligi aniqlandi.
Asosiy tomoni shundaki, NamMQI hududidagi 3-ihota maydoni shag‘al toshli, qisman tuproq solingan, uning qalinligi 20-30 sm xolos. Bular tajriba asosida o‘rganildi. Aynan daraxt katta bo‘lgach, uning ag‘anashi xususida bino atrofida daraxtlarning ayrimlari ag‘anishi bo‘yicha amalda tekshiruv o‘tkazilganda, aynan ag‘anagan daraxt ostidagi qatlam zichlanmaganligi aniqlandi.
Navoiy ko‘chasidagi ihota maydonlari tuproqlari soz tuproqligi, ularning zichlanganlik darajasi yuqoriligi aniqlandi.
Eng muhimi, daraxtlarning yo‘lga chiqib qolgan shoxlari transport vositalariga va ayrim yerlarda piyodalarga halaqit berishi aniqlandi. Buni tegishli tashkilotga ma’lumoti berilgach, ularni butash orqali sozlandi. Bu bilan transport vositalariga tegmaydigan, yo‘l belgilarini to‘sib qolmaydigan holatga kelganligi aniqlandi.

Ihota maydonlarining o‘lchamlarini olishda, yo‘lning qirg‘og‘idagi ariqning ihota maydoni tomonidagi qirg‘og‘idan hisoblash ishlari amalga oshiriladi. Birinchi ihota maydoniga ekiladigan daraxt orasidagi masofa 5 m hisobidan olinadi. Agar asosiy yo‘l bilan piyodalar yo‘lagi oralig‘idagi ihota maydonining eni 2 m dan ortsa, 2 qator ko‘chat ekishga mo‘ljallansa bo‘ladi. Faqat, qator orasidagi masofani shartli ravishda qisqartirish mumkin. Chunki, ikkinchi qator ko‘chatlari birinchi qator ko‘chatlari orasiga to‘g‘ri kolishi bilan shovqinni to‘sish darajasi oshiriladi.


Bo‘yini eniga ko‘paytirish orqali ihota maydonning yuza o‘lchamini aniqlanadi. Har qanday aniqlash bo‘lsa ham, daraxtlar orasidagi, daraxt qatorlari orasidagi masofalar oldingi bobdagi kabi o‘lchamda olinaveradi.
Ihota maydoni yuzasi hisoblangach, uning qirg‘og‘idan kamida 0,70 m masofa tashlagan holda ko‘chatlar qatori belgilanadi. Qator orasi 10 metr bo‘lganida ushbu ihota maydonga 3 qator daraxt ko‘chatini ekish uchun bu maydonning eni 21-22 m bo‘lishi kerak. Ko‘chatlar oralig‘i tegishli tashkilot, korxona yoki aholi punktlari uchun dam olishga mo‘ljallangan holdagi hududlarga aylantirilishi mumkin.
Ko‘chatlar orasidagi va qator orasidagi masofalarni 10 m dan kichraytirishda 10% gacha masofani qisqartirishga ruxsat beriladi. Ya’ni, 10 m o‘rniga 9 m gacha bo‘lishi mumkin. Shuni e’tiborga olib, umumiy ihota maydoni bo‘yi va enini o‘lchanganida, qator oralari tegishli o‘lchamlar asosida oldindan belgilanadi va ko‘chat uchun chuqurlar kavlanadi.



Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə