Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə76/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

O'ZINI NAMOYON QILISH bu mahorat o'zganing xuquqlarini paymol qilmasdan o'z xuquqlarsni namoyon qilishdan iborat. Siz shunday holatga tushishingiz mumkinki, xodimlarning ish o'rinlari qisqartirilgan paytda Sizdan katta ish unumini talab qilishadi. Bunday holatlarda o'zingizni namoyon qilishingiz yoki vaziyatga tan berishingiz kerak. Ko'pincha vaziyatga tan bergan paytlarimizda stress holatiga tushamiz.
Stress paydo bo'lishiga sabab-biz hyech qachon haqiqatdan ham xohlagan narsamizni talab qilmaymiz. Shuning uchun bu narsaga erishmaymiz. Stressni yo'qotish usullaridan biri - o'ziga ishonch hosil qilish.
* «Yo'q» so'zini aytgimiz kelganda, «Yo'q» deyish.
* Istagan narsani talab qilish.
* O'z fikrini bildirish.
* Vaziyat talab qilganda, qarama-qarshilikka borish.


O'Z-O'ZINI ANGLAY BILISH

Bu, atrofimizdagi borliqqa, jismlarga nisbatan o'z munosabatimizni biddirish, demaqsir. Bu xususiyat o'z-o'zini bilish bilan keskin bog'liq, chunki biz o'z sezgimiz va ta'sirchanligimiz to'g'risida ma'lumotga ega bo'lmay turib ularni uzgaga aytib bera olmaymiz. Shunday qilib, o'z-o'zini anglash stressni boshqarish usullaridan biridir.


O'Z-O'ZINIQABULQILA OLISH

Bu xislat o'zini anglay olish bilan keskin bog'liqdir. O'z-o'zini qabul qilishda qiyinchilik sezgan odamlar, o'z-o'zini anglashda ham kiyinchilik sezadilar. Agar biz o'zgalarga o'zimizni ochib bera olmasak, ular biz haqimizda ma'lumotga ega bo'lmaydilar. Natijada bizni qabul qila olmaydilar va o'zidan o'zi qabul qila olmaslik kuchayadi. Shuning uchun o'z-o'zini qabul qilish shaxsiy va shaxslar aro munosabatlar qurishda muhim o'rin egallaydi.


SHAXSLARAROMUNOSABATDA NOVERBAL A SPEKTLAR KO'NIKMASI

Biz hammamiz so'zlar yordamida muloqot qilamiz. Lekyn o'ylab ko'ring, agar biz gapirayotgan so'zlar, noverbal harakatlarimiz bizning imo-ishoralarimiz bilan to'gri kelmasachi?
Noverbal ko'nikmalar gapirilgan gapning asosiy ma'nosini ko'rsatib beradi. Noverbal signallar so'zlarga qaraganda ko'proq ma'no anglatadi. Siz kundalik hayotingizda aytayotgan gaplaringiz bilan noverbal signallar mos kelishini o'z kuzatuvingiz ostiga olishingiz kerak.
Noverbal muloqot ko'nshshalari quyidagi yo'llar bilan namoyon etiladi.
Suhbatdoshingiz bilan oradagi masofa. Bemorni o'ziga yaqin tutish. Tana holati.
• Maxfiylik,
• Ko'z orqali muloqot.


BEMORNI O'ZIGA YAQIN TUTISH

Bemorni o'ziga yaqin tutish og'ir ruhiy holatlarda bemorni tinchlantirish uchun zarurdir.


TANA HOLATI

Bizning tana holatimiz o'zga odamlar bilan muloqotda bo'ysunish, dominantlik qilish va passivlik holatlarini namoyon qilishi mumkin.


MAXFIYLIK

Bemorning istagiga qarab unga maxfiylikni yaratib berish lozim. Bemor bilan alohida suhbat qurish va bu suhbatni o'zgalar bilan muhokama qilmaslik lozim.


KO'Z ORQALI MULOQOT

Insonning nimalar haqida o'ylayotgani va nimalarni his etayotganini ko'zlaridan bilib olishimiz mumkin. Insonning ko'z harakatlaridan uning fe'l-atvorini ham bilib olish mumkin.
Suhbat davomida ko'zlar bilan tik qarab turaverish ham vaziyatni asabiylashtiradi. Gapirayotganda ham, bemorni eshitayotganda ham ko'z harakatlarini idora etish normalari mavjud. Masalan, ko'z orqali muloqot gapirishdan oldin o'rnatiladi. Tinglovchi unga qiziqish bildirayotganligini anglagach, gapirayotgan inson chetga qarab unga nimalarnidir so'zlaydi. Lekin vaqti-vaqti bilan qiziqish yo'qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun nigoh tashlab turadi. Noverbal signallarga ahamiyat berib turadi. Ko'zlari orqali unga so'zlashni to'xtayotganligini bildirib, tinglovchiga o'z fikrini bildirishga imkoniyat beradi.


NOVERBAL KO'NIKMALAR-ESHITISH MAHORA TI

Tinglashni bilish - mahorat hisoblanadi. Biz eshitish mahoratining uchta elementini ko'rib chiqamiz.
• Rag'batlantiruvchi noverbal aspektlar.
• Rag'batlantiruvchi verbal aspektlar.
• Jim turish.


RAG'BATLANTIRUVCHINOVERBALASPEKTLAR

Eshitish mahoratining noverbal komponentlariga quyidagilar kiradi.
* Ko'z orqali muloqot.
* E'tiborni anglatuvchi tana holati.
* Bemorga karagan tik yoki o'tirgan holat.
* Suhbatdoshlar orasidagi masofa.
* Boshni irg'ab turish bilan suxbatni qo'llab turish.
Tinglashni bilish o'zida - konsentratsiyani, e'tiborni, tushunishni jo qiladi.


RAG'BATLANTIRUVCHIVEREALASPEKTLAR

Verbal aspektlar asabiy yoki ta'sirchan bemorlarga mayin so'zlar orqali uning so'zlariga qiziqishni bildirish demakdir.


TINCHLIKNI SAQLASH

Suxbat davomida jim turish tajribasiz odamlarda hayajonni chaqiradi. Lekin suhbat davomida jim turish muhim pauzani yuzaga keltiradi. Pauza gapirayotgan odamga jiddiy suhbat yuritishdan oldin fikrini jamlab olishga yordam beradi. Bemor jim bo'lib qolganida pauzani to'ldirishga shoshilmang. Buning o'rniga bemor gapirgan so'zlarni muhokama qiling.


VERBAL KO'NIKMALAR-SAVOL BERISH MAHORA TI

Hamshiralik amaliyotida savol berish mahorati katta ahamiyatga ega. Savollar quyidagicha bo'lishi mumkin:
• Umumiy
• Aniq
• Yo'naltiruvchi
• Sinov maqsadida
• Keng tarmoqli


UMUMIY SAVOLLAR

Hamshiraning bemor bilan muloqot paytida, umumiy savollarga yondashishi mo'tadil muhitni yaratadi. Ya'ni muloqot paytida hyech qanday keskin, bemorni qiyin vaziyatga soluvchi savollar bermaslik kerak. Suhbatni umumiy savollar asosida qurib asta-sekin aniq va boshqa turdagi savollarga o'tish lozim.


ANIQ SAVOLLAR

Tez va dangal javoblar olish uchun aniq savollardan foydalanish lozim.


YO'NALTIRUVCHIVA KENG TARMOQLI SAVOLLAR

Bemorlar javob berayotgan mahalda hamshiralar ularga shu savollar bilan javobga oydinlik kiritishi mumkin.


SAVOL BERISH MAHORA TI

Hamshiralik amaliyotida asosiy ikki turdagi savol berish mahorati aspektlarini ko'rib chiqamiz.
* Umumiy savollar
* Maqsadga yo'naltirilgan
Bemor o'zining so'zlari orqali, o'z fikrini keng tarzda ifodalab berishi uchun umumiy savollar katta ahamiyat kasb etadi. Savol beruvchi murakkab bo'lmagan savollar berishi lozim.
Maqsadga yo'naltirilgan savollar hamshira xohlagan mavzuda, xohlagan yo'nalishda suhbat qurishda yordam beradi. Hamshiraga suhbatni boshqarishga yordam beradi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun esa bemorga: Siz menga yana kun tartibingiz, odatlaringiz to'g'risida nimalarni aytib bera olasiz? kabi savol berishi mumkin.
Maqsadga yo'naltirilgan savollarga bir qator misol keltiramiz.
* Aytolmaysizmi, siz yurishga qiynalasizmi?
* Qiyin vaziyatlarda o'zingizni ko'lga ola bilasizmi?
* Kechalari uyqungiz qanday?
* Kayfiyatingiz tez-tez tushib turadimi?
Hamshiraga kasallik tarixini to'ldirishda, bemor to'g'risida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishda bunday savollar qo'l kelishi mumkin. Yana bu savollarni vaqtni tejash maqsadida qo'llash mumkin.


VERBAL KO'NIKMALAR-HOZIR BO'LISHI SAN'A TI

Sizning reaksiyangiz bemorni tetiklashtirishi yoki neytral natija berishi mumkin. Reaksiya verbal yoki noverbal bo'lishi mumkin.


TETIKLASHTIRUVCHI REAKSIYA

Verbal va noverbal harakatlar birgalikda qo'llanganda bemorning hamshira bilan suhbatini uygunlashtirishi mumkin. Hayotda bu elementlar bir-biridan ajralmasdir, lekin bu bo'limda biz ularni shartli ravishda bo'lib o'rganamiz.
Bu bo'limda gapirilayotgan reaksiya to'rtta ko'nikmani ko'zda tutadi. Ular murakkab emas, lekin ularni suhbatda qo'llashda ehtiyotkor bo'lish kerak.
Hozir bo'lish ko'nikmalari quyidagilarga qaratilgan:
* Aytilayotgan gailarning to'g'ri ekanligini bilishga.
* Xulosa chiqarishga.
* Bemorning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga.
* Bemor fikrining aniq bayon etilishiga. Hamshiralik ishida shunday naql borki, insonlar muloqotga kirisha olish mahorati bilan tug'ilmaydilar, balki hayot davomida tarbiyalanadilar. Faqat tomchi dori va drenaj naychalari to'g'risida bilimga ega bo'lib, bemor bilan muloqot mahoratidan bexabar bo'lgan hamshira • o'z amaliyotida ko'p qiyinchiliklarga duch keladi. Lekin oxirgi o'n yillikda hamshiralik amaliyotida ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Bugungi kunda hamshiraning insonga ijtimoiy, psixologik va jismoniy borliq sifatida yondashishiga va bemorni parvarish qilishiga katta e'tibor berilyapti. Bu e'tibor bemorlarning to'liq sog'ayib ketishlari uchun muhim omildir.
Demak, siz bemor bilan muloqotda o'z mahoratingizni namoyon etishingiz, zarur ko'nikmalarny hosil qilishingiz kerak. Bunday muloqot birinchi uchrashuvdayoq hosil bo'lishi va parvarish jarayonining oxiriga qadar saqlanishi lozim, Dialog, ya'ni muloqot yordamida hamshira bemorlar asabining tiklanishiga, masalaning hal etilishida va bemorning hayotda to'g'ri yo'ldan borishiga yordam beradi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə