Зиёдулла Давронов


Bir nazariyani ikkinchi nazariyaga o‘tishi bilish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Bir nazariyani ikkinchi nazariyaga o‘tishi bilish
nazariyasining qonuniyatli hodisasidir.
Albatta, bu jarayonda eski
nazariyaning ma’lum bir jihatlari yangi nazariyada saqlanib qolishini ham
unutmaslik lozim. Izlanuvchi yoki ijodkor ularni inobatga olganda, faoliyati
unumli bo‘ladi.
Ilmiy ijodda tavsif etish
(xarakterlash) muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, har bir narsa yoki hodisa o‘zining tuzilish mazmun, ichki va
tashqi faoliyati, bog‘lanishi, o‘zaro munosabatlariga ega. Ana shu tomonlarni
tavsiflash uchun ham bilim kerak. Tadqiqotchi o‘z ob’yekti haqida bilimga
ega bo‘lmasa, u izlanishi jarayonida boshi berk ko‘chaga kirib qolishi
mumkin. Demak, tadqiqotchi o‘zining ob’yekti haqida ma’lum bir
tasavvurga ega bo‘lgandagina uni tavsiflay oladi. Tavsiflashda
biryoqlamalikdan uzoqlashish zarur.
Narsa yoki hodisaga turli tomondan
yondashib, u haqida batafsil bilimga ega bo‘lishini ta’minlash tavsif
etishdir.
Masalan: biror kishining faoliyatini tavsiflash uchun, uni qayerda,
qanday oilada tug‘ilganligi, kasbi kori, bilim darajasi, oilaviy holati, tevarak
atrofga bo‘lgan munosabati, jamiyatga bo‘lgan qarashlari, siyosiy
munosabatlarda o‘zini tutishi, qiziquvchanligi va boshqa tomonlarini
mukammal bilish kerak. Ushbu xislatlarning hisobga olinishi natijasida o‘sha
kishiga nisbatan to‘laroq tavsif beriladi. Demak, tavsiflashda dialektik
yondashish yaxshi natijalarni beradi. Dialektik yondashishda narsa va
hodisalarning holatiga yaqindan kirib boriladi. Bunday qilish tavsiflash
jarayonida xatolardan saqlab qoladi.
Ilmiy ijodda tushuntirish uslubi
ham zaruriy holatdir. Ob’yektni
tushuntirish uchun shu ob’yektni ijodkor o‘z tafakkurida qayta ishlagan
bo‘lishi kerak. Aniqrog‘i mukammal bilimga ega bo‘lishi lozim.
Tushuntirish va tushunish inson faoliyatining ajralmas qismidir. Tushuntirish
va tushunish bo‘lmaganida edi, rivojlanish ham bo‘lmas edi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə