Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə39/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

1.4.3. REJALASH
Hamshira mijozning ma'lumotlarini to'plab, uni interpretatsiya qilib, mustahkam tomonlari va muammolarini aniqlab, hamshiralik tashxislarini ko'yib va ularning ustivorlik bo'yicha ketma-ketlik tartibini keltirib bo'lgach, hamshiralik tadbirlarini rejalashga kirishadi. Hamshiralik jarayonining rejalash boskichida hamshira mijoz va uning oilasi bilan hamshiralik tashxisida belgilangan muammoning oldi olinishiga, kamaytirilishi yoki tugatilishiga (yo'qotilishiga) olib keluvchi mijoz vazifalarini ishlab chiqadi (1) va bu vazifalarning mijoz bajara olishiga erishish tadbirlarini aniqlaydi (2). Rejalash elementlari kuyidagilar hisoblanadi:
- Ustivorliknk o'rnatish.
- Vazifalarni tuzish vabaholash uslubini ishlash.
- Mos hamshiralik tadbirlarinn tanlash.
- Hamshiralik parvarishi rejasining ma'lumoti. Rejalash bosqichida xdmshira mijoz va uning oilasi bilan ishlashi juda zarur. Agar hamshiralik parvarishi rejasida ko'rsatilgan vazifalarni mijoz tasdiqlamasa yoki mijoz muammolarining oldi olinishiga, kamaytirilishiga yoxud yo'qotilishiga olib kelinmasa, bu reja mazmunan ahamiyatsiz hisoblanadi. Vazifalarni tuzish mijozlar bilan samarali ishlashni xohlagan hamshiralar uchun zarur professional ko'nikma hisoblanadi.
Samarali davolash rejasini ishlab chiqish uchun hamshiraga zarur ko'nikmalar - hamshiralik ishini bilish (hamshiralik amaliyoti standartlarini ham), mijoz ma'lumotlarini to'plash, ularning interpretatsiyasi va tahlilini hamda bu ma'lumotlarni anik, qisqa yetkaza bilishdir.


Hamshiralik rejalashning alohida xususiyatlari


Hamshiralik jarayonining rejalash bosqichidagi asosiy masala mijoz muammolarining oldi olinishi yoki yo'qotilishi maqsadida parvarishlash rejasini ishlashdir. Har tomonlama davolash rejasi, shuningdek. mijozning asosiy ehtiyojlari (shaxsiy gigiyena va ovqatlanish) ni qondirish uchun zarur hamshiralik parvarishkni ham aniklaydi va bu parvarishlash rejasi bajarilishiga mos hamshiralik majburiyatlarni ifodalaydi. Rejalashga ijodiy yondashadigan hamshira unga o'zining va hamkorlikning majburiyatlarini kiritadi. Hamshirani mijozning salomatlik va kasallikka qarashi qiziqtirishi sababli hamshiralik parvarishi rejasi keng hamshiralik vazifalarini - samara himoyasini, kasalliklar oldi olinishini, sog'ayish jarayonida hamkorlikni va buzilgan funksiyalar tiklanishi taktikasi osonlashtirilishini bajarishga yordam beradi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə