Ўзбекистон республикаси



Yüklə 155,5 Kb.
səhifə2/10
tarix11.06.2022
ölçüsü155,5 Kb.
#89373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ФАУМ фан дастури 2-курс 2018-2019

Tuzuvchilar:
















Maxmudova X.M.

-

Nizomiy nomidagi TDPU “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti , p.f.n.










Tajiboyeva X.X.

-

Nizomiy nomidagi TDPU “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, p.f.n.




Taqrizchilar:
















Kokanbayev I.

-

Qo‘qon DPI “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.










Kuletov D.

-

Toshkent Turizm KHK fizika va astronomiya o‘qituvchisi

Fаn dаsturi Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti o‘quv-uslubiy Kеngаshidа ko‘rib chiqilgan va tаvsiya qilingаn (201_- yil ____ _________dаgi ____-sоnli bаyonnоmаsi).
I. O‘quv fanining dolzaribligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

“Fizika o‘qitish metodikasi” fani o‘z ichiga fizika o‘qitish metodikasining umumiy masalalari, xususiy masalalari, amaliy mashg‘ulot masalalari, fizika o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, muammoli o‘qitish kabi vazifalarni olib, u bakalavriatning “5110200 – Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga shunday nom bilan o‘qitiladi.


Mazkur kurs, eslatilgan ixtisoslik bo‘yicha o‘quv rejasida belgilangan tabiiy–matematik bilimlar ichida, bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchilarini tayyorlashda eng muhim o‘rinni egallab, bu fanlar yuzasidan o‘qituvchining kompitentligi va intellektualligini tayyorlashda alohida o‘rinni egallaydi. O‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika va astronomiyani samarali o‘qitish, eng avvalo o‘qituvchining bu fanlar yuzasidan erishgan bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari bilan belgilanadi.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni, ularda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida fizikadan dars beradigan o‘qituvchilar uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun fizika o‘qituvchilarini tayyorlaтnishi, talabalar umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari fizika va astronomiya fani dasturlari bilan tanishib chiqib, o‘rganib chiqishlari, ushbu fanlar bo‘yicha dasturlarni tahlil qila olishlari, dasturda ko‘rsatilgan fizik tushuncha, qonun, kattaliklarning mazmunini bilishi hamda o‘quv amaliyoti davomida o‘quvchilarga o‘rgata olishi kabi bilimga;
Har bir talaba fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanidan o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlarida o‘zi o‘qiyotgan kurs talabalariga o‘qituvchi bo‘lib dars o‘tib bera olishi, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaza olish ko‘nikma;
- akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga barcha demonstratsion tajribalarni ko‘rsata olish, laboratoriya ishlarini bajara olish malakasiga ega bo‘lishi kerak.



Yüklə 155,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə