Ўзбекистон республикасининг қонуни


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV



Yüklə 172,5 Kb.
səhifə2/3
tarix11.10.2023
ölçüsü172,5 Kb.
#126876
1   2   3
184 куткарувчи макоми

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008 yil 26 dekabr,
O‘RQ-195-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori

QUTQARUV XIZMATLARI VA QUTQARUV TUZILMALARINI FAVQULODDA VAZIYaTLARNI BARTARAF ETIShGA JALB QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


«Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A.Xo‘jaev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV


Toshkent sh.,
2010 yil 5 yanvar,
2-son

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil


5 yanvardagi 2-son qaroriga
ILOVA
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga muvofiq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qutqaruv ishlarini (keyingi o‘rinlarda «qutqaruv xizmatlari» deb ataladi) amalga oshirishga qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini jalb qilish sohasida huquqiy tartibga solishni belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qutqaruv xizmatlarini jalb qilish — qutqaruv ishlarini amalga oshirishda boshqaruv organlarining, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarning qatnashishini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar — bu qutqaruv ishlarini har tomonlama ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholiga tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish, odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun eng kam zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish, ularning ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbari — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etilgan kuchlar va vositalarga bevosita rahbarlik qiladigan hamda o‘z vakolatlariga muvofiq ularning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradigan mansabdor shaxs;
favqulodda vaziyatni bartaraf etish shtabi — favqulodda vaziyatning xususiyatini baholash, uni lokalizatsiya qilish va bartaraf etish, bevosita ofat yuz bergan tumanda aholi, hududlar va atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbarining qarori bilan tashkil etiladigan organ.
II. Qutqaruv xizmatlarini jalb qilish tartibi
3. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish:
xizmat ko‘rsatilayotgan ob’ektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan va ularning ko‘lami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda;
mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
4. Yirik ko‘lamli tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch qutqaruv ishlarini bajarish va jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muhandislik—sapyorlik bo‘linmalari, kimyoviy himoya bo‘linmalari va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi va harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
5. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish vakolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlarning, shu jumladan jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari qarori bilan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ob’ektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganligi darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar majburiy tartibda ko‘rilishi bilan birga olib borilishi kerak.
6. Qutqaruv xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
III. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish
7. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan qutqaruv xizmatlari ishiga rahbarlik qilish va ularning o‘zaro hamkorligini tashkil etish favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish:
lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ob’ektlarning rahbarlari tomonidan;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Qutqaruv xizmatlarini jalb etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarining vakolatlari:
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
10. Odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid bo‘lganda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari mustaqil ravishda quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqlidir:
evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida;
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi ob’ektlarda va hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish to‘g‘risida;
favqulodda vaziyatlar zonalariga kirishni cheklash to‘g‘risida;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun favqulodda vaziyatlar zonalaridagi tashkilotlarning moddiy resurslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish to‘g‘risida;
shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek qutqaruv ishlari olib borishga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, mazkur tuzilmalar tarkibiga kirmagan qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb qilish to‘g‘risida;
qutqaruvchi bo‘lmagan ayrim fuqarolarni kechiktirib bo‘lmaydigan qutqaruv ishlarini olib borishga ixtiyoriylik asosida jalb qilish to‘g‘risida;
favqulodda vaziyatlar ko‘lamining kengayib borishi va ularni bartaraf etish ishlarining borishi taqozo etgan boshqa zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida.
11. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari qutqaruv ishlarini bajarishga:
lokal favqulodda vaziyatlarda — favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan joydagi tashkilotlar yoki ob’ektlarning qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining shaharlar va tumanlar hududiy kichik tizimlarining yig‘ma qutqaruv tuzilmalarini;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududida favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy kichik tizimlarining qutqaruv xizmatlarini;
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududida favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hududiy kichik tizimlarining qutqaruv xizmatlarini jalb etish huquqiga ega.
12. Agar favqulodda vaziyat ko‘lamlarini mavjud kuch va vositalar bilan lokalizatsiya qilish va bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbari yordam so‘rab davlat yoki xo‘jalik boshqaruvining yuqori organiga yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyat tasnifini hisobga olgan holda zarur yordam ko‘rsatishi yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qilishni o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organiga murojaat qiladi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari yetarli bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuchlari va vositalari jalb etiladi.
13. Favqulodda vaziyatlarning xususiyatlarini baholash, ularni lokalizatsiya qilish va bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, bevosita ofat yuz bergan tumanlarda aholi, hududlar va atrof tabiiy muhitni himoya qilish uchun tegishli rahbarlarning qarorlari bilan operativ shtablar tashkil etilishi mumkin. Operativ shtablarning boshliqlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rahbarlarining o‘rinbosarlari hisoblanadi, ularning tarkibiga esa manfaatdor davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari kiritiladi.
IV. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish tezkor shtabining funksiyalari
14. Quyidagilar favqulodda vaziyatni bartaraf etish tezkor shtabining funksiyalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatni bartaraf etishga jalb qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qutqaruv xizmatlari o‘zaro hamkorligini tashkil etish;
qutqaruv ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishni tashkil etish;
qutqaruv xizmatlarini qutqaruv ishlarini amalga oshirishga jalb qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qutqaruv xizmatlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
15. Shtab boshlig‘ining qabul qilinadigan barcha qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda belgilangan tartibda ijrochilarga yetkaziladi.
V. Favqulodda vaziyatni bartaraf etishga jalb qilingan qutqaruv xizmatlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish
16. Favqulodda vaziyatlarning turi va ko‘lamlariga qarab qutqaruv xizmatlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish:
respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tuzilmasida qutqaruv xizmatlari mavjud bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda;
mahalliy va ob’ekt darajasida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalar tomonidan idoraviy mansub hududlardagi tashkilotlar va ob’ektlarning qutqaruv xizmatlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
17. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan va unda qatnashadigan qutqaruv xizmatlari favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari tegishli rahbarining tezkor bo‘ysunishiga jalb qilinadi.
VI. Jalb qilingan kuch va vositalarni moddiy va moliyaviy ta’minlash
18. Ta’minlash turlari bo‘yicha hamkorlik qilish jalb qilingan qutqaruv xizmatlarining ehtiyojlarini imkoni boricha to‘liq qondirish va jabrlangan aholini zarur moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilinadi.
19. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini hamda amalga oshirilayotgan qutqaruv ishlarini moddiy va moliyaviy ta’minlashni tashkil etadilar.
Ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari ishlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
20. Qutqaruv xizmatlari favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan joyga qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ta’minlash mo‘ljali bilan butlangan malakali mutaxassislar va jihozlangan maxsus texnika, asbob-uskunalar, anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan keladilar.
21. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini moddiy va moliyaviy ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonasidagi ob’ektlar va tashkilotlarning mablag‘lari, ushbu ob’ekt va tashkilotlar mansub bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mablag‘lari, shuningdek mahalliy budjet mablag‘lari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
22. Mablag‘lar yetarli bo‘lmaganda yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘ ajratiladi.
VII. Qutqaruv ishlarini to‘xtatish
23. Qutqaruv xizmatlari qutqaruv ishlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining qarorlari asosida to‘xtatadilar.
24. Favqulodda vaziyatlarning ikkilamchi omillari yuzaga kelishi xavfi mavjud bo‘lgan ayrim uchastkalarda qutqaruv ishlarini to‘xtatish favqulodda vaziyatlarni tugatishda aholi va hududlarning xavfsizligini ta’minlash sohasida bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risida ekspert komissiyasining tegishli xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbarining qarori asosida amalga oshiriladi.
25. Ekspert komissiyasini tashkil etish, uning shaxsiy tarkibini, vazifalari va faoliyat ko‘rsatishini belgilash masalalari ro‘y bergan favqulodda vaziyat tasnifi hisobga olingan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli rahbari qarori bilan tartibga solinadi.

Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


ILOVA



Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatni bartaraf etishga jalb etish to‘g‘risida _____________________________________________________ ning‎‎

(qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan shaxsning lavozimi) ‎‎




Yüklə 172,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə