Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə43/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Hamshiralik tavsiyalar


Hamshiralik tavsiyalari butun hamshiralik tarkibiga mijozning maxsus hamshiralik tadbirlari to'g'risida xabar berib turadi. Yaxshi tuzilgan hamshiralik tavsiyalarida:
- hamshiralik tavsiyalari ravshan va kisqa yozilgan (kim nima? qachon? va qanday?);
- tavsiya sanasi, hamshiralik parvarishi qayta ko'rilgan sana belgilangan;
- tavsiya qilgan hamshira imzosi;
- faqatgina mazkur muassasada qo'llaniladigan qisqartmalardan foydalanilgan;
- doimiy yoki davomli muolajalar bo'yicha ko'llanma yoxud boshqa adabiyot manbalari ko'rsatilgan bo'ladi.
Hamshiralik tavsiyalariga misollar:
- Mijozga uyg'ok vaqtlari har 2 soatda 60 ml suv yoki apelsin sharbati ichishni tavsiya etish.
- Mijozga suyuqlik iste'moli va ajralishini sinchiklab nazorat qilish to'g'risida qo'rsatma berish; har navbatchi tarkibga suyuqlik iste'moli miqdori yozib qo'yilishini eslatish;
- Mijozga uyg'oq vaqti har 2 soatda hojatga borishida yordam berishni taklif qilish; mijozning siydik pufagi to'lish sezgisi susaygan.
Mijozga vazifalarni bajarishda yordam berish uchun hamshiralik tavsiyalari katori har tomonlama bo'lishi kerak. Har tomonlama hamshiralik tavsiyalari qaysi hamshiralik kuzatuvlari qanday maromda zarurligini aniq belgilaydi.

Hamshiralik parvarishi rsjasini tuzish


Hamshiralik parvarishi rejasi butun hamshiralik tarkibi kuchini mijoz ehtiyojlari qondirilishiga yo'naltiruvchi qo'llanmadir. Parvarish rejasi mijozga, hamshirapik tarkibga, hamshiralik bo'limiga, hamshiralik ma'muriyatga va hamshiralik mutaxassisligiga kerak va qulay. Yaxshi tuzilgan hamshiralik rejasi:
- mos hamshiralik falsafasi to'rt asosiy maqsad: salomatlik himoyasi, kasalliklar oldi olinishi, sog'ayish jarayoni tezlatilishi va buzilgan funksiyalar tiklanishi yengillatilishidan iborat;
- mijozning individual xususiyatlari va ehtiyojlariga ko'ra to'g'rilangan;
- mijoz muhtoj bo'lgan inson asosiy ehtiyojlarini qondirish bo'yichahar qanday hamshiralik yordamni (1), hamshiralik tashxisi va u bilan bog'liq mijoz vazifalari xamda hamshiralik tavsiyalarini (2), tibbiy davolash rejasi bajarilishida hamshira ma'suliyatini aniq belgilagan;
- ustivorlik bo'yicha baholashni boshqaradigan, mijozlarga o'rganish bo'yicha yo'riqlar va maslahatlar beradigan;
- ilmiy intizomlarga asoslangan va hamshiralik ishi ilmiy tadqiqotlarining natijalarini tutgan;
- mijozning ruhiy-ijtimoiy va axloq, shuningdek, jismoniy ehtiyojlarini kondiradigan;
- shifoxonadan chiqaruvdagi mijoz va uning oilasi ehtiyojlarini tutgan;
- tibbiy davolash rejasi bilan mos bo'lishi kerak.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə