Зиёдулла Давронов


shariat qonunlaridir. Shariat qonunlariga barcha musulmonlar bo‘ysunishi kerak. Faqat shundan so‘ng ikkinchi bosqich - tariqat



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

shariat
qonunlaridir. Shariat qonunlariga barcha musulmonlar bo‘ysunishi
kerak. Faqat shundan so‘ng ikkinchi bosqich -
tariqat
ga ko‘tariladi. Bunda
muridlar o‘z pirlariga itoat qilishi, o‘z “men”idan voz kechishi shart
hisoblangan. Bu bosqichdan o‘tganlar uchinchi bosqichga –
ma’rifat
ga
ko‘tariladi. Bunda koinotning birligi xudoda mujassam bo‘lishini, yaxshilik
va yomonlikning nisbiyligini aql bilan emas, balki qalb bilan anglash kerak,
deyiladi. To‘rtinchi bosqich
haqiqat
. Tasavvufda haqiqatga erishuv
sufiylikni «shaxs sifatida tugatib» xudoga singib va natijada abadiylikka
erishishi, deb qayd etilgan. Bunga tasavvufchilar maxsus ruhiy va jismoniy
harakatlar (psixofizik), sig‘inish va ibratlar orqali erishadi, ular haqiqiy
boylik bu - moddiylik emas, balki ma’naviylikdir, deydilar. G‘azzoliy
tasavvufni islom dini bilan yaqinlashtirib, uni keyinchalik rasmiy ta’limot
sifatida tan olishga yo‘l ochgan. Movarounnahrda tasavvufchilik Yusuf
Hamadoniy tariqati (XII asr)dan boshlangan. Undan tashqari, Abduxoliq
G‘ijduvoniy va Ahmad Yassaviy tariqati, XIII-XIV asrda Naqshbandiya
tariqatlari yuzaga kelgan. Ular ta’sirida Najmiddin Kubro, Xoja Ahror Vali
ta’limotlari ham paydo bo‘lgan. Sobiq Ittifoq davrida bu ta’limotlarni


83
reaksion ta’limot sifatida taqiqlaganlar. Bular insonlarni jamiyat hayotidan
chetga tortadi, qizg‘in faoliyatni so‘ndiradi, deb tushuntirilgan.
Tasavvuf ta’limotida
Ahmad Yassaviy
(1041 yilda tug‘ilgan. Ilmiy
adabiyotlarda vafoti 1165-1167 yillar deb ko‘rsatilgan) ta’limoti muhim
ahamiyatga ega. Yassaviy buyuk shayx sifatida musulmonlar o‘rtasida
e’tibor qozongan. Rivoyatlarga ko‘ra, Ahmad Yassaviy payg‘ambardan ortiq
umr ko‘rishni gunoh deb bilib, 63 yoshida yer to‘laga – chillaxonaga kirgan.
Umrining oxirini shu chillaxonada o‘tkazgan. Mavlono Xusomiddin
Sig‘noqiyning risolasida Ahmad Yassaviy 130 yil umr ko‘rgan, deb
ma’lumot beriladi.
Ahmad Yassaviyning she’rlar to‘plami «Devoni hikmat» deb
nomlanadi. «Devoni hikmat»ning yetakchi g‘oyasi din va tasavvufdir.
Ahmad Yassaviy islom dinining qonun-qoidalari va urf-odatlarining
yig‘indisi bo‘lgan «shariat»ni, tasavvuf mohiyati bo‘lgan «tariqat»ni, ishqi-
ilohiy-«ma’rifat»ni, xudo va unga erishmoq-«haqiqat»ni targ‘ib qilgan.
«Devoni hikmat»da «Ey darvesh, bilgil va ogoh bo‘lg‘ilkim, avval kalimai
shariat, ikkinchi kalimai tariqat, uchinchi kalimai ma’rifat, to‘rtinchi kalimai
haqiqatni bilmoq kerak. Sufiy bo‘lib bu kalimalarni bilmasa sufiy emas» -
deyiladi. Ahmad Yassaviyning ijodida diniy olamga g‘arq bo‘lish bilan birga
tarkidunyochilik birlashib ketgan. Zolimlar qoralangan, kambag‘allar
faoliyati yaxshilik bilan bog‘langan. Uning ijodida insonlarni yaxshilikka
chorlash, boylikka berilmaslik, mansabni suiste’mol qilmaslik g‘oyalari
yetakchi o‘rinni egallaydi.
Tasavvuf falsafasi

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə