92
Kuno Fisher esa Kantning falsafiy tizimi tarixini quyidagi davrlarga bo’ladi.
1)
dastlabki davr (naturfalsafa davri).U vaqtda faylasuf ratsionalizm nuqtai –
nazarida turgan. 2) empirizm davri. U davrda Yumning tasiri umuman, Shotlandiya
va Angliya falsafasining tasiri katta bo’lgan va nihoyat 3) tanqidiy davr. Bu davrda
Kant uzil – kesil mustaqil o’ziga xos yo’lni tanlagan. Shuni takidlash lozimki, Kant
falsafasini davrlarga bo’lib o’rganish osonlik tug’diradi, lekin shuni ham esdan
chiqarmaslik kerakki uning o’zidan oldin hukumronlik qilganfalsafiy maktablarga
mustahkam munosabati uning barcha asarlarida, yani dastlabki asarida ham,
umrining oxirida yodgan asarlarida ham o’z ifodasini topgan.
Kant fikricha,
ilohiyot mukammal dunyoning g’oyasiga ega bo’lmog’i lozim. Buni rad etish
demak, xudo fikrlovchi barcha olamlardan yaxshiroq olam bor degandek bo’lamiz.
Lekin eng yaxshi haqiqiy olamni xudo yaratgan. Farovonlik g’oyasi bu xudoning
maqsadidir. Keyinchalik u yum tasirida o’zining tanqidiy davridagi faoliyatini
boshlaydi. Kantning butun umri sof aqlning tanqidiy asarida o’zining falsafiy
ifodasini topgan. Kant juda haqgo’y bo’lganligi tufayli boshqalardan haqgo’ylikni
talab etadi. Shuni takidlash kerakki Kantning falsafiy qarashlari 1762-1765 yillarda
shakllandi. U o’zining “Hayotbaxshlik haqida” risolasida dogmatik falsafani ifoda
etgan edi.
“Salbiy meyorlar va real asoslari” nomli asarida (1763) Kant o’zining
emperizm va ratsionizm o’rtasida mo’tadil o’rin egallaganligi haqida gapiradi.
“Ruhoniyning
tushlari”
(1766)
asarida
uning
Yum
agnostitsizmiga
yaqinlashganligini ko’ramiz. Oradan ikki yil o’tgach, yani 1768
yildan etiboran
emperizmdan krititsizm tomon o’tganligi haqida fikr yuritadi. Kant mazkur
risolada makon nima? Uning xossasi nima bilan belgilanadi? – degan savollarni
ko’taradi. Jismlarning makoniy munosabati deydi Kant,
ularning holatlariga
bog’liq holatlarning o’zaro munosabatlarini Kant soha deb ataydi.
Soha degan tushuncha nafaqat masofani balki yo’nalishni ham o’z ichiga
oladi. Bunga kant oddiygina misolni keltiradi. Oq qog’ozga ikki marotaba aynan
bir so’zni yozaylik. Masalan inson, inson so’zining harflari
bir xil harflarning
joylashishi tartib ham bir xil lekin ikki so’z yozilishida chap va o’ngda
joylashagan. Biz o’ngga chapga deyish bilan harflarning joylashishini
kuzatuvchiga qaratamiz. Agar makonning hossasi obektlarning qismlari o’rtasidagi
munosabatga bo’g’liq bo’lsa unda biz ikki predmetni farqiga bormagan bo’lar edik.
Jismlarning o’zaro bir – biridan farqi shundaki bittasi chapga joylashgan bo’lsa,
ikkinchisi o’ng tomonga joylashagan bo’ladi.qizig’i shundaki Kant bunday hulosa
chiqaradi Chapga – o’ngga, yuqoriga – pastga, oldinda – orqada degan iboralarimiz
mutlaq makonning xossasi bo’ladi va shundan keyin ularni ham ularni kuzatuvchi
hossasiga bog’liqligini hal etadi. Kan oliy oliy darajadagi fikrlarni ilgari suradi.
Birinchi davrda kant erishilgan eng katta yutuqlardan biri – bu kosmologik
gipotezalar to’g’risidagi ishlari edi.
Ikkinchi davr – tanqidiy davrda kant dualistik falsafiy kontseptsiyani ilgari
suradi. Agnostitsizm va apriorizm uning ajralmas qismi bo’lib qoladi.
Kantning yutug’i shundaki, shak – shubhasiz
inson tafakkurining zaruriy
xususiyatidir. Shak – shubhasizlik to’g’risidagi bunday fikrlashni kant aql
93
doirasiga kiritadi. Kant fikricha, bunday fikrlashning predmetini sof aqlning
g’oyasi tashkil etadi. Kant fikricha, sof aql g’oyasi 3 xildir.
Jon haqidagi g’oyalar (psixologik g’oyalar).
Yaxlit dunyo to’g’risidagi g’oya (kosmologik g’oya).
Xudo haqidagi g’oya (teologik g’oya).
Umuman kant falsafasi mohiyatan ziddiyatlidir. Shuning uchun kantni ham
so’ldan, ham o’ngdan tanqid qilishadi. So’ldan materialistlar
kant falsafasining
idealisti tomonlarini tanqid qilishsa, o’ngdan idealistlar uning falsafadagi
materialistik tomonlarini tanqid qiladilar. Nemis klassik falsafasining keyingi
taraqqiyoti kant falsafasini o’ngdan tanqid qilish yo’li
bilan rivojlanib, dunyoni
idealistik tushunishni chuqurlashtirib bordi.
Dostları ilə paylaş: