Ўzbekiston respublikasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/39
tarix11.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#109636
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob

VIII BOB 
 
XAYOL 
 
1. Xayol to’qrisida umumiy tushuncha 
Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri shisoblanib, u 
insoniy ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega 
bo’lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning shal qilinishida ishtirok 
etadi. Agarda xayolni genetik jishatidan kelib chiqishi tashlil qilinadigan bo’lsa, u 
albatta insonning meshnati mashsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks 
ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish mumkin emas, chunki fikri 
muloshazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi. 
Xuddi shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya'ni 
kutilmagan tasavvur obrazlari yaratiladi, go’yoki bu jarayonda ijodiy faoliyatning 
modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklarning mutlaq tarkiblari 
bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi.
Odamning shar qanday izlanishli, meshnat va ijodiy faoliyatlari xayoliy 
jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi, kashfiyotning dastlabki obrazlari, tarkiblari 
aniq voqelikdan uzoq bo’lishidan qat'i nazar taraqqiyot (rivojlanish), turtkisi 
vazifasini bajaradi. Odatda xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, mushim sharti 
sifatida uning turlari atamasi nomlari bilan ifodalanadi, chunonchi badiiy, adabiy, 
ilmiy izlanishli, musiqaviy, loyishaviy, konstruktorlik. evristik (fikriy topqirlik), 
ijodiy faoliyat kabilar. Shaxs tomonidan bajarilishi, amalga oshirilishi lozim 
bo’lgan shar qanday faoliyatning mashsuli oldindan tasavvur qilinishi, yaxlit 
timsol shaklda ko’z o’ngiga keltirilishi shart.
Jashon psixologiyasida xayol insonning ijodiy faoliyatning tarkibiy qismi 
sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-sharakatning oraliq va yakuniy 
mashsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma'lumlik 
alomatlari vujudga kelsa, u sholda faoliyat rejasini qayta ko’rib chiqishni 
ta'minlaydi. Shu narsani aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, shech qachon xayol 
ijodiy faoliyat dasturining yaratuvchisi sifatida namoyon bo’lmaydi, balki uning 
ayrim o’rinlarini to’ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi, xolos.
Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u 
amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mashsulini oldindan tasavvur qilish va 
ularning timsollar atriqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Inson shaxsiy 
faoliyatida ayrim qiyinchiliklar vujudga kelsa, ularni bartaraf qilish uchun odam 


125 
o’ylanadi, fikriy obrazlarni yaratadi, ularga yangi qo’shimchalar kiritadi, xulas 
mashsulotning sifatli chiqishini, uning buyum tariqasida namoyon bo’lishini xayol 
uzluksiz ravishda ta'minlab turadi. Aytaylik, inson stul yasamoqchi bo’lsa, u eng 
avval unga oid qismlarni tayyorlaydi, shaxs xayolan uning sifatiga e'tibor beradi, 
keyin ularni yaxlitlaydi, o’zaro birlashtiradi shamda buyum shaklida 
gavdalantiradi.
Binobarin, xayol ishning shar bir bosqichida bevosita ishtirok qiladi, yo’l-
yo’lakay ko’rsatmalar, qo’shimchalar kiritib boradi.
Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada shukm suradi, ularni aks ettirish 
imkoniyatining to’laroq ro’yobga chiqishiga yordam beradi. Ayniqsa, u tafakkur 
bilan bevosita aloqada bo’ladi, xuddi shu boisdan ularning shar ikkalasi sham 
bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyatiga ega. 
Shuning uchun ular o’rtasida bir qator o’xshashliklar va ayrim farqlar mavjuddir. 
Bu sholat quyidagilarda o’z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari muammoli 
vaziyatda, masala va topshiriqlar yechish jarayonida tuqiladi; 2) yangi echim, usul, 
vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; 3) xayolning sham, 
tafakkurning sham paydo bo’lishi shaxsning eshtiyojlariga bevosita boqliq; 4) 
eshtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi, uning natijasida 
vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tuqiladi; 5) xayolda oldindan aks ettirish 
jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida vujudga kelsa, tafakkurda ular 
umumlashmalar, tushunchalar.
Tasavvurlar bilan tushunchalarning o’zaro uyqunlashuvi ikkita ijodiy 
xususiyatli bilish jarayonlarining shamkorlikdagi ijodiy faoliyatida bir davrning 
o’zida qatnashishni birdiradi. Faoliyatning tarkibiy qismlari ularning qanday 
amalga oshirilishi to’qrisidagi yaqqol obrazlarni uzviy boqlanib ketgan fikriy 
muloshazalarning qo’shilishi tufayli sharakatchanlik imkoniyatiga ega bo’ladi.
Xayol jarayoni tafakkurdan farqli o’laroq muammoli vaziyatning 
ma'lumotlari qanchalik noaniq bo’lsa, shunchalik ta'savur obrazlari yaralishi uchun 
qulay imkoniyat tuqiladi, uning mexanizmlari tezkorlikda ishga tushadi. Masalan, 
yozuvchining xayoli asar qashramonlarining taqdiri bilan uzviy boqliq bo’lib, 
konstruktor, mushandis, me'mor kabi mutaxassislarga qaraganda nishoyat darajada 
katta noaniqliklarga ega, voqelikdan tubdan uzoq fantaziya olamida obrazlar, 
chizqilar, badiiy to’qimalar yaratadi. Ma'lumki, aniq dunyoviy fanlarning 
qonuniyatlariga 
qaraganda 
insonning 
psixikasi, 
uning 
xatti-sharakatlari 
qonuniyatlari murakkab va yetarli darajada ma'lumotlarga ega emas. Xuddi shu 
boisdan bosh miya katta yarim sharlari funksiyasining qariyb uchdan bir qismini 
ilmiy dalillar asosida tushuntirib bera olishimiz mumkin, xolos.
Muammoli vaziyat o’zining xususiyatiga ko’ra bir davrning o’zida sham 
xayolning, sham tafakkurning ishtirok etishini taqozo qiladi. Agarda muammoning 
echimi, masalaning sharti aniq bo’lsa, bu sholda tafakkurning ishtiroki ustuvorlik 
qiladi, mabodo noma'lumliklarning miqdori ko’payib ketsa, u taqdirda xayol yoki 
fantaziya yetakchi rol o’ynay boshlaydi. Muammo yechimining turli usullari, 
ularning invariantlari, muayyan qonunlari, qoidalari ta'riflari mavjud bo’lgan 
taqdirda faoliyat tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi.


126 
Xayolning eng ashamiyatli tomoni shundan iboratki, u tafakkur predmetiga 
taalluqli sholatlardagi etishmovchilikda sham u yoki bu yo’l bilan muammoli 
vaziyatdan yengilroq chiqib ketishga mushim zamin shozirlaydi. Insonda mavjud 
narsalarning 
ichki 
tuzilishi, 
uning 
rivojlanishi, 
o’zgarishi to’qrisidagi 
ma'lumotlarning yetishmasligi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat 
qiladi. Biosfera va neosferada insoniyat uchun noma'lum o’rganilmagan soshalar 
mavjud ekan, demakki, xayol uzluksiz ravishda o’z funksiyasini bajaraveradi, 
shuning uchun xayolning qaysi turi shukm surayotganligidan qat'i nazar u ijobiy 
shodisa sifatida basholanishi lozim. Chunki, xayol insonning aqliy zo’r berishda, 
stress, affekt sholatlarida asab tizimining tangligidan xalos etib, tana a'zolari 
funksiyasini tiklaydi, ishchanlik qobilyatini barqarorlashtiradi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə