Ўзбекистон республикаси


Baholash uslubini ishlash



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə42/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Baholash uslubini ishlash


Rejalash boskichida baholash uslubini .aniqlab olish va rasmiy davolash rejasiga kiritish kerak. Mijoz uchun tuzilgan vazifalarga erishilishni agar hamshira baholamasa, ahamiyatsiz bo'lib koladi. Hamshira vazifa qo'yilgan va unga erishilgan sanalarni yoznshi lozim.


Qamshiralik tadbirlarini tanlash


Hamshiralik tadbirlarini hamshiralik tashxisiga ko'ra belgshash. Hamshiralik tadbirlari ham mijoz vazifalaridek hamshiralik tashxisidan kelib chiqadi. Lekin hamshiralik tashxisida muammolarning tartibga solinishi mijoz vazifalarini belgilasa, ayni vaqtda muammo sabablari hamshiralik tadbirlarini belgilaydi. Hamshira. mijoz muammolarining sabablari hisoblanuvchi yoki paydo bo'lishiga olib keluvchi omillarga qaratilgan tadbirlar tanlaydi. Masalan, semizlikii ovqatlanish tartibsizlik, yuqori quvvatli mahsulotlarni ortiq darajada iste'mol qilish, ko'p yillar davomida ovqatlanishlar orasida ham ovqatlanishni odat qilish, kam harakatli turmush tarzi kabi bir qancha omillar keltirib chiqaradi. Bunday mijoz bilan ishlayotgan hamshira vaznni kamaytirish uchun yuqoridagi omillarni ishlab chikishi mumkin, lekin bu yondashish samarasiz bo'ladi. Batafsil tuzilgan Hamshiralik tashxisi mijozdagi ortiqcha vazn omillarini ko'rsatib beradi va hamshira ayni omillarga bevosita ta'sir qiluvchi tadbirlarni tanlaydi.
Tanlov o'rnatish. Mijoz vazifalari tuzilgach, hamshira Ularga erishishda mijozga yordam beruvchi turli hamshiralik tadbirlarini o'rnatadi. Hamshira samarasi u belgilagan turli hamshiralik uslublariga bog'li. Quyida keltirilgan uch hamshira tomonidan keserevcha tashrixidan ikki kun o'tgach, ayol tashrix o'rnida og'riq borligiga shikoyat qilayotganini bilib qilingan hamshiralik tanlovini qarab chiqing.
A hamshira:
- Og'riqni qoldirish uchun qanday vositalar tavsiya etilganini tekshirib bemorga berish kerak.
B xamshira:
- Og'riq kuchini baholash va bu vaqtdan so'z hamda bosib turish bilan ushlab turish uchun foydalanish;
- Ko'rsatmalar bo'lsa, analgetiklar berish kerak;
- Tavsiya etilgan analgetiklar samarasini baholash.
V hamshira:
- Og'riq sifatini baholash va ichaklarda to'plangan yel ta'siri yoki ayolning chaqalog'i, o'zi yoxud oilasi to'g'risida tashvishlanishi kabi og'riq paydo qiluvchi omillar ehtimolligini tekshirish;
- Bemorga hamdard bo'lib, o'z uslublari bilan o'rtoqlashishiga erishish;
- Orqasiga rezina taglik ko'yishni tavsiya etish;
- Tashrix o'rni bog'lovini bo'shashtirish;
- Agar mumkin bo'lsa, og'riqdan chalg'itish uchun tadbirlar tavsiya etish (masalan, chaqaloqlar parvarishi to'g'risida film ko'rish yoki musiqatinglash);
- Og'riqqa qarshi tavsiya etilgan dorilarni berib, samarani kuzatish;
- Dori berishda quyidagicha so'zlar bilan uning kuchini oshirish lozim: «10 daqiqa vaqt o'tgach, dori o'z ta'sirini boshlaydi, og'riq qoladi va Siz tinchlanasiz».
Balki, vazifaga erishishi uchun mijozga faqat tavsiya etilgan analgetik zarurdir: «Baholanganda — mijoz minimal og'riq sezadi». Bunday holatda uchala hamshira ham mijozni parvarishlashdagi vazifalarga erishishda to'g'ri harakat kilgan. Shuningdek, tavsiya etilgan dori ta'sir kilmasligi ham mumkin yoki chakalog'i parvarishidan tashvishlanib yoxud chaqalog'ining tug'ilishi eri bilan munosabatlarini buzishi mumkinligidan ko'rkib, mijoz rejani murakkablashtirishi mumkin. Hamshirada tanlov kancha ko'p bo'lsa, uning harakati shunchalik samarali bo'ladi.
Turli vaziyatlarda mijozni diqkat va hurmat bilan tinglash, hajv, o'qitish, maslahat va mashg'ul bo'lish kabi professional hamshiralik muolajalari samarali uslub sifatida xizmat qilishi mumkin. O'z ishida faqat vazifani ko'zlab harakat qiladigan va mijozning ehtiyojlarini faqat mexanik muolajalar bilan kondiradigan hamshira samarani cheklab ko'ygan bo'ladi.
Tadbir tanlash. Tadbirlar ro'yxatidan hamshira mijozning bajarishiga eng ma'qulini tanlaydi. Tadbirlar tanlashda hamshira foydalanishi uchun keng ko'rsatmalar tanlov imkoniga ega. Tanlangan tadbirlar:
- mijozga moslangan;
- masalan, Amerika hamshiralar uyushmasi, Kanada hamshiralar uyushmasi amaliyot standartlari, akkreditlovchi tashkilotlar standartlari kabi tibbiy yordam standartlariga qiyoslangan;
- hamshira qobiliyati, vaqti va tayanch manbalariga ko'ra haqqoniy;
- mijozning qadri, e'tiqodi va ruhiy-ijtimoiy holati bilan mos;
- boshqa rejalashtirilgan davo choralariga mos bo'lishi kerak.
Lekin hamshiralik tadbirlari shartlarning hatto barchasiga javob bergaida ham mijoz vazifalari muvaffaqiyatli bajarilishiga kafolat berolmaydi. Bir mijoz uchun yaxshi hisoblangani boshkasiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar bilan shugullanayotgan hamshiralar tznlangan tadbirlar muvaffaqiyatini oldindan statistik. sxema bo'yicha aniqlashga harakat qiladilar. Tajribali hamshira samarali tadbirlarni tanlashda tadkiqotlar natijalari (hamshiralik ishi fani) va mijoz haqidagi bilimlardan (hamshiralik ishi san'atidan) foydalanadi. Xodimlar bilan joriy maslahatlar va davom etayotgan o'quv mijoz muammosiga yangicha va ijodiy yondashishni tadqiq etish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə