Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

bag‘rikenglik
-
turli-tuman jarayonlardagi
birlikdir. Bag‘rikenglik, ma’naviy sohadagina emas, balki, siyosiy,
huquqiy, demokratik yo‘nalishlarni ham qamrab oladi. Bag‘rikenglik,
tinchlikni ta’minlovchi, urushlarni, barcha kelishmovchiliklarni yo‘q
qiluvchi, haqiqiy tinchlik madaniyatiga yetaklovchi jarayondir.
Diniy bag‘rikenglik xalqaro vaziyatni sog‘lomlashtirishga, yangicha
yondashishga yordam beradi. Din esa ijtimoiy ong sifatida inson faoliyatini
qamrab oladi. Bag‘rikenglik ijtimoiy ong mazmuniga tobora insoniy
mohiyat kasb eta borishi, shaxsning haq-huquqlari barqarorligiga erishishi,
makonda mehr-shafqat, odamiylik tamoyillarini takomillashuviga yordam
beradi. Bag‘rikenglik insonning o‘z-o‘zini asrashiga ko‘maklashadi.
Bag‘rikenglik keng ma’noda barcha xalqlarning yashash uchun
kurashish huquqining tasdiqlanishi bilan ob’yektiv ravishda bog‘liqdir.
Dunyo hamjamiyati kuch va zo‘rlik, yakka hokimlikni zaiflashtirish
yo‘llarini izlab keladi. Asrlar davomida insonlar bag‘rikenglikning haqiqiy
poydevorini topishga intilib keldilar. Bu sohada diniy manbalarga murojaat
qildilar. Chunki odamlar o‘rtasida barqarorlik jihatlariga ehtiyoj tug‘iladi.
Barqarorlik muvozanat sharoitidagina alohida shaxs, xalq erkin ma’naviy
shakllanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Diniy bag‘rikenglikni takomillashtirish
mamlakatlar o‘rtasida, mintaqalar va butun dunyo hamjamiyati miqyosida
do‘stona munosabatlarni qaror toptirishning muhim omilidir. Shu sababli
ham O‘rta Osiyoning o‘rta asr mutafakkirlari aynan diniy bag‘rikenglik


76
haqida ilmiy fikrlarni aytib ketganlar. Endilikda tarjima qilinib, xalqimizga
tortiq etilayotgan adabiyot, ilmiy manbalardan o‘qib xulosa qilamizki,
bag‘rikenglikning falsafiy jihatlari har bir shaxs, har bir xalqqa taalluqlidir.
Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar», «Hindiston», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig»,
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Alisher Navoiyning
«Xamsa», «Holati Sayyid Hasan Ardasher», «Mahbub ul-qulub», Boburning
«Boburnoma», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» va boshqa asarlarida
muammoning yechimiga oid ibratli fikrlar bor.
Diniy bilimlar, dunyoviy bilimlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi
bag‘rikenglikni taqozo etadi. Ayniqsa, buyuk muhaddislar hadislar
to‘plashda bu jarayonlarga e’tiborni qaratganlar. Jumladan,

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə