Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


Umumiy xulosa va tavsiyalar



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə22/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

Umumiy xulosa va tavsiyalar
Yo‘lni qurilishi ishlarini tashkil etishda ikki asosiy tomon e’tiborga olinadi:
-birinchidan, yo‘lni oldingi mavjud holati bo‘yicha ularni ta’mirlash va restavrasiya qilish;
-ikkinchidan esa yangi yo‘l qurilishi. Bunda adabiyotlardan ma’lumki, ekin maydoni, chakalakzor, qir va adirlar hududidan o‘tadigan bo‘lsa, ularni tozalash ishlari, ya’ni ekin, chakalakzor, daraxt kabilardan tozalash ishlari bajariladi. Bu ishlarda hozirgi talabning xalqaro andoza ko‘rinishiga keltirish maqsadida yo‘l qirg‘og‘idagi ihota maydonlariga e’tibor berish talab etiladi. Buning ikki maqsadi – birinchidan, ekologik jihatdan asosiy yo‘llarda harakatlanayotgan transport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar, chang, tutun, qolaversa, moddiy ko‘rinishda bo‘lmagan zararli omillar turkumidan hisoblangan shovqinlar aholiga ta’sir ko‘rsatish darajasini kamaytirish, ikkinchidan esa – yo‘llarning dizayn jihatdan kishining kayfiyatini ko‘taradigan darajadagi daraxtlar ekilishi ko‘zda tutiladi. Demak, bir yo‘la asosiy yo‘l hududi barobarida ihota maydonlariga ham ishlov beriladi. Bunda unutmaslik kerakki ham ishlarni amalga oshirish, ham reja asosida hududlarni belgilash ishlari bajariladi. Bunda atrof-muhit muhofazasi mehnat muhofazasi bilan birga olib boriladi.
Ajratilgan ihota maydonlari uchun ekiladigan daraxtlar avvalo korxona yoki tashkilotning ishlab chiqaradigan mahsulotlar, ularda ishlatiladigan xomashyolarga bog‘liq holda, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan chiqindi gaz, tutun, chang, shovqin va shu kabilar oldindan tahlil asosida ekiladigan daraxtlarni tanlashda muhim tomon hisoblanadi.
Ekiladigan daraxtlarni oldindan tajriba asosida, ya’ni ushbu dissertasiyada bayon etilgani kabi tahlil qilmasdan ekilish ularning ko‘rsatib o‘tilgan zararli omillarni kamaytirish darajasini yuqori samarali bo‘lmay qolishiga asos bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham avvalo, amaliy tahlil asosida shovqin, chang kabi zararli gazlar miqdori inson uchun yashash sharoitidagi havodagi miqdori aniqlanishi asosida ko‘rsatib beriladi.
Ishning asosiy joyi shundaki, ekiladigan daraxtlarning yo‘l va piyodalar yo‘laklari qirg‘og‘ida qanday turda bo‘lishi, ikkinchi ihota maydondagi, qolaversa, yashash binolari oldidagi qanday bo‘lishligi, daraxtlarning barglari bu o‘rinda qanday ahamiyat kasb etishi asoslangandagina, ihota maydonga ekiladigan daraxtlarning foydali ko‘rsatkichlari yuqori darada bo‘la oladi. Demak, ushbu tadqiqotning kelajakda amalda qo‘llanishi orqali yo‘l qurilishida e’tiborga olinishi orqali ihota maydonlarining atrof-muhit ifloslanish oldi olinish va aholi salomatligini saqlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Eng muhimi, hozirgacha bular e’tiborga olinmaganmi?- degan savol tug‘ilishi mumkin. E’tiborga olingan taqdirda ham yo‘l qirg‘og‘idagi daraxtlar o‘lchami, turi deyarli e’tiborga olinmaganligini aytish mumkin.
Ko‘rsatilgan ilmiy tadqiqot ishlari yo‘l qirg‘og‘idagi va korxona, tashkilot, uylardagi kimyoviy, fizik-kimyoviy tahlillarni o‘tkazish orqali zararli omillar yuzaga kelishi bilan transport vositalarining atrof-muhitga, qolaversa aholiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.

Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə