Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə55/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

NAMUNALAR:

Xirurgik amaliyotida uchraydigan hamshiralik tashxis doirasi: og'riq (to'sh suyagining orqasida, bel sohasida, bo'g'inlarda va hokazo), terining mahalliy giperemiyasi, qichishi, unda allergik toshmalar toshishi, shish paydo bo'lishi (bo'g'im sohalarida, teri osti kletkchatkasida. oyoq-qo'lda), o'tkir qon ketish, ko'ngil aynash, qusish, gipertermiya, AZV ko'tarshshshi, AZB pasayishi, operatsiyadan so'nggi holat, puls (taxikardiya, bradikardiya, ipsimon). teri qoplamining shikastlanishi, mustaqil siydik chiqara olmaslik gematuriya, meteorizm, qorindagi og'rik.


Terapiya sohasidagi hamshiralik tashxisi doirasi: yurak sohasida og'riq, bel sohasida og'riq, bo'g'imlar sohasida shish va og'riq. nafas yetishmovchiligi, majburiy holat, ishtaha susayishi, surunkali qabziyat, yo'tal, balg'am ajralishining qiyinlashishi, xolsizlanish, uyquning buzilishi, stress holatlari, o'z-o'zini eplay olmaslik, so'zlash qobiliyatining buzilishi.
Pediatriyada: bezovtalik, gipertermiya, diareya, ona sutining yetishmovchiligi, ko'p terlash, ensa sohasidagi sochlarning tushishi, ishtahaning pasayishi, katta liqildokning bitmasligi, emlashdan keyingi asorat, jismoniy rivojlanish yetishmovchiligi, ruhiy rivojlanish yetishmovchiligi.
Hamshira tashxis qo'yishi, bemor muammosi asosida parvarish rejasini tuzishi bilan birgalikda bemorga kuzatuv kundaligini ham olib boradi.
Hamshira bemorni har kuni kuzatib boradi. Kuzatuv jarayonida hamshira bemor bilan bevosita muloqotda bo'ladi. Har kuni bemorning xaroratini o'lchaydi, pulsini sanaydi, qon bosimini o'lchaydi, bemorning shikoyatlari va umumiy ahvoliga jadval tuzib, baho beradi. Shuningdek, bemorning hamma laborator tekshiruvi natijalarini ham shu jadvalda aks ettiradi va qo'shimcha laboratoriya tekshiruvlarini yozib boradi.
Hamshira bemorning kundalik kuzatuvini olib borishi natijasida kasallikning kechishi, kutilayotgan ko'rsatkichlar bemorda paydo bo'layotgan yangi muammolar ko'zga yaqqol tashlanib turadi.
Hamshira bemor muammosiga asoslanib, kundalik parvarish rejasi tuzadi va bajaradi.
Reja tuzilganda quyidagilarga e'tibor berish kerak:
1. Qaysi ishni tez va birinchi o'rinda bajarish kerak?
2. Qaysi ishni keyinga qoldirsa bo'ladi?
3. Bemor birinchi galda nimaga muhtoj?
4. Yordam berilmasa va muammo yechilmasa, bemor hayoti uchun xavf qay darajada bo'lishi mumkin?
5. Qo'yilgan maqsadni shoshilinch ravishda hal qilish kerak.
Hamshira tuzgan rejasini amaliy ravishda bajarishi kerak va qilingan ish natijasini baholashi zarur, ya'ni bemorning ahvoliga qarab kasallikdagi o'zgarish natijasini baholashi kerak.
Natijalar 3 xil bo'ladi:
1. Ijobiy.
2. Salbiy.
3. O'zgarishsiz.
Eng samarali natija - bu optimal darajada jonbozlik ko'rsatib, istalgan maksimal natijaga erishishdir.
Hamshira hisobotida quyidagi omillarga ahamiyat berishi kerak:
1. Reja bajarildimi?
2. Bajarylgani haqida yozuv bormi?
3. Hamma prinsiplarga amal qilindimi?
4. Maqsad va muammolarning hammasi aniqlandimi?
5. Muammo hal qilindimi?
6. Qo'shimcha reja kiritildimi?
7. Bemor o'zining kasali haqida tushunchaga ega bo'ldimi va u o'zini parvarish qila oladimi?
Hamshira ish faoliyati mobaynida bemor bilan vrachga nisbatan ko'proq muloqotda bo'ladi. Agar hamshira bemor bilan kommunikatsiya, ya'ni yaxshi munosabat o'rnata olsa, bemorning shaxsiyatini himoya qilgan holda ruhiy kechinmalari aniqlasa, bemorga osoyishtalik va psixoemotsional tinchlik yarata olsa, bemor parvarishi rejasini aniq va to'liq qilib tuzib, ish olib borsagina uning ahvolini yaxshilaydi va sog'ayishini tezlatadi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan yetuk hamshira:
- Mustaqil fikrlay olishi;
- Chuqur bilimga ega bo'lishi;
- Zamonaviy tibbiyot asboblari bilan ishlay olishi;
- Davo va parvarish rejasini mustaqil ravishda tuzishi;
- Bemorga malakali, kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch yordam ko'rsata olishi va p arvarishlashi;
- Bemorninng kuzatuv kundaligini olib borib. vrach yordamchisi hisoblanishi kerak.
Hamshira bemor sog'ligi oldida javobgar hisoblanishi shart.


Ilova №1.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə