Зиёдулла Давронов


Abu Bakr (632-634), keyin  Xalifa Umar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Abu Bakr
(632-634),
keyin
 Xalifa Umar
(634-644), undan so‘ng
Xalifa Usmon
(644-656) va
Hazrati Ali
(656-661) davrlarida istilolar bo‘ldi. Ayniqsa, Usmon va Ali
davrida Kavkaz va O‘rta Osiyoga kurash boshlangan. Arab istilochilari VII
asrning 70 yillarida Eronni bosib olib, O‘rta Osiyoga hujumni boshladilar.
Arablar (Movarounnahr – ikki daryo o‘rtasidagi yerlar) avval bosqinchilik
hujumlarini qildilar, keyinroq VIII asr boshlarida va VIII asr o‘rtalarigacha
O‘rta Osiyoni to‘la bosib olganlar. Movarounnahrda ularga qarshi Muqanna,
Sumbod Mug‘, G‘urak va boshqa sarkardalar qo‘zg‘olon ko‘targanlar.
Bosqinchilik natijasida: mahalliy madaniyat, falsafa, mahalliy dinlar,
ma’naviy qadriyatlar cheklangan, inqirozga yuz tutgan.
Islom dinining asosiy manbasi ya’ni,
birinchisi Qur’on
dir: unda
islom aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalar o‘z ifodasini
topgan. Islom an’anasida Qur’on Olloh tomonidan Muhammadga 22 yil
davomida farishta Jabroil orqali nozil qilingan (uqtirilgan). Vahiylar
Muhammad davrida tizimli yozib olinmagan, balki Abu Bakr davrida
yozilgan. Buni Muhammadga kotiblik qilgan Zayd ibn Sobit amalga
oshirgan. 632 yil oxirida Qur’onning matni tayyor bo‘lgan. Manbalarda u
«Suxuf» (sahifalar) deb yuritilgan. Ular o‘rtasida tafovutlar ham bo‘lgan.
Xalifa Usmon Zayd ibn Sobitga Qur’onning matnlarini taqqoslashni va


73
yagona to‘plam tuzishni buyurgan. Bu to‘plam «mushad» degan nom olgan.
Usmon boshqalarning «Suhuf»ini yo‘qotishga buyruq bergan. Yangi
to‘plamning asl nusxasi (ayrim ma’lumotlarga qaraganda VII asrda)
ko‘chirtirilib, Kufa, Basra, Damashq va boshqa shaharlarga yuborilgan.
Qur’ondagi tafovutlarni yo‘q qilish uchun unga arab yozuvidagi xos
belgilar qo‘yib chiqilgan. «Mushaf»dan ko‘chirilgan eng qadimiy 4 ta
nusxasi hozirgacha saqlanib qolgan. Ulardan biri Toshkentda, O‘zbekiston
musulmonlari diniy boshqarmasida saqlanadi. Qur’on 114 suradan iborat
bo‘lib, har sura oyatlarga bo‘lingan. Suralar nomlangan. Masalan, 1-sura
«Fotiha», 2-sura «Baqara» va h.k. Suralar 610-622 yillarda Makkada (90
sura), 622-632 yillarda Madinada (24 sura) nozil etilgan.
Qur’onning asosiy g‘oyasi yakka xudolikdir. Ya’ni, Olloh
to‘g‘risidagi ta’limotdir. Shu bilan bog‘liq holda unda payg‘ambarlar, oxirat,
taqdir va boshqa aqidalar bayon qilingan. Islom dinining asosiy talabi:
e’tiqod, namoz, ro‘za, zakot, haj. Qur’onda musulmonlarning falsafiy va
axloqiy, huquqiy qarashlari o‘z aksini topgan. XII asrda Yevropaning ba’zi
xalqlari tillariga tarjima qilingan. XVIII asrda esa Yevropaning ko‘pgina
tillariga, jumladan, rus tiliga 1878, 1894, 1907 yillarda tarjima qilingan.
Islom dinining

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə