Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Abu Mansur al-Moturidiy
(Islom qomusi bo‘yicha) 870
yilda Samarqandning Moturidiy mavzesida tug‘ilib, 944 yilda (ba’zi
adabiyotlarda 941) vafot etgan. Qabri Samarqandning Chokardiza
qabristonidadir. Bu joy hozir ziyoratgohga aylantirilgan.
Buyuk daho, mutafakkir Alisher Navoiy Abu Mansur Moturidiy as-
Samarqandiyni dinning izzatli sultoni, deb atagan. Bu inson bizga ko‘plab


79
ilmiy meros qoldirganki, ulardan barcha musulmon xalqi bahramand bo‘lib
kelayotir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
"Ta’vilati Ahli sunna" - Qur’on va sunnaning rasmiy ta’villari, ya’ni
rasmiy islomiy talqini, sharhlari bitilgan kitob; Shariat asoslari va sofligi
haqidagi kitob; "Kitob ul-Jadal" - diniy-ahloqiy bahs munozaralarda g‘olib
kelish haqidagi kitob; "Kitob ul-Usul" - diniy ta’limot uslubiyotiga oid asar;
"Risolat ut-Tavhid" - Ollohning yakkayu-yagonaligi, birligi, vahdoniyat dini,
ya’ni ilm-ul aqoidning nazariy asoslari haqidagi va boshqa o‘nlab asarlarni
tilga olish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, Moturidiyning ilmiy faoliyati islom dinini ilmiy
jihatdan himoya qilish bo‘lgan. Ayniqsa, diniy niqob ostida noto‘g‘ri yo‘lga
kiruvchilarni tanqid ostiga olgan. Allomaning fikricha, ma’lum diniy
yo‘nalishlarning haqiqiy yoki soxtaligini ko‘rsatuvchi ishonchli dalillar
mavjud. Ushbu dalillarni bilishda, aniqlashda insonlarga qaysi sohalar
to‘sqinlik qilishi mumkinligini ochib berish zarur. "Kitob at-Tavhid"da bu
sohada shunday fikrni bildiradi: "Bu - ko‘r-ko‘rona taqlid bo‘lib, juda keng
tarqalgan illatdir, ya’ni bunda juda ko‘pchilik biron-bir ma’naviy yoki diniy
yo‘lboshchiga, uning fikrlari mazmun-mohiyatini tushunmagan holda
qo‘shilishga kuchli moyillik bildiradi. Mana shu sabab natijasi o‘laroq, har
bir firqa va har bir yo‘nalish shu paytga qadar o‘z tarafdorlariga ega bo‘lib
kelmoqda. Bu muxlislar qachondir qabul qilingan soxta ta’limotga
sadoqatda qat’ilik namoyish etmoqdalar va yana o‘zlarini haqiqatning
yagona egalari hisoblamoqdalar." Ushbu fikrlar hozirgi zamon aqidaparastlar
faoliyatiga, diniy fundamentalizm, diniy ekstremizm, terrorchilik harakatlari
ishtirokchilari faoliyatiga ham taalluqlidir.
Moturidiy ijodining falsafiy jihati shundaki, unda o‘xshashlik yoki
taqlid bir kategoriya sifatida sharhlanadi. Jumladan, haqni nohaqdan
ajratishning uchta usuli bor: 1) Jami jonzotlarga xos bo‘lgan sezgi a’zolari.
2) Insonga xos bo‘lgan aql orqali amalga oshiriladigan nazariy xulosalar 3)
Ishontirishda qo‘llaniladigan naql va axborotlar. Bu fikrlardan hozirgi kunda
ham foydalanib ish yuritilsa, foydadan xoli bo‘lmas edi. Moturidiy islomni
himoya qilish bilan cheklanib qolmasdan, islomdagi botil oqim va firqalar


80
faoliyatini ayovsiz tanqid qildi. O‘sha paytlarda paydo bo‘lgan bir qancha:
haruriylar, rofiziylar, qadariylar, jabariylar, jahmiylar, murji’iylar, hozijiylar,
muta’zimiylar, karromiylar, ismoiliylar va boshqa oqimlarni diniy
yondashuvdagi zaifligini dalillar bilan tanqid qilgan. Uning fikricha, inson
imtihon uchun yaratilgan. Shaxsiy intilishlari insonni ba’zida to‘g‘ri yo‘ldan
adashtiradi. Ularga inson o‘zidagi ijobiy imkoniyatlardan kelib chiqib qarshi
turmog‘i lozim.
"Kitob at-Tavhid"da shunday fikrlarni o‘rtaga tashlaydi: "din
buyuklarga e’tiqod qilib, taqlid qilishga emas, dalillarga asoslanmog‘i
kerak", "hech kim gunoh sodir qilgani tufayli kofir deb e’lon qilinmaydi. Biz
jami "qibla kishilari"ni mo‘’min deb bilamiz, ularning qalbini esa Ollohga
havola etamiz", "bid’atchilar bilan shunchaki do‘stona munosabatda
bo‘lishning o‘ziyoq xatodir", "sunnatning to‘g‘riligini aniqlash uchun, bir-
biriga zid naqllarga tayanish mumkin emas, balki mustaqil fikrlash kerak",
"72 guruh mavjud, faqat 73-guruhgina najot topdiki, bu - jamoadir", ushbu
fikr o‘n asr oldin aytilgan bo‘lsa-da, bugungi kun faoliyatini ham aks ettiradi.
Umumiy xulosa shundan iboratki, Abu Mansur Moturidiy ijodida,
diniy soha bo‘yicha, dinning asosi Qur’oni Karim va Hadisi shariflardir.
Turli nazariyalarga, mazhablarga, boshqacha fikrlarga hech qanday o‘rin
yo‘q. Chunki, mazhablarning xato talqinidan buzuq niyatli kishilar
foydalanib islom dini obro‘siga putur yetkazadilar. Islomda o‘zgartirishlar,
islohotlar yaramaydi.
O‘tmishda o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolardan yana biri bu al-
Marg‘inoniydir. Alloma Burhoniddin al-Marg‘inoniyning to‘liq ismi

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə