Ўзбекистон республикаси


Mijozlar bajargan vazifalar o'lchovi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə53/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Mijozlar bajargan vazifalar o'lchovi


Baxolanadigan ma'lu.motlarni to'plash. Hamshira bahola-nadigan ma'lumotlarni mijoz belgilangan vazifalarga erishgan-ligi aniqlanishi uchun yig'adi. Agar xamshira hamshiralik baholashda mijoz muammolari ma'lumotlarini to'plasa, baholash bosqichida ma'lumotlarni mijoz muammolari vazifalarga erishish bilan yechilganligi aniqlanishi uchun to'playdi.
Vazifalarning turlari. Vazifalarga erishish bahosini qo'llash uchun mijoz xaqida to'plangan ma'lumotlar turi vazifalarning mohiyati bilan aniqlanadi. O'rganuv vazifalari mijoz bilimlari darajasining oshishini bildiradi; bu vazifalar bemordan ma'lumotlarni takrorlash yoki olingan bilimlarni kundalik vaziyatda ko'llashni so'rab baxolanishi mumkin. Psixomotor vazifalar mijoz egallagan yangi ko'nikmalarni namoyish etishi bilan baholanadi. O'zgaruv (affektiv) vazifalari mijozning qadr, ishonch va munosabati o'zgarishlariga tegishli; bu vazifalarni baholash kiyin. Ularni baxolash uchun mijoz bilan suhbat o'tkazish, mijoz xulqini kuzatishdan foydalaniladi. Vazifalarning oxirgi turi mijozdagi jismoniy o'zgarishlar maqsadning natijasi Hisoblanadi. Ularga erishganlikni baholashda dastlabkilari bilan olingan natijalar kiyoslanishi uchun zarur ma'lumotlar to'planadi.
Vaqt mezoni. Vazifalarga erishilganlik aniqlanishida, Shuningdek, ma'lumotlar qachon to'planishini ham bilish kerak. To'g'ri qo'yilgan vazifalarda mijoz xulqida maxsus o'zgarishlar bo'lganligini aniqlash uchun ishchi doira o'rnatiladi. Hamshira mijoz, uning oilasi va hamshiralik jamoasining boshqa a'zolari bilan belgilagan vaqtda uning (mijozning) berilgan ko'nikmalarni namoyish etish qobiliyatiga baho beradi. Agar vazifalar o'lchanuv va kuzatuv doiralarida ko'yilgan bo'lsa, baholash uchun ma'lumotlar to'plash vazifasi tushunarli bo'ladi. Vaqt mezonining uch turiga misollar:
- 7/8/93 da mijoz dahlizning yarmini arava yordamida bosib o'tadi.
- 7/8/93 dan boshlab mijoz vaznning istalgan darajasigacha (61 kg gacha) har oyda 1.5 kg dan kamayishiga erishadi.
- Shifoxonadan chiqarilguncha ota-onasi mijoz uchun ko'krak qafasi fizioterapiyasining to'g'ri bajarilishini ko'rsatib beradilar.
Vazifalarga erishilganlikni iloji boricha ertaroq baholash kerak. Qo'yilgan vazifalar bajarilishida mijozning muvaffaqiyatsizligi ertaroq aniqlansa, rejaga o'zgartirish kiritiladi. Hamshiralarning vazifalarga erishilganlikni baholashdagi eng ko'p xatolari baholashni mijoz shifoxonadan chiqarilayotgan kum bajarganlarida bo'ladi (bunda erishshshagan vazifalarga nisbatan biror chora ko'rish uchun juda kech).
Mijoz vazifalari hal etilgashshgini baholashga ma'lumotlar olinishi bilan hamshira natijalar jamlanishi uchun baholash tartibi (formulirovkasini) yozadi. Atkinson va Murrey baholashning zarurligini e'tirof etib, ikki qismli tartibga solish (formulirovka) tavsiya etganlar. Baholash tartibi (formulirovkasi) vazifaga erishilganlik qarori va bu qarorni tasdiqlovchi barcha ma'lumotlardan iborat. Hamshirada tanlashga uchta qaror bor - vazifa bajarilgan, vazifa qisman bajaridgan va vazifa bajarilmagan. Hamshira baholash tartibiga imzo chekadi va sana yozib qo'yadi.
Vazifalar bajarilishiga ta'sir etuvchi omillar. Mijozning vazifalarga erishishida turli omillar ta'siri bo'ladi. Bu omillarni aniqlash hamshiraga ijobiy omillarni kuchaytvdish va keyinchalik ularga tayanish hamda muammo yaratayotganlari bilan ishlash imkonini beradi. Bu omillarga hamshiraning reaksiyasi qanchalik jadal bo'lsa, ish natijalari shunchalik salmoqlidir.
Ijobiy omillarga mijozni yangi sog'lom odatlar bilishga kuchli kirishtirish, hamshiraning ishga yaxshi dam olib, mijozlar parvarishlash bo'yicha hamshiralik ishi jurnalidan o'qib olingan yangi g'oyalar bilan kelishi, sifatli hamshiralik parvarishi takdim qiladigan tibbiy muassasa kabilar misol bo'la oladi.
Hamshira berilgan vazifalarga harakat qilayotgan mijoz uchun foydalilarini aniklashi bilanoq shu omillar bilan ishlashni boshdashi mumkin. Masalan, agar mijoz tashrixdan keyin son bilan mustaqil yurishga o'rganayotgan bo'lsa va siz uning turmush o'rtog'i borligida harakatchan ekanligini sezsangiz, buni mijozning turmush o'rtog'iga eslatib qo'yishingiz kerak va mijozni turmush o'rtog'i borligida yurishga o'rgatishni rejalab qo'ying.
Parvarishlash rejasini shakllantirish. Baholash mijoz oldiga qo'yilgan vazifalar bo'yicha natijalarga sezilarsiz erishganligi yoki umuman erishmaganligini, ma'lumotlarni aniqlash harakatlari esa davolash rejasvda muammo borligini ko'rsatsa, hamshira hamshiralik jarayonining oldingi har bir boskichi qayta baholanishini o'tkazishi kerak. Bunday izlanishdan keyin yangi ma'lumotlar to'plash talab etilishi mumkin, balki tashxisga biror yangilik kiritilar va u o'zgartirilar, balki vazifalar, hamshiralik tavsiyalari o'zgartirshshshi yoki yanti tuzilishi va yakin vaqtga keyingi baholash muddati qo'yilishi mumkin.
Hamshira mijozning vazifalarni muvaffaqiyatsiz bajarishiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlashi bilan baholash tartibi davolash rejasining zaruriy qayta ko'rilishini talab etadi.
Agar mijoz oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarmagan bo'lsa, kuyidagi baholash tartibiga solish mumkin: «Mijoz 9/9/93 dan boshlab rejalashtirilgan ijtimoiy tadbirlarning haftada hyech bo'lmaganda 2 tasida ishtirok etadi». «9/27/93. Vazifa bajarilmagan. Mijoz bu haftadagi biron jamoat tadbirlarida Qatnashishdan bosh tortdi». Keyin hamshira turlicha harakatlar qilishi mumkin. Baholash tartibidan keyingi qayta ko'rikda mumkin bo'lgan tartibga solish quyidagilar bo'ladi:
Qayta ko'rik: Bu mijozning muammosi bo'lmasligi mumkin. Hamshiralik tashxisi ma'lumotlari baholanadi va tasdiqlanadi (hamshiralik tashxisi o'zgartiriladi yoki inobatga olinmaydi).
Qayta ko'rik: Bu tadbirlarga mijozning muhtojligi yoki ularda ishtirok etish kobiliyati va xohishini batafsil aniqlash (vazifalarning nisbatan haqqoniy tartibini yozing).
Qayta ko'rik: 3 hafta o'tib kayta baholanadi; balki mijozga moslashish uchun ko'prok vaqt va ko'prok ishonch kerakdir (vaqt mezonini vazifa tartibiga moslab to'g'rilanadi).
Qayta ko'rik: Mijozning kiziqishlari hakida ko'proq bilishga harakat qilish va amaldagi dasturlar hamda tadbirlarga uni moslashtirish (hamshiralik muolajalarini o'zgartirish).
Dasturlarni bssolash, Mijozning vazifalarga erishishidagi har bir baholashga va hamshiralik parvarishi rejasining shundan keyingi shakllantirilishiga qo'shimcha xamshiralik parvarishi sifati kafolati uchun ko'p rasmiy mexanizmlar bor. AQShda davlat hamshiralik boshkaruvi, sog'liqni saqlash tashkilotlarini akkreditlash bo'yicha ko'shma hay'at, professional standartlarni kayta ko'rish tashkiloti bor. Bu tashkilotlarning barchasi davolash sifatani nazorat kilish bilan shug'ullanadi. Maqsadi hamshiralik parvarishining yukori sifatini himoyalash bo'lgan maxsus ishlangan dasturlar sifat kafolati dasturlari deb ataladi. Bu dasturlar kichikrok hamshiralik bo'limi hamshiralari olib boradigan darajadagi kabi keng bo'lmagan yoki katta tibbiy muassasalarda, shtatlarda, provinsiya yoki mamlakatda o'tkaziladigan keng bo'lishi mumkin. Sifat kafolati dasturlari hamshiraga jamiyatning hamshiralik parvarishida ma'suliyatli bo'lish imkonini beradi.
O'z-o'zini baholash. Sifatli parvarishlash ma'suliyatini olgan hamshiralar o'z-o'zini baholashni o'z hamshiralik amaliyotining integral qismi sifatida bajaradilar, O'z-o'zini baholash ko'nikmalari professional takomillashishni ta'minlaydi, shaxsiy burch sezgisini oshiradi va o'z-o'zini anglashni rivojlantiradi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə