Зиёдулла Давронов


Ijodni ifoda etish usullari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Ijodni ifoda etish usullari
Bilishda empirik va nazariy bosqichlar ham e’tirof etiladi. Empirik yoki
tajribaviy uslub ham bilish uchun muhim ahamiyatga ega. Tajribaga ega
bo‘lib, narsa va hodisalar tahlil qilinganda olingan ma’lumotlar ishonarli
bo‘ladi. Bunda sezgilarning ta’siri kuchli bo‘ladi. Sezgilar bergan
ma’lumotlarni mantiqiy tahlil qilish bilan bilimga ega bo‘linadi. Tajriba
orqali olingan bilim hayotiydir. Bu bilimni inson fan, amaliy faoliyatda
ko‘proq tatbiq etadi va qo‘llaydi. Bilimda o‘tkazilgan tajribani o‘ta
mubolag‘alashtirib ham bo‘lmaydi. Unga ham ehtiyotkorlik bilan yondashish
1
O
.Fayzullayev. Falsafa va fanlar metodologiyasi. T., 2006 y. 26-28 betlar.


91
zarur. Bilishning boshqa usullari ahamiyatini pasaytirmagan holda ularning
har biridan o‘z o‘rnida foydalanish zarur. Jumladan, bilishda
biryoqlamalikdan uzoqlashgan holda nazariy tafakkurni ham e’tirof etish
kerak. Ana shunda ijod o‘zining to‘laqonliligiga erishadi.
Nazariya deganda, u yoki bu voqelikning u yoki bu sohasini inson
tafakkurida umumlashgan holda ifodalanishiga tushuniladi
. Nazariya
falsafiy ma’noda keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda olganda
u kishilarning amaliy faoliyatidan farqli o‘laroq umuman, fan, bilim
demakdir. Nazariya amaliy faoliyat asosida paydo bo‘ladi. Nazariya tajribani
umumlashtiribgina qolmasdan, narsa va hodisalarning yangi tomonlarini
aloqa va bog‘lanishlarini ochib beradi. Shu bilan bir qatorda tomonlarni,
aloqa va bog‘lanishlarni amaliyotda ijod qilishga ko‘maklashadi.
Tor
ma’noda esa, nazariya deb qat’i muayyan shaklga ega bo‘lgan kundalik
bilim tushuniladi.
Ijodkor biron-bir narsa va hodisani bilishda uning tashqi tomonini tahlil
qilishdan boshlaydi. Uning ma’lum xossa va xususiyatlarining tamoyillarini
o‘zida qayd qiladi. So‘ngra ijod qiluvchi narsa va hodisaning (ob’yektning)
mohiyatiga chuqurroq yondasha boshlaydi. Ob’yektga taalluqli qonunlarni
ochib oladi, qonunlarning xossalarini izohlaydi. Ob’yektning ayrim
tomonlari haqidagi bilimlarni bir butun, yaxlit tizim sifatida shakllantiriladi.
Shu yo‘l bilan hosil qilinadigan mukammal, hartomonlama chuqur bilim
ichki mantiqiy tuzilishga ega bo‘lgan nazariyadir. Barcha fan nazariyalardan
iborat. Masalan: hozirgi zamon fizikasi kvantlar nazariyasi, nisbiylik
nazariyasi, elementar zarralar nazariyasi va boshqa nazariyalardan tashkil
topgan. Ta’kidlash lozimki, olam narsa va hodisalari haqidagi
nazariyalarning o‘zi ham nazariyaga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bunday
holda bu jarayon metanazariya deb ataladi. Amaliy faoliyatda nazariyalarni
bir-biridan farq qilishi muhim ahamiyatga ega.
Har qanday nazariya qanchalik haqiqat bo‘lmasin, ob’yekt haqida to‘la,
uzil-kesil, mutlaq tugallangan bilimni bera olmaydi. Taraqqiy etib
borayotgan bilim yangi dalillarni, qoidalarni ochib beraveradi. Bu dalil va
qoidalarning mohiyati, mazmuni eski nazariyaga mos kelmasdan uning


92
doirasiga sig‘maydi. Natijada, nazariyani o‘zgartirishni yoki yangi nazariya
yaratishni talab etadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə