Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə41/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Ustivorlikni o'rnatish


Parvarish rejasini ishlab chikish yoki o'zgartirish oldidan ustivorlik bo'yicha tuzilgan hamshiralik tashxisi ro'yxatini ularning kjori (mijoz muvaffaqiyati uchun yuqori xavfdagi), o'rta (hayotga xavfsiz holat) va past (ayni kasallik va oqibat bilan bevosita bog'liqmas) darajaga kiritilganligi to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun qarab chiqish foydalidir. Har kungi parvarish rejasiii tuzishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
- Mijoz sog'lig'i holatidagi xavfli hisoblangan o'zgarishlar ularning samarasiga ta'sir etdimi? Masalan, noaniq vazn yo'qotish dastlabki tibbiy tashxisi bilan shifoxonaga kelgan mijozda tuxumdonlar raki aniklanishi tibbiy parvarish ustivorligiga to'g'rilashlar kiritishni talab etdi.
- Sog'liq holati yoki kasallik yoxud hamshiralik parvarishi rejasiga mijoz qarashlarining o'zgarishi hamshiralik tashxisiga ta'sir etdimi? Masalan, hamshira tibbiy tashxisni bilgach, mijozga yuqori ustivor tashxis hisobidan samarasiz individual muolajani belgilashi mumkin edi va maslahat rejalashtirdi. Lekin, agar mijoz buyumlarini joylashtirishni o'ylab ko'rish uchun bir kunchalik bezovta kilmasliklarini talab qilsa, hamshira shu kunga ustivorlik tartibini o'zgartiradi.
- Muammolar o'zaro bog'likmi, ya'ni muammolarning birini ko'yib ikkinchisi bilan shug'ullanish mumkinmi?
- Mijoz muammolarining bir nechtasi bilan bir vaqtda ishlash mumkinmi?
Bu savollarga javob olingach, hamshira muammolarni ularning bajarilishi navbati bo'yicha ro'yxatini tuzadi. Ustivorlikni o'rnatish hamshirada vaqt va kuch mijozning dolzarbroq muammolariga qaratilganligiga ishonch tug'diradi.


Vazifalarni tuzish


Vazifa - bu yakuniy maqsad. Mijoz vazifasi kutilayotgan natijani ifodalaydi. Maqsad, vazifa va natija turli mazmundagi so'zlardir. Ba'zi tibbiy muassasalarda maqsad va vazifa atamalari istalayotgan, natija esa erishilgan ko'rsatkichlarni ifodalash uchun qo'llaniladi.
Hamshiralik tashxisi asosida vazifalar tuzish. Vazifalar hamshiralik tashxisi muammolari tartibidan chiqariladi. Har bir hamshiralik tashxisiga davolash rejasi bo'yicha hal etilishi muammo tartibining to'g'ri yechilishini ko'rsatadigan bir masala qo'yilishi kerak. Muammo yechilishiga alokador boshka vazifaladni ham ko'yish mumkin.
Uzoq muddatli vazifalarning yaqin muddatlilaridan farqi. Uzok muddatli vazifalarni chiqaruvda ko'llash mumkyn, bunda ularning tartibga solinishi keng bo'lib, natijalar butun tibbiy jamoaga yetkaziladi. Masalan, ikki 77 yoshli keksa ayollar chap son sinishi bo'yicha o'xshash tashrixlardan so'ng hamshiralik bo'limida davolanishmokda. Ularning biri so'nggi ikki yil mobaynida hamshiralik parvarishi shifoxonasida davolanayotgan bo'lsa, ikkinchisidagi son sinishi xar kungi cho'milish jarayonida yuz bergan. Yakin muddatdagi vazifalari o'xshash bo'lsa-da, ularning hamshiralik parvarishi turlicha uzok muddatli vazifalarga karatilgan bo'lganligi uchun bir xil bo'lmasligi kerak.
O'rgatuvchi, peshomotor va namoyish (affektiv) vazifalar. Vazifalarni mijozga mos o'zgarishlar asosida toifalarga ajratish mumkin. O'rgatuvchi vazifalar mijoz bilimlari yoki intellektual odatlarining ko'payishini ifodalaydi. Masalan, shifoxonadan chiqarilgan mijoz 6.12.93. gacha oyoq yarasining nam applikatsiyalari davomidagi uch foydali samarani bilishi kerak. Psixomotor vazifalar mijoz tomonidan yangi ko'nikmalar egallanganini ifodalaydi. Masalan, mijoz 6.12.96. da oyoq yarasining nam va quruq applikatsiyalari qanday bajarilishini ko'rsatib beradi. Affektiv vazifalar kadr, ishonch va munosabatlarning o'zgarishlarini ifodalaydi. Affektiv vazifalarni tuzish va bayon etish qiyin bo'lsa-da, ular mijozning murakkab muammolarini yechishda sezilarli ahamiyat kasb etishi mumkin.
Vazifalarni tuzish bo'yicha kursatmalar. Vazifalar qo'yishda mijoz va hamshira hamshiralik tashxisidagi muammolar tartibining «Bu muammoning yechilishi yoki oldi olinishiga kanday o'zgarishlar ta'sir etadi?» degan savoliga duch keladilar. Bunga batafsil javob mijoz vazifasi bo'lib qoladi. Vazifa tuzishdagi zarurroq shartlardan biri qobiliyat va qiziqishlari bois mijoz va uning oilasini jarayonga faol tortish hisoblanadi. Ular bu jarayonga kanchalik kirishsalar, qo'yilgan vazifalarga erishish ehtimolligi shunchalik baland bo'ladi. Mijozning har bir vazifasi subyekt (mijoz), fe'llar (mijoz bajaradigan harakat) va mijozning kutilayotgan xulqini kuzattadigan va o'lchanadigan atamalarda ifodalovchi kriteriy (mezon)ga ega bo'lishi kerak. Quyidagilar yaxshi tuzilgan mijoz vazifalriga misol hisoblanadi:
- Navbatchilik oxirigacha iste'mol kilingan suyuqlikning umumiy hajmi 1800 ml bo'ldi.
- Keyingi kelganda - 23/12/93, da mijoz bo'shashish texnikasini to'g'ri namoyish etadi.
Agar bu axborot boshqa hamshiralar uchun zarur bo'lsa, vazifalar tuzishda maxsus shartlar qo'shish foydali bo'ladi (masalan, «Chiqaruv oldidan mijoz umurtqani tutish uchun filadelfiya yoqasidan foydalanib dahlizda mustakil yuradi»).
Keng tarqalgan xatoliklar. Vazifalar tuzishdagi keng tarqalgan xatoliklar kuyidagilar:
- Mijoz vazifasi hamshira vazifasi hisoblanishi. Noto'g'ri: Bemorga uyg'oq vaqti har 2 soatda 60 ml suyuqlik ichish tavsiya etilein. To'g'ri: Bemor 24.02.94. dan boshlab uyg'oq vaqti har 2 soatda 60 ml suyuqlik ichadi.
- Kuzatish va o'lchashni bildirmaydigan fe'llar ko'llash. Noto'gri: Onasi (F. yoki I. va SH.) o'z chaqalog'ini qanday cho'miltirishni bilib oladi. To'g'ri: Chaqaloqlarni parvarishlash mashg'ulotlarida katnashgach, onasi (F. yoki I. va SH.) bolani to'g'ri cho'miltirish muolajasini ko'rsatadi. Bilmoq, tushunmoq, o'rganib olmoq fe'llari vazifa tuzishda ishlatilmasligi maqsadga muvofiq.
- Yaqin muddatli vazifalarga mijozning bittadan ko'p odatlarini kiritish. Noto'g'ri: Mijoz sog'likqa zararli ta'sirlar ro'yxatini tuzadi va chekishni bas qiladi. To'g'ri: Keyingi -11.03.93. dagi uchrashuvda mijoz chekishning sog'liqqa zararli uchta ta'sirini belgilaydi (1) va o'zining chekishni to'xtatish rejasini izohlaydi (2). 20.06.93. da mijoz chekishni to'xtatganligi to'g'risida ma'lumot berishi kerak.
- Mijoz vazifasining noaniq tartibi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə