Ziyonet doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Pozitivizm. 
Pozitivizm g’arb falsafasida juda keng tarqalgan yo’nalish sifatida XIX 
asrning 30 yillarida frantsuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) tomonidan asos 
solingan. Pozitivizm dastlab Frantsiyada, so’ngra Angliyada va G’arbiy 
Yevropaning boshqa mamlakatlarida rivojlandi: 
Birinchi davr - O.Kont, E.Littre, E.Renan, Robert (Frantsiyada), D.S.Mill, 
G.Spenser, Dj.Lesevich, N.Mixay-lovskiy (Rossiyada), K. Kattanso, D. Ferrari, r. 
Ardigo (Italiyada) kabilarning ijod etgan davri. 
Ikkinchi davri – mexanizm va empiriotkrito’tsizm davri deb ataladi. 
Uchinchisi nepozitivizm davriga bo’linadi. 
“Pozitivizm” tushunchasini O.Kont quyidagicha tariflaydi: birinchidan 
yolg’onlikka qarshi haqqoniylik: ikkinchidan, keraksizlikka qarshi foydalanish: 
uchinchidan shubxalilikka qarshi aniqlik: beshinchidan salbiylikka qarshi ijobiylik 
va nihoyat oltinchidan buzg’unchilikka qarshi tuzuvchanlik. 
Inson bilimi, tafakkuri oldinga qarab harakat qiladi. Shuning uchun u o’z 
tarixiga ega insoniyat taraqqiyotni shu tarzda o’rganish quyidagi qonuniyatni 
ochishga olib keladi, yani u uch bosqichli qonuniyat deb ataladi. Birinchisi – 
teologik, ikkinchisi – metafizik yoki mavhumlashgan, uchinchisi – pozitiv yoki 
ilmiydir. Inson bilish jarayonida ana shu yo’llardan, alabatta o’tadi. Demak bu 
uslublardan uch turdagi falsafiy dunyoqarash yoki umumiy qarashlar tizimi 
vujudga keladi. Birinchisi ijod tafakkurining boshlang’ich harakatga keluvchi 


91 
nuqtasi: ikkinchisi – o’tuvchanlik rolini o’ynaydi: uchinchisi - aniq yakuniy 
holatdir. 
Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g’oyalari. 
Nemis klassik falsafasi tarix falsafasini o’rganishning nihoyatda murakkab 
qismi bo’lib, uni nihoyatda masuliyat bilan o’rganish zarurdir. Nemis klassik 
falsafasi frantsuz ma’rifatchiligi kabi eski illatlarni bartaraf etishda hamda 
kapitalistik munosabatlarning qiyinchiliksiz rivojlanishida yangi tuzum 
manfaatlarini himoya qilgan. Shuning uchun u aqlni eski idealogiyaga qarshi 
hukmronligi to’g’risidagi g’oyani e’tirof etadi va rivojlantiradi. Nemis jamiyatiga 
hamda nemis ijtimoiy fikrlariga XV asr oxirida bo’lib o’tgan frantsuz inqiloblari 
juda katta tasir ko’rsatgan. Bu inqilob shu davrgacha bo’lib o’tgan inqiloblardan 
izchil va qat’iy farq qiladi. Germaniyada falsafiy va ijtimoiy – siyosiy fikrlarning 
ma’lum darajada rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Nemis klassik – falsafasida 
Germaniyadagi o’tmish falsafiy fikrlar an’analariga nisbatan murosachilik 
munosabatda bo’lishda diniy nuqtai nazar ustun turadi. Ularning ijtimoiy – siyosiy 
xulosalari o’zlari ilgari surgan “sof” fikrlash doirasidagi umumiy fikrlarga qarama 

qarshi turar edi. Lekin o’z pozitsiyalarida izchil bo’lmasdan nemis klassik 
falsafasi falsafiy fikrlar taraqqiyotida muhim qadam hisoblanadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə