Ўзбекистон республикаси


Javoblar blankasini to‘ldirishga doir yo‘riqnoma



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə26/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

Javoblar blankasini to‘ldirishga doir yo‘riqnoma


Deylik, siz tegishli yo‘nalishda ta’lim olganingizdan keyin har qanday ishni bajara olasiz. quyida taqdim etilgan kasblar juftidan siz o‘zingizga eng ma’qul kelganlarini tanlang (kasblarni qobiliyat va imkoniyatingizdan kelib chiqqan holda tanlang). Kasb nomi qatorida qavsda kod ko‘rsatilgan Javoblar blankasida tanlangan kasb kodi qarshi- siga «Q» ishorasini qo‘ying (kasblar ro‘yxatiga qarang).

O‘quvchilarning qiziqishi kasb kodlari bo‘yicha to‘plangan «Q» lar soniga qarab baholanadi. Afzal sanalgan kasb turlari yoki «kasbiy muhit turi» ikki-uchtani tashkil etishi mumkin.



Kasbiy toifalar

1. Realist yoki amaliyotchi. Ushbu toifadagi kasb egalari aniq masalalar bilan mashg‘ul bo‘ladi va aniq narsalardan foydalanadi. Ular chaqqonlik va jismoniy kuchni talab etuvchi mashg‘ulotlarni yoqtiradi. Asosan amaliy mehnat qilishni va o‘z faoliyatda natijaga tez erishishni afzal bilishadi.

Intellektual sohada ko‘proq matematik qobiliyatga ega. Ularda odamlar bilan muloqotga kirishish, o‘z fikrlarini erkin bayon etish qobiliyati ancha sust rivojlangan bo‘ladi.

Bu toifadagi odamlar ko‘pincha mexanik, elektrik, muhandis, agronom, bog‘bon, qandolatchi, oshpaz bo‘lib ishlashni ma’qul ko‘radilar va aniq vazifalarni hal etishni, ko‘p harakatlanishni, tirishqoqlikni taqozo etuvchi, texnika bilan bog‘liq kasblarni tanlaydi. Ular faoliyatida muloqotga kirishish etkachi o‘rin egallamaydi, ularning faoliyati ko‘proq ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.

2. Intellektual. Bu toifadagi kasb egalari boshqa kishilardan masalalarni chuqur tahlil qilishi, oqilona ish yuritishi, mustaqilligi va o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib tursalar-da, lekin ular ijtimoiy me’yorlarga qa’tiy amal qilishga unchalik moyil emaslar.

Ularda matematikaga bo‘lgan qobiliyat yaxshi rivojlangan, ular o‘z fikrlarini juda yaxshi bayon eta oladi, mantiqiy va mavhum masalalarni echa biladi.

Bu toifadagi insonlar ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi, ya’ni ijodiy qobiliyat va nostandart fikrlashni talab etuvchi kasblarni afzal bilishadi: botanik, fizik, faylasuf, dasturchi va boshqalar.

3. Ijtimoiy. Ushbu toifadagi kasb egalari insonparvar, hissiyotli va faol shaxslar bo‘lib, ijtimoiy me’yorlarga ko‘proq amal qiladi. Ular o‘zgalarga hamdard bo‘la oladi, boshqalarning ichki kechinmalarini yaxshi tushunadi va ularning qalbiga yo‘l topa oladi. Odamlar bilan oson muloqotga kirishadi, o‘z fikrlarini bayon etishda qiynalmaydi.

Ularda matematikaga bo‘lgan qobiliyat ancha sust rivojlangan. Bu toifadagi insonlar faoliyati asosan boshqa kishilar bilan hamkorlikda ishlash, odamlarga ta’lim berish va ularning xulq-atvorlarini nazorat qilishga qaratiladi. Ular asosan ta’lim, davolash, xizmat ko‘rsatish sohalarida va odamlar bilan doimo munosabatda bo‘lishni talab etuvchi boshqa yo‘nalishlarda xizmat qiladi.



4. Konvensional yoki standart. Bu toifadagi kasb egalari amaliy faoliyatni, aniqlikni yoqtiradi. Ular ijtimoiy me’yorlarga amal qiladi, o‘ylagan ishini oxiriga etkazmasdan qo‘ymaydi, tirishqoq va shiddatli va baquvvat bo‘ladi. Belgilar olamiga qiziqadi, ko‘pincha tevarak-atrofning xususiyatlarini belgilar tizimida ifodalay oladi. Ular aniq faoliyat yo‘nalishini afzal biladi, maqsad va vazifalarni shart-sharoitga qarab belgilaydi. Ularning kasbiy faoliyati asosan idora va hisob-kitob ishlari, hujjatlar tuzish va ularni rasmiylashtirish, sonlar, shartli belgilar tizimi o‘rtasidagi miqdoriy va sifatiy munosabatlarni aniqlash bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi; ular hisobchi, agent, notarius, topograf, korrektor bo‘lib faoliyat ko‘rsatishni, shartli belgilar, raqamlar, formulalar, matnlar tarzda berilgan axborotlarni qayta ishlashni ma’qul ko‘radilar.

Faoliyatning bunday turlarida muloqot sohasi ancha cheklangan. Ularda kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyati sust, ammo ijrochilik sifatlari yaxshi rivojlangan.



5. Uddaburon. Bu toifadagi kasb egalari topqir, amaliyotchi, murakkab sharoitlarda tez yo‘nalish ola biladi, mustaqil qarorlar qabul qilishga, ijtimoiy faollik ko‘rsatishga, etakchilik qilishga moyil, sarguzashtlarga juda qiziqadi. Ularda boshqalar bilan muloqot qila bilish qobiliyati kuchli rivojlangan bo‘ladi.

Diqqat-e’tibor va sabr-toqatni talab etadigan ishlarga xohishlari yo‘q. Ular tashkilotchilik qobiliyatini, kuch-qudratini namoyish etishga imkon beradigan faoliyat turlarini afzal bilishadi. Tovarshunos, direktor, jurnalist, telereportyor bo‘lib ishlash va har xil sharoitlarda turli toifadagi odamlar bilan muloqot qilishni, boshqarishni, rahbarlik qilishni talab etuvchi kasblar ana shunday faoliyatni taqozo etadi.

Bunday toifadagi kasb egalari odamlarga o‘z e’tiqodi bilan ta’sir ko‘rsata oladi. Ular har doim o‘z ishlaridan qoniqmaydilar.

6. Artistik. Ushbu toifadagi kasb egalari o‘ziga xos, mustaqil qaror qabul qiladi, kamdan kam hollarda ijtimoiy me’yorlarni qo‘llab-quvvatlaydi va ma’qullaydi, hayotda o‘z shaxsiy (ko‘pincha juda murakkab) qarashiga ega, xayollari yuksak, tez fikrlaydi, yuqori hissiy sezgirlikka ega.

Atrofidagi shaxslar bilan o‘z sezgisi, his-tuyg‘usi, tasavvur va intuitsiyasiga asosan munosabat o‘rnatadi. YAxshi reaksiyaga, munosabat o‘rnata olish va idrok etish qobiliyatiga ega. Boshqalar bilan muloqotga kirisha olish qobiliyati ancha rivojlangan.

Ularning kasbiy mahorati ko‘p darajada aktyorlik-sahna ishlari, musiqa yaratish va ixtirochilik faoliyati bilan uzviy bog‘liq.



12.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli


Mashg‘ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 20 -25 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot



Amaliy mashg‘ulot rejasi

1. Lyusher metodikasi haqida tushuncha.

2 Lyusher metodikasini o‘tkazish tartibi.

3.Metodika natijalarini taxlil qilish.




O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Semantik differensial metodikasining o‘tkazish usullarini o‘rgatish.

Pedagogik vazifalar:

1. Lyusher metodikasi testi haqida tushuncha berish.

2. Lyusher metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish.

3. Metodika natijalarini taxlil qilish.



O‘quv faoliyati natijalari:
1. Lyusher metodikasi haqida tushuncha beradilar.

2. Lyusher o‘rganish metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishadilar.

3.Metodika natijalarini taxlil qiladilar.


Ta’lim berish usullari

Munozara, suhbat,tezkor-so‘rov


Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, guruhlarda ishlash:



Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proektor, flipchart, markerlar.


Ta’lim berish sharoiti

Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya


Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: savol-javob


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə