Ўзбекистон республикаси


URUSH SHAROITIDA YARADORLAR VA BEMORLARGA



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə79/86
tarix04.06.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#88711
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

URUSH SHAROITIDA YARADORLAR VA BEMORLARGA
TERAPEVTIK XIZMATNI TASHKIL ETISH
Ommaviy qirg'in kurollari ishlatiladigan urush sharoitida yaradorlarga va bemorlarga terapevtik xizmatni tashkil etish juda murakkablashadi. Chunki bunda terapevtik yordamga muhtoj bo'lganlarning aksariyati bevosita ana shu jangovor qurollar zarbiga uchragan bo'ladi. Bunda uchraydigan kasalliklar asosan o'tkir nur kasalligi, kimyoviy moddalar hamda biologik quroldan zaharlanish, kontuziya, shuningdek, bir necha qurol birga ta'sir qilishi natijasida va yadro kuroli portlashidan zararlanish, sarosimaga tushish kabilardir. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, o'tkir nur kasalligiga duchor bo'lganlarning 30 foizidan ko'prog'i terapevtik yordamga muhtoj bo'lar ekan. Shubhasizki, kimyoviy va biologik quroldan jabr ko'rganlarga terapevtik xizmatni tashkil etish: yana ham murakkab bo'ladi. Masalan, zaharlovchi moddalar ta'siriga uchragan kishilarning 60-70 foiziga terapevtik xizmatni ko'rsatishda atrofdagilar uchun xatarli bo'lgan yarador va bemorlarni yakkalab qo'yish zarur. Shu bilan birga kimyoviy va biologik qurol ta'sirida jabrlanganlardan ko'pchiligining ust-boshi va badanini tozalash ham kerak. Shuningdek, bir necha qurol ta'siri natijasida bir vaqtning o'zida ham og'ir terapevtik patologiyali, ham yengil yarador, ham kuygan bemorlar uchrashi mumkin.
Yarador va bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatish bilan birga terapevtik xizmatni tashkil etish ularga ularda rivojlanadigan ichki kasalliklarning oldini olish, tashhislash va davolash bo'yicha katta ahamiyatga egadir.


DAVOLANISHGA MUHTOJ YARADORLAR


VA BEMORLARNI SARALASH QOIDALARI
Avvalgi urushlardan farqli ravishda, ommaviy qirg'in qurollari ishlatiladigan hozirgi zamon urushida qisqa fursat ichida juda ko'plab kishilarga terapevtik xizmatni ko'rsatish kerak bo'ladi. Bir vaqtning o'zida har xil darajali yaralangan ko'plab kishilarni qabul qilishda to'g'ri saralashning ahamiyati katta.
Davolanishga muhtoj yaradorlar, bemorlar batalyon va alohida batalyon (Omed B) hamda gospitallarda saralanadi. Saralashdan maqsad, avvalo yaradorlar va bemorlardan bir vaqtning o'zida bir xil tibbiy yordamga muhtoj bo'lganlarini, so'ngra tibbiy bosqichlarga ko'chiriladiganlarini ajratib olishdir.
Tibbiy saralash quyidagi qoidalargi asosan olib boriladi: avval boshqalar uchun xatarli, shuningdek, ust-boshi va terisi tozalanishi kerak bo'lgan kishilar saralanadi. Bular nurlanishdan kuchli zararlanganlar, kimyoviy va biologik qurol bilan zaharlangan, yuqumli kasalliklarga uchragan hamda o'tkir reaktiv holatdagi yaradorlar va bemorlardir. Ular tegishli davolanish muassasalariga alohida qilib yotqiziladi. Keyingi saralash usuli yaradorlar va bemorlarni zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligini aniqlashdan iborat. Bunda tibbiy yordamga muhtoj bo'lmagan, keyinroq davolansa ham bo'ladigan yoki maxsus tibbiy yordam ko'rsatilishi lozim bo'lgan yaradorlar va bemorlar keyingi bosqichga ko'chiriladi. Eng ko'p jabrlanganlarga (30-50 foiz) kechiktirmasdan yordam ko'rsatish kerak. Bular qatoriga kuchli nurlanish olganlar. zaharlovchi moddalar va biologik quroldan zararlanganlar, ba'zi ruhiy va somatik xastaliklarga chalingan bemorlar kiritiladi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə