Зиёдулла Давронов


Bilishning asosiy tayanchlari va pog‘onalari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Bilishning asosiy tayanchlari va pog‘onalari
.
Tasavvufda bilishning
ikki tayanchi bor: 1) Qur’on – g‘oyaviy yo‘l ko‘rsatkich, 2) Shu ko‘rsatkich
yordamida odam bilimini oshirib borishligi, maorifi. Darhaqiqat, tasavvufda
bilim, e’tiqod, nur tushunchalari bir-biriga aynan yaqin. F. Rauzental
ta’kidlaydi: “Bilimni, aqlni nur bilan tenglashtirish qadim zamonlardan
islomga o‘tgan”.


89
Bilishning pog‘onalari
.
A) odamning xatti-harakati ko‘r-ko‘rona emas,
balki bilib olingan yo‘l bo‘yicha davom ettiriladi. Bilmasdan ish
boshlamaslik kerak, deyilgan nazlga itoat qilmoq lozim, B) odam o‘zini,
do‘st va dushmanini bilishi kerak, V) Ollohni bilishga harakat qilishda
Ollohning nima mumkin, nima mumkin emas, deganini esdan chiqarmaslik
kerak, nazariy bilim amaliy bilim bilan birgalikdagina ma’rifatni tashkil
qiladi.
Bilim hammavaqt o‘zining ma’lum holatiga ega
.
Bilimning o‘zgarishi
holatning o‘zgarishidir. Uyqu – bilimsiz holat. Uyg‘onganda bilim namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun gunohkor o‘zini poklaganidan keyingina bilimli,
deyish mumkin. O‘lik odam emas, tirik odam bilimli bo‘ladi. Yoki bilish
yordamida tirilish mumkin. Oddiy odamning ogoh holatiga qaraganda
sufiyning tushi afzaldir.
Odamning bilimli bo‘lish niyati bo‘lsa, avvalo shu haqda niyati
izchil bo‘lmog‘i lozim
.
Niyat qalbdan bo‘lishi kerak. Niyatni amalga
oshirish uchun ruh ixtiyori bilan intilib harakat qilishni talab qiladi.
Bilimdonlik ichki dunyoning
pokligidir. “Dindorning ichki holati
tashqi xatti-harakatiga mos bo‘lishi kerak”. Nafs kamchiliklaridan xalos
qilish niyatini faqat bilim, Ollohdan qo‘rqishgina uddasidan chiqadi.
Odam xudoni bilish uchun o‘z-o‘zini bilishi kerak ekan, o‘z-o‘zini bilish
o‘zi haqida axborot yig‘ishigina emas, balki ayni paytda emotsional o‘zgarib
borib nopok xususiyatlardan tozalanish, shu yo‘sinda dunyosini boyitib oliy
bilishga o‘tiladi. O‘z-o‘zini, shuningdek tabiatni bilish – bu odamning
o‘ziga, qobiliyatiga, niyatiga, xatti-harakatiga va sharoitiga bog‘liq. Bu –
Ollohni bilishning, oliy bilish yo‘lining bir qismidir. Ya’ni substratidir. Shu
substratga tabiat bilimlaridan tashqari arifmetik bilimlar, huquq bilimlari, har
xil ilmiy munozaralar kiradi.
Odam o‘zini bilmasa yashay olmaydi. Bu oddiy turmush taqozosi. Agar
bunga qo‘shimcha ravishda, Ollohni bilsang, avvalo qalbing farog‘atda
bo‘ladi. Bunday qalb seni yuksaklikka ko‘taradi. Va aqling yanada ravon
ishlaydi hamda shu tarzda davom etaversang, biliming va ongging


90
boshqalarga nur baxsh etadi. Borgan sari Ollohga yaqinlashib borasan, deb
ta’lim beradi tasavvuf.
Aql
. Gap aql haqida ketar ekan, tasavvufda aytiladi:
1) aql – Olloh tomonidan berilgan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatkich;
2) aql ham pog‘onalidir: zaiflik va kamchilik, baland-past bo‘lishi
mumkin, umumiy zaifligi – Ollohni to‘la bila olmasligi;
3) aql-zakovat – yuksak ruhning javhari, substansiyasi, xazinasi, tili;
4) aql – ruhning yuksak darajada namoyon bo‘lishi;
5) aql – intellektual markaz, u ikki xil namoyon bo‘ladi: a) quyi
pog‘onada tashqi tomonga qaratilgan, b) yuqori pog‘onadagi ichki ko‘rinish
/“baspra”/. Bunday odamlar ko‘p emas. Ular shariat nuri bilan sug‘oriladi.
Tasavvuf o‘z-o‘zini bilishda aql, ruh, nur munosabatlarini shunday
bayon etadi: ruhdan aql nuri chiqadi. Aql nurida barcha bilimlar shakllanadi.
Nur a) pastga qarab nafsga tushadi, yaratilganni parchalaydi, osoyishtalikni
buzadi, nojo‘ya ish qiladi, b) yuqoriga qarab ko‘tariladi, to‘g‘rilanadi, yurak
ruhga madad beradi, Ollohga yaqinlashish yo‘li imkoniyatini topadi, endi
yaratuvchi nimani yaratgani bilinadi.
Sufiy hech vaqt o‘zini o‘rganishni tark etmaydi. Ruhni bilish bilan
Ollohni bilish orasidagi aloqa doimiydir. O‘zimni bildim deyish - Ollohni
bildim, deyishdir. Kechani bilish bilan kunduzni bilish orasidagi aloqa
qanday bo‘lsa, u aloqa ham shundaydir”
1
.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə