Ўзбекистон республикаси


“ Pedagogik qobiliyatlarni aniqlash ” mavzusidagi



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə19/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28

6.2.“ Pedagogik qobiliyatlarni aniqlash ” mavzusidagi

amaliy mashg‘ulotning texnologik kartasi
xaritasi

Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni


Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi

Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.

Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o‘quv bilish topshirqlarini ishlab chiqadi.

Samarali ichki guruhlar ishini ta’minlovchi guruhlar uchun- yozma yo‘riqnomalarni tayyorlaydi.

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.






1. O‘quv mashg‘ulotiga kirish bosqichi

(10 daq)

1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning axamiyatliligi va dolzarlabligini asoslaydi.

1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so‘rov o‘tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi .

1.3. Ish guruhlarda o‘quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi .


Savollarga javob beradilar.

2. Asosiy bosqich

(55 daqiqa)




2.1. Talabalarni 5-ta kichik guruhga bo‘ladi va guruhlarda hamkorlik asosida ishlash usuli qoidalari bilan tanishtiradi .

2.2.. Har bir guruh alohida metodikalar bilan ishlab so‘ngra bir-birlarining natijalariga ham e’tibor qaratadilar.

2.3. Mavzular asosida berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi. Faol ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi.


Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Topshiriqlar bo‘yicha ishlaydilar.

Tinglaydilar.



3–YAkuniy bosqich

(20 daqiqa)





3.1.O‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.

3.2. Mavzular maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini tahlil qiladi va o‘zlashtira olmagan joylarini qayta o‘qib chiqishni tavsiya etadi.


Tinglaydilar.





Pedagogik qobiliyatlarni aniqlash testi bo‘yicha savolnoma.
Quyidagi savollar berilgan bo‘lib, sizdan ularning xar biriga “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob berishingiz so‘raladi. Javoblaringizni savol raqami oldida qo‘yiladigan belgilaringiz bilan aniqlanadi. “Xa” javobiga “+” belgisini qo‘ying.

  1. Doimo muloqotda bo‘lib turadigan do‘stlarinigiz ko‘pmi?

  2. do‘stlarinigizni o‘z fikringizga ishontira olishning uddasidan tez-tez chiqib turasizmi?

  3. O‘rtoqlaringizda biror bir ko‘ngilsizlikni xis qilib yurasizmi?

  4. Mavjud qiyin ahvollara doimo to‘g‘ri yo‘l topib ketishingiz qiyinmi?

  5. Xilma-xil odamlar bilan yangi tanishuvlarga intilasizmi?

  6. Ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullanishni yoqtirasizmi?

  7. Sizga kitoblar bilan yoki u-bu ish bilan mashg‘ul bo‘lish, odamlar orasida vaqtni o‘tkazishga nisbatan ma’qulroqmi?

  8. O‘z xohishingizni amalga oshirayotganingizda to‘siqlar paydo bo‘lib qolsa, o‘z intilishingizdan tezda voz kechasizmi?

  9. YOshi sizdan ancha katta bo‘lgan odamlar bilan tezda kirishib keta olasizmi?

  10. Har xil o‘yinlarni o‘ylab topish va tashkil etishni yaxshi ko‘rasizmi?

  11. O‘zingiz uchun yangi bo‘lgan do‘stlar yoki mehmonlar davrasiga qo‘shilishda qiyinchilik sezasizmi?

  12. Bugun qilish mumkin bo‘lgan ishlarni tez-tez keyingi kunlarga o‘tkazasizmi?

  13. Noma’lum kishilar bilan muloqotga kirishishingiz osonmi?

  14. Sizning tanish-bilishlaringiz Siz o‘ylaganday xatti-xarakatlar qilishlariga ishonasizmi?

  15. YAngi kollektivga moslashishda qiyinchilik sezasizmi?

  16. Sizda boshqa odamlar bilan ularning o‘z so‘zlari ustidan chiqmaganliklari, o‘z majburiyatlari va ma’suliyatlarini bajarmaganliklari yuzasidan xech qanday kelishmovchiliklar bo‘ladimi?

  17. Imkon bo‘lsa, boshqa kimsa bilan tanishishga intilasizmi?

  18. Muhim ishlarni xal qilishda ko‘pincha tashabbusni o‘z qo‘lingizga olasizmi?

  19. Atrofingizdagi odamlar sizning g‘ashingizga tegsa, o‘zingiz yakka qolgingiz keladimi?

  20. Odatda, o‘zingizga noqulay bo‘lgan sharoitda yo‘l topib ketasizmi?

  21. Xar xil odamlarning orasida bo‘lish sizga yoqadimi?

  22. Boshlangan ishingizni oxirigacha etkazmasangiz achinasizmi?

  23. Boshqa odam bilan tanishuv vazifasi oldingizda turgan bo‘lsa, u xolda qiyinchilik yoki uyalish xollarini xis qilasizmi?

  24. Atrofingizdagilar bilan ko‘p muloqotda bo‘lganligingizdan charchab qolasiz, deb tasdiqlash to‘g‘rimi?

  25. Ko‘pchilik bo‘lib o‘ynaydigan o‘inlarda ishtirok etishni yaxshi ko‘rasizmi?

  26. Boshqa odamlarning shaxsiy xayotiga aloqador masalalarni xal qilishda qatnashishga ko‘p xollarda tashabbus ko‘rsatasizmi?

  27. Siz yaxshi taniydigan odamlar orsida o‘zingizni ishonchsizroq tutasiz, deb aytish mumkinmi?

  28. O‘zingizni xaqligingizni isbotlashga doim ham xarakat qilavermaysiz, deb ta’kidlash mumkinmi?

  29. O‘zingizga kamroq tanish bo‘lgan do‘stlar guruhida ham qiziq suhbat olib borishingizga ishonchingiz komilmi?

  30. Maktabdagi ijtimoiy ishlarda ishtirok etganmisiz?

  31. O‘z tanish-bilishlaringiz doirasini cheklashga, ularning sonini ko‘paytirmaslikka intilasizmi?

  32. Agar sizning fikringizni boshqalar qo‘llamayotgan bo‘lsa, bu fikringizning to‘g‘riligini shu zaxotiyoq isbotlashga xarakat qilasizmi?

  33. Siz kam tanish bo‘lgan do‘stlar davrasiga tushib qolsangiz o‘zingizni erkin xis qilasizmi?

  34. Tanish bilishlaringiz kirishayotgan tadbirlarni tashkil etishga tezda kirishib ketasizmi?

  35. Ko‘pchilik odamlardan iborat guruhlar oldida gapirayotganda bezovtalik va ishonchsizlik xis etasizmi?

  36. Ishga aloqador yoki shaxsiy uchrashuvlarga tez-tez kechikib turasizmi?

  37. Do‘stlaringiz ko‘p deb ta’kidlash mumkinmi?

  38. YAxshi tanish to‘lmagan odamlar bilan muloqatda bo‘lganingizda o‘zigizni ko‘pincha noqulay his etasizmi?

  39. Ko‘proq bashqa odamlarning diqqat markazida bo‘lasizmi?

  40. Ko‘pchilik odamlardan iborat davralarda o‘zingizni ishonchsizroq his etasiz, deb aytish mumkinmi?




Sinaluvchilar

Juda yuqori

YUqori

O‘rta

O‘rtadan past

Past





































7.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 20-30 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Amaliy mashg‘ulot

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Odamning psixik holatini baholash mavzusiga kirish.

2.Avval egallangan bilimlarni mustahkamlash.

3.Ma’ruza matnini tarqatish.

4.Taqdimot texnologiyasi asosida ma’ruzani taqdim etish.

5.Mavzuning asosiy tushunchalarini aniqlashtirish.

6.Mavzuni yakunlash.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda bilish faoliyati diagnostikasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

  1. Kasbiy faoliyatdagi psixik holat turlari haqida ma’lumot berish.

  2. Monotopiya holati bilan tanishtirish.

  3. Ekstremal holatlarda emotsional barqarorlikni oshirish yo‘llarini topish ko‘nikmasini shakllan-tirish.




O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Kasbiy faoliyatdagi psixik holat turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.

  2. Monotopiya holati bilan tanishadilar.

  3. Ekstremal holatlarda emotsional barqarorlikni oshirish yo‘llarini topish ko‘nikmasi shakllanadi.




Ta’lim metodi

Munozara, suhbat,tezkor-so‘rov


Didaktik vositalar

O‘quv qo‘llanma, proektor, flipchart, markerlar.


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya


Nazorat

Og‘zaki nazorat: savol-javob


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə