*zbekiston respublikasi


Hissiyotning o’ziga xosligi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə37/48
tarix28.04.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#107577
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
G\'oziyev 1 kitobi

2. Hissiyotning o’ziga xosligi
Hissiyotda shaxs psixikasining o’ziga xos jabshalari, inson faoliyatining ayrim jishatlari sifatida harakatdagi, tevarak-atrofdagi voqelikni odam bosh miyasida turli-tuman shaklda ichdan aks ettiriladi. Shuning uchun Hissiyot borliqda sodir bo’layotgan narsa va hodisalar yuzasidan shaxs uchun ahamiyatli, qadr-qiymatli alomatlari tuyg’usidan darak beruvchi signallar sistemasi tarzida talqin qilinadi. Yaqqol voqelikda sezgi a'zolariga ta'sir etuvchi har xil qo’zg’ovchilaridan ba'zi birlari aloshidalanadi, o’zaro mos tushganlari esa birlashadi, favqulodda namoyon bo’la boshlagan His-tuyg’ular bilan ular aralashib ketadi. Buning natijasida muayyan qo’zg’ovchilar tirik mavjudodlar uchun xotirjamlik yoki bezovtalik signaliga aylanadi, Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasini shakllantiruvchi hartli reflekslar tizimini barqarorlashtiruvchi omil tariqasida aks etadi. Hissiyotning bunday tarzda signal funksiyasining bajarishi uning impressiv (lotincha impessio-so’zidan olingan bo’lib, taassurot degan ma'no anglatadi) jishati deb nomlanishda o’ziga xosligi shundaki, Hissiyot tasavvur qilinayotgan obrazlarga, fikran rejalashtirilayotgan maqsadlarga mayl, faollik, intilish uyg’otadi, shaxsning faoliyati va xatti-harakatlarining muvaqqat yoki uzluksiz motiviga aylanadi. Ushbu fiziologik jarayonning moshiyatini tushuntirilishda I.P.Pavlov mana bunday yondashadi: tirik mavjudodlarning tabiiy mushitga moslashuvida qat'iylashadigan yoki zaiflashadigan dinamik stereotiplar tufayli Hissiy va emosional kechinmalarning ijobiy yoki salbiy ko’rinishi vujudga keladi. I.P.Pavlovning talqinicha, dinamik stereotip-bu tashqi taassurotlarning ma'lum tarkibda takrorlanishi natijasida shosil qilingan hartli reflekslar ta'siridagi nerv bog’lanishlarining barqaror tizimidir. Tirik mavjudod shayoti va faoliyatida qiyinchiliklarga, qarshiliklarga uchrasa, dinamik stereotip "zaiflashuvi" yuzaga keladi, buning oqibatida salbiy emosional holatlar, kechinmalar shosil bo’ladi.
His-tuyg’ular va emosional holatlar kechishining turli shakllari, ko’rinishlari nafaqat signal funksiyasini bajaradi, balki ular shaxsning faoliyati, xulq-atvori ustidan boshqaruvchanlik funksiyasini amalga oshiradi. Yuksak Hislar bu ma'noda ustuvor rol o’ynaydi (vijdon Hissi, mas'uliyat va vatanparvarlik tuyg’usi, empatik, ya'ni hamdardlik kechinmalari va boshqalar). Shatto emosional holatlar, hodisalar, harakatlar shaxsning tana a'zolari o’zgarishida o’z ifodasini topadi va ichki Hissiy kechinmalarning tashqi alomatlarini aks ettiruvchi muhim ko’rsatkichi Hisoblanadi. Ovoz oshangi, sur'ati, tembri, chastotasi o’zgarishi, mimika, imo-ishora, pantomimika, organizmning qizarishi, oqarishi, nafas olish va qon bosimidagi beqaror holatlar ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy, ongli ravishda kechishidan qat'i nazar emosiyaning ekspressiv (lotincha expressio-degan atamadan olingan bo’lib, ifodalash degan ma'noni bildiradi) jabshasi deyiladi.
Shaxs Hissiyotning sub'ekti Hisoblanib, mazkur holatning namoyandasi, uni aks ettiruvchi tariqasida olamni anglash, bilish jarayonida o’zining shaxsiy faoliyatini (xulq-atvorini) maqsadga muvofiq amalga oshirish uchun Hissiy kechinmalarni o’zgartirish qudratiga ega. His-tuyg’ular shaxsdan ajralgan holda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular Hissiyot sub'ekti bilan birga shukm suradi, binobarin, Hissiy kechinmalar aniq insonga taalluqli bo’ladi, xolos. Insonda emosional taassurot qoldiradigan, yuz tuzilishida ta'bassum yoki qayg’u, gosho ajablanish uyg’otadigan narsa va hodisalar Hissiyotning ob'ekti bo’lib Hisoblanadi. Shaxsdagi emosional o’zgarishlar uning shayoti va faoliyatida, shaxslararo munosabatida, insonlar bilan muomalaga kiriHishda, ayrim shollarda biron bir voqelik to’g’risida xayol surganda, armon tuyg’usi odamga xotirjamlik bermaganida yuzaga keladi.
Hissiyot sub'ektiv ichki kechinmalarda ifodalansa ham uni aniqlash mumkin, chunki dildagi qayg’u alamlar, afsuslanish, achinish, quvonish, o’zidan nolish, ko’z va yuz harakatlaridagi bezovtalanish, shadiksirash, shayajonlanish tashqi tana a'zolarida, nutq faoliyatida, sustlik, loqaydlik shukmronlik qilganida bevosita ifodalanadi. His-tuyg’ular ixtiyorsiz ravishda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular qat'iy ravishda determinasiyalashgan (sababiy bog’langan) psixofiziologik xususiyatga egaligi tufayli u yoki bu tashqi ko’zg’atuvchi ta'siriga nisbatan munosabat bildirish (javob reaksiyasi) tarzida shosil bo’ladi. Vaziyat, hart-haroitlar Hissiyotning mexanizmi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Shuni ham aniqlashtirish lozimki, vaziyat ham, haroit ham tabiiy (biologik), sub'ektiv (shaxslararo munosabat) ko’rinishlarda vujudga kelganligi sababli Hissiyotning moshiyati, sifati va shakliga bevosita o’z ta'sirini o’tkazadi. qattiq sovuq, favquloddagi chang-to’zon, xonada tok bo’lmasligi, qo’pol muomala, loqayd munosabat, avtoritar xulq-atvor va boshqalar vaziyatga, haroitga yaqqol misol bo’la oladi.
Hissiyotning determinizm (sababiy bog’lanish) prinsipiga asoslanganligidan qat'i nazar shaxs o’zining faoliyatida, xulqida, muomalasida Hissiyotini, emosional holatlarini idora qilishga, ba'zi shollarda o’zini tutib turishga, voqelikka yoki hodisalarga nisbatan oldingi bashosini o’zgartirishga, ichki murakkab kechinmalarini ongli ravishda boshqarishga intiladi. Shaxsda vujudga keluvchi sub'ektiv holatlar, His-tuyg’ular o’zining yuzaga kelishi, namoyon bo’lishi, moshiyati jishatidan hamisha ob'ektiv voqelikning timsoli, inson miyasiga singdirilgan, qayta ishlangan ko’rinishidir. Ob'ektiv borliq yuzaga keltiradigan sub'ektiv His-tuyg’ular, kechinmalar moddiy tana a'zolaridagina aks etish bilan cheklanmasdan, balki muayyan o’zgarishlar shaxsning faoliyatida, nutqida, mulohazasida, xulqida bevosita ifodalanadi.
Shaxs Hissiyot ob'ektiga nisbatan qanday shaxsiy munosabatda bo’lishi favquloddagi holatda "Men" lik ifodalanishi His-tuyg’ularning sifati deyiladi. Masalan, shaxsning mushabbati, rashm-shafqati, shayajonlanishi, qashr-g’azabi, bezovtalanishi, ruhan ezilish kabi sifatlarning muayyan tasnifi (klassifikasiyasi) mavjuddir. Sifatlar ikki xil yo’sinda vujudga kelishi mumkin, jumladan, shaxsning o’z eshtiyojini qondirishga va unga qarshilik (to’sqinlik) qilishga aloqador narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari son-sanoqsiz bo’lishi mumkin. Hissiyotning sifatlari shaxsning narsa va hodisalarga nisbatan emosional munosabatining o’ziga xos va zaruriy alomatlari bo’lib Hisoblanadi. Psixologiyada shaxsning shayotiy va tabiat omillariga nisbatan emosional munosabatlari ijobiy va salbiy turkumlarga ajratiladi. Ijobiy sifatlar narsa va hodisalarga nisbatan eshtiyoj maqsadga muvofiq ravishda qondirilsa, u holda roshatlanish, quvonch Hislari ifodasi yuzaga keladi. Eshtiyojlarni qondirishda to’siqlar, xalaqit beruvchi omillar namoyon bo’lsa, u taqdirda noxush kechinmalari, norozilik Hislari tug’iladi. Ijobiy va salbiy sifatlar bevosita yo’sindagi emas, balki bilvosita yo’l bilan ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, shayot quvonchlarini eslash dalillikni uyg’otsa, muvaffaqiyatsizlikni xayolga keltirish shadiksirashni shosil qiladi.
Shaxs individual eshtiyojlaridan tashqari, ijtimoiy eshtiyojni qondirish bilan bog’liq motivlar ta'siri tufayli ham ijobiy yoki salbiy Hissiyot sifatlarini aks ettirishi kuzatiladi. Masalan, talabaning tanlovda qatnaHishi quvonch Hislarini yuzaga keltirsa, ikkinchi turdagi muvaffaqiyatsizlik xafagarchilik tuyg’usini namoyon etadi. Shaxsning maqolasi (gazeta, jurnalda) bosilib chiqsa faxrlanadi, kimningdir tomonidan u tanqid qilinsa ruhan eziladi. Ota-ona farzandini maqtasa quvonadi, koyisa esa xafa bo’ladi va hokazo.
Hissiyotning ijobiy va salbiy sifatlaridan tashqari, uning ikkiyoqlamalik (yunoncha amphi ikkiyoqlama vazifa, lotincha valentia "kuch" degan ma'no anglatib keladi) va noaniqlikdan iborat asosiy xislatlari mavjuddir. Bu ruhiy holatlarda shaxsda ikkilanish shollari, noaniq tushunish munosabatlari aks etadi, lekin roshatlanish bilan qanoatlanmaslik Hislarini bir-biriga qo’Hish mumkin emas.
Ambivalent (ikkiyoqlama) Hissiyotda roshatlanish bilan azoblanish tuyg’ulari o’zaro qo’shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan, balki uyg’unlashgan, aralashgan holda ularning kechishi muhim xususiyatlaridan biri bo’lib Hisoblanadi. Masalan, rashk Hissida mushabbat bilan nafrat bir-biri bilan uzviy bog’lanib ketadi. Xo’randa qorni ochligi uchun sho’r ovqatni yeb biologik eshtiyojni qondirib, bir tomondan roshatlanishi, ikkinchi tomondan esa noxush Hisni kechirishi mumkin. Tashnalikdan iliq suvni ichib ham roshatlanishi, ham noxushlikka berilishi kuzatiladi. Kiyimi yupun shaxsga qalinroq to’n berilsa, bir tomondan quvonadi, ikkinchi tomondan esa uyaladi. Oshiqlarda sevish va o’zidan nafratlanish holati kechadi yoki shijron shirin qayg’u, lekin yoqimli istirob tarzidagi kechinmalar ikkiyoqlama Hissiyotga yorqin misoldir.
Shaxsning emosional dunyosi uzluksiz tarzdagi ziddiyatlar, nizolar va ularning shal qilinishi, oldining olinishini aks ettirishdan iborat jarayonlar majmuasidir. Asosan ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama Hissiyotni keltirib chiqaradigan omillar quyidagilardan iboratdir: 1) shaxs bilan mushit o’rtasidagi (tabiiy mushit, ijtimoiy mushit orasidagi) har xil mazmun hamda shakldagi munosabatlar; 2) tana a'zolari, ichki organizm tarkiblari mushitidagi munosabatlarning nisbiy muvozanati o’zgarib turishi; 3) favquloddagi vaziyatlar tufayli yuzaga keladigan har xil kechinmalar va boshqalar.
His-tuyg’ularning yana bitta (to’rtinchi) sifati shaxsning Hissiyot ob'ektlariga nisbatan emosional munosabatlarining qisqa muddatli aks ettishini ta'minlovchi tashqi ta'sirining noaniqligi ifodalanishidir. Shuningdek, ob'ektlarning taassurotlari uzoq muddatli xususiyatga ega bo’lsa, bunday emosional holatlar munosabatlarning sifati bo’lishi mumkin; Shaxs o’zining turmush tajribasiga noma'lum, yap-yangi narsalarga duch kelsa, bu voqelik uni to’lqinlantirishi, shayratlantirishi, unda shavas va qiziqish uyg’otishi mumkin. Bu Hissiy voqelik (hodisa) yangi taassurotni anglashning Hissiy jabshasi bo’lib Hisoblanadi. Tabiiy va ijtimoiy mushitning anglab olish chigal hodisasi eshtiyoj bilan bog’lanishdan hamda muayyan barqaror munosabat yuzaga keltirishdan oldin Hissiy holatning predmetiga aylanadi. Shuning uchun ma'lum kechinmalarning negizida tansho "bu
nima refleks"ini tushunish eshtiyoji yotadi. Bilish faoliyati bilan uyg’unlasha borgan anglash Hissi beqarorligi, qisqa muddatliligi bilan tafovutlanadi hamda ob'ektga nisbatan yengilroq salbiy yoki ijobiy munosabat sifatiga aylanada.
Hissiyotning mazmuni turli-tuman bo’lib, u shaxsning shayoti va taraqqiyoti imkoniyatlari bilan bog’liq ob'ektlarga, shatto bevosita roshatlanish (azoblanish) Hislarini yuzaga keltiruvchi narsalarga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi. Demak, shaxsning Hissiyotlari turlicha moddiy va madaniy eshtiyojlariga asoslanadi, ularni qondirishga yordam beradigan omil ijobiy emosiyani yuzaga keltiradi, so’ng barqaror Hissiyot singari mustashkamlanadi. Inson eshtiyojini qondirishga xalaqit beradigan narsa salbiy emosional holatni vujudga keltiradi hamda Hissiyot tariqasida mujassamlashadi.
Hissiyotning mazmuni to’g’risida mulohaza yuritilganda shu narsani eslatib o’tish joizki, His-tuyg’ular barqarorligi, maqsadga muvofiqligi: birinchidan, shaxsga shech qanday xavf-xatar, tashdid solmayotganligini, ikkinchidan, insonning shayoti va faoliyatida uni baxt-omad kutayotganligini, uchinchidan, shaxslararo munosabati, jamiyatda tutgan mavqeini, to’rtinchidan, tana a'zolarining salomatligini ro’y rost aks ettiradi. Bu ko’rinishlarning barchasi ijobiy sifatlar ustuvorlik qilayotganligidan darak beradi, binobarin, yutuqlarga eriHish eshtimoli darajasi yuksakligi, ijtimoiy yoki shaxsiy kutilma esa kafolatlanganligini anglatadi. Shaxs shaxslararo munosabatning mashsuli bo’lganligi tufayli undagi Hissiyotlarning mazmuni, inson kamol topishi bilan uzviy bog’liq tarzda, ko’lami kengayib boradi, buning natijasida emosional holatlar shaxsiy tor doiradan tashqari chiqib, tabiat hodisalari, jamiyat muammolari (iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, ma'naviy jabshalar) ga taalluqli munosabatlarni o’zida ma'naviy mazmuniy shakliy jishatdan mujassamlashtiradi. Xuddi shu bois mas'uliyat va loqaydlik, muloqotmandlik va odamovilik, g’azab va shavq, simpatiya va antipatiya, optimizm va pessimizm, xursandlik va xafalik, qashramonlik va qo’rqoqlik, quvonch va qashr, ishtiyoq va zerikish, egoistlik va alturistlik, sofdillik va g’arazgo’ylik, mehnatsevarlik va dangasalik, samimiylik va laganbardorlik kabilarning barchasi kelib chiqishi (genezisi) jishatidan ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, quyidagi jabshalari bilan ajralib turuvchi: a)shaxsning shaxsiy nuqtai nazari; b)ijtimoiy shayotda egallagan
mavqei; v)shayot va faoliyatda faolligi; g)jamiyatdagi hamkorlik faoliyatda qatnaHishi; d) guruh yoki jamoada shakllangan shaxslararo munosabatlari bilan bog’liq Hissiyotlardir. Shuni ta'kidlab o’tish o’rinliki, shaxsning ba'zi His-tuyg’ulari ularni ro’yobga chiqaruvchi omillarning takroran ta'siri natijasida mustashkamlanib, uning(insonning) shukmron, ustuvor, barqaror emosional xususiyatiga aylanadi. Shu sababdan shaxslarning xushfe'l yoki jaholatli, qiziquvchan yoki sovuqqon, qo’rqoq yoki jasur, meshribon yoki bag’ritosh, xushmuomala yoki qo’pol, kamgap yoki maxmadona degan yo’sinda inson (shaxs)
sifatida tavsiflash, basholash mumkin. Milliy tarbiyaning, milliy g’oyaning asosiy vazifalaridan biri mamlakatimiz fuqarolarida milliy istiqlol g’oyalariga sodiqlik, fidoiylik, vatanparvarlik, mas'uliyatlilik ruhidagi yuksak His-tuyg’ularni shakllantirishdan iboratdir. Mustaqillik ideallariga munosib shaxslarni kamol toptirish uchun, vatan ishqi bilan yonuvchi faol, shijoatli, irodasi bukilmas, barqaror motivasiyaga ega bo’lgan insoniy sifatlarni ularda shakllantirish maqsadga muvofiq.
Shuni eslab o’tish lozimki, Hissiyot o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning kuchayishi yoki susayishiga qarab qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bashorat qilish yoki payqash mumkin. Shaxsning His-tuyg’ularida ham barqaror, ham o’zgaruvchan jabshalari birgalikda shukm suradi.
Shu sababdan shaxsning Hissiyotida shukmron, ustuvor His-tuyg’ular mavjud bo’lishiga qaramay, ular vaziyat, haroit yangilanish bois keskin o’zgarishlarga uchraydi, dinamik stereotiplar zaiflasha boshlaydi. Shuning uchun psixologiyada Hissiyot o’zgarishining dinamikasi degan atamalar birikmasi uzluksiz ravishda qo’llanilib kelinadi.
Shaxsda namoyon bo’layotgan Hissiyot asta-sekin jadallashib borgani evaziga u ruhiy kechinma sifatida mustashkamlanib qolishi mumkin. Masalan, jahon xalqlarida yer kurrasining u yoki bu joylarida qo’poruvchilik ko’rinishlariga jirkanch nazar bilan qarash tuyg’usi uyg’ongan bo’lsa, keyinchalik terrorizmga (lotincha terror kuch ishlatish bilan qo’rqitish demakdir) shafqatsiz kurash, nafrat umumiy militarizmga (latincha militaris harbiylashtirish ma'nosini anglatadi) yo’naltirildi. Xalqlarda narkotik (yunoncha harkotikos miyani aynitadigan) moddalarga nisbatan jirkanch tuyg’usi kuchayib borishi, dinamikasi sababli narkobiznesga (inglizcha business foyda degani)bilan ayovsiz kurash insoniyat genini (zotini) buzilishiga yo’l qo’ymaslikka o’sib o’tdi. Shaxs kechirayotgan His-tuyg’ular mazmundor, aks ettirilayotgan hodisalarrang-barang, o’zaro ta'sirlar, aloqalar, munosabatlar serqirra, ko’pyoqlamalik xususiyat kasb etsa, u holda Hissiyot dinamikasiga puxta negiz shozirlaydi.
Lekin shuni ham ta'kidlash ma'qulki, Hissiyot dinamikasi har xil kechishi, uning xususiyati, yo’nalishi biroz o’zgarishi mumkin. Chunki Hissiyot bir yo’nalishda kuchayib borish bilan bir qatorda uning susayishi, shatto so’nib borishi, shaddan tashqari zaiflashuvi ham kuzatiladi. Masalan, intizomni buzgan xodimni "shaydash" bilan qo’rqitish emosional ta'sirini yo’qotadi, agarda biror jazo chorasi qo’llanilmasa, mabodo talabani dars qoldirishi po’pisa qilish bilan cheklansa, unda qo’rqinch ruhiy holati yo’qoladi. Ana shunday hodisalar va nomutanosibliklarning takrorlanishi sababli emosional moslashuv (adaptasiya) jarayoni vujudga keladi, demak, Hissiyotda o’zgarish sodir bo’lmaydi. Agarda Hissiyot ob'ektining (narsa, hodisa, holat kabilarning) mazmuni, ma'nosi shaxsda qiziqish uyg’ota olmasa, bunday holda emosion to’yinish yuzaga keladi, oldin qiziq tuyulgan narsa keyinchalik zerikarli, yoqimsiz, noxush kechinmalar shosil qila boshlaydi. Shaxs bir necha marta surunkasiga axborot, qo’shiq, shangoma eshita bergach, unda shayajonlanish, roshatlanish, kayfiyat ko’tarilishi paydo bo’lmaydi, aksincha insonda zerikish Hissi uyg’onadi, ularni eshitish esa jashl chiqazadi. Shuning uchun xosh ma'lumot, xosh yumor bo’lishdan qat'i nazar yangilik alomatlarisiz insonda qiziqish yo’qoladi.



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə