158
8.4. Qushlar sinfi
lanmaydi. U yov
voyi o‘sim
liklar
bargi, novdasi, urug‘
lari, yer
osti tuganaklari, har xil hasha-
rotlar, kaltakesaklar va mayda
kemiruvchilar bilan oziqlanadi;
juft bo‘lib yashaydi. Urg‘o-
chisi tuproq ustidagi chuqur-
chaga bir nechta tuxum qo‘yib
bosib yotadi. Yo‘rg‘a tuvaloq
(92-rasm) noyob qush sifatida
“O‘z bekiston Respublikasinig
Qizil kitobi”ga kiritilgan.
T u y a q u s h s i
m o n-
l a
r t u r k u m i.
Tuyaqushlar – eng yirik qush-
lar bo‘lib, qanotlari pat
lari
yelpig‘ich hosil qilmaydi; toj
suyagi ham bo‘lmaydi. Ular uch
maydi, am
mo kuchli va uzun
oyoq
lari yordamida tez yuguradi. Oyoqlari ikki barmoqli. Tovoni
qalin teri bilan qoplanganidan issiq qumda ham oyoqlari qizib
ketmaydi. Tuyaqushlar yovvoyi o‘simliklar urug‘i, yirik hasharot-
lar bilan oziqlanadi. Afrika tuyaqushining bo‘yi 3 m ga, vazni
100 kg ga boradi. U soatiga 60–70 km tezlikda yugura oladi.
Tuyaqushlar Afrika dashtlarida kichik gala bo‘lib yashaydi. Erkak
tuyaqush tumshug‘i bilan yerni kovlab uya yasaydi. Urg‘ochisi
uyaga 4–9 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumlarining vazni 1,5 kg ga ye-
tadi. Tuxum
larni kunduzi urg‘ochisi, kechasi erkagi bosib yotadi.
Urg‘ochisining patlari qo‘ng‘ir-kulrang tusda bo‘lganidan cho‘l
manzarasida uzoqdan ko‘zga tashlanmaydi. Erkak tuyaqushning
patlari qora bo‘lib, dumi va qanotlarining uchida oq patlar bor.
Tuyaqushlardan Afrikada Afrika tuyaqushi, Janubiy Amerikada
nandu, Avstraliyada emu tarqal gan.
1. Vohalarda qanday qushlar ko‘proq uchraydi?
2. Qaldirg‘och havo muhitiga qanday moslashgan?
3. Chumchuqsimonlar qanday foyda keltiradi?
4. Cho‘l va dasht qushlari yashash muhitiga qanday moslashgan?
5. Tuvaloqlar qanday hayot kechiradi?
92-rasm. Tuvaloqlar va
tuyaqushsimonlar turkumi:
1 – yo‘rg‘a tuvaloq; 2 – tuyaqush
2
1
159
47-§. Suv havzalari va sohil qushlari
1. Chumchuqsimonlarning erkagi:
2. Qaldirg‘och ayvon peshtoqi,
shiftga:
a) oyoqlari uzun, qanotlari rangli;
a) uya quradi;
b) yirik va rangli, sayraydi;
b) qo‘nib dam oladi;
d) boshida toji bor, tez yuguradi.
d) qo‘nib sayraydi.
3. Afrika tuyaqushlari:
b) juft bo‘lib yashaydi;
a) katta gala bo‘lib yashaydi;
d) kichik gala bo‘lib yashaydi.
Qushlar nomi bilan ular uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni juftlab yo zing.
a) qaldirg‘och;
1) yil davomida 5 marta bola ochadi;
b) musicha;
2) «Qizil kitob»ga kiritilgan;
d) go‘ngqarg‘a;
3) binolar peshtoqiga uya quradi;
e) chug‘urchuqlar;
4) oyoqlari ikki barmoqli;
f) ko‘k kaptar;
5) o‘ljasini havoda tutadi;
g) tuvaloq;
6) mevalarga biroz zarar yetkazadi.
h) Afrika tuyaqushi.
7) zog‘chalar bilan gala hosil qiladi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Chumchuqsimonlar, qaldirg‘och, zog‘cha, olaqarg‘a, go‘ngqarg‘a,
chug‘urchuqlar, kaptarlar, tuvaloqlar, Afrika tuyaqushi, emu, nandu.
Jumboqni yeching. 1. Nima sababdan to‘rg‘ay, qirg‘ovul, tuvaloq va
tuyaqush yerga, chumchuq, mayna va qarg‘alar esa daraxt shoxlariga
uya quradi? 2. Nima sababdan so‘ngi yillarda qaldirg‘ochlar shaharlari-
mizda kam uya quradigan bo‘lib qoldi?
Quyidagi topishmoqlarda qaysi qushlar to‘risida ma’lumotlar berilgan?
47. Zuv-zuv borar,
48. Atlas ko‘ylak qanoti,
Tomdan qarar,
Xush xabarchidir oti.
Loy-cho‘p cho‘qir,
49. Gul shoxiga qo‘nib mitti,
Savat to‘qir.
Ashulasin aytib ketdi.
50. Shift ostida kovak tosh,
Kovak toshda patsiz bosh.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a, 3d.
Juftlab yozish javoblari: a-5, b-1, d-7, e-6, f-3, g-2, h-4.
47-§.
Suv havzalari va sohil qushlari
Suv qushlari. Suv qushlari hayotining ko‘p qismini suvda su-
zib o‘tkazadi. Ularning barmoqlari orasiga parda tortilgan; oyoq-
lari biroz orqaroqda joylashgan bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari
zich joylashib, suv o‘tkazmaydigan tig‘iz qoplag‘ichni hosil qiladi.
Qushlar dumg‘aza bezlari ajratib chiqaradigan yog‘simon suyuqlikni
?!
160
8.4. Qushlar sinfi
tumshug‘i bilan siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu suyuqlik pat-
larga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va egiluvchan qiladi. Suv
havzalarida yashovchi qushlarning ko‘pchiligi suvda chaqqon suzadi
va sho‘ng‘iydi, ozig‘ini ham suvdan topadi. Suv qushlari quruqlikda
sekin va beso‘naqay harakatlanadi.
G‘ o z s i m o n l a r t u r k u m i. Bu turkumga o‘rdak-
lar, g‘ozlar va oqqushlar kiradi (93-rasm). Ular tumshug‘ining
qirrasi bo‘ylab har xil shakldagi muguz plastinkalar joylashgan; tum-
shug‘ining uchi esa kengaygan. G‘ozsimonlarning tuxumdan chiqqan
jo‘jalari urg‘ochisi orqasidan ergashib yuradi.
4
3
2
1
93-rasm. G‘ozsimonlar
turkumi:
1 – kulrang g‘oz; 2 – churrak;
3 – suqsun; 4 – yovvoyi o‘rdak
O‘rdaklar suv tubidagi balchiqni tumshug‘idagi muguz plastinka-
lari orqali sizdirib o‘tkazib, undan mayda jonivorlar va o‘simliklarni
ajratib oladi. O‘rta Osiyo suv havzalarida yovvoyi o‘rdak, churrak,
suqsun uchraydi. Yovvoyi o‘rdak erkagining boshi to‘q yashil, bo‘yni
oq; urg‘ochisining tumshug‘i qizg‘ish, dumi oqish bo‘ladi. Ular
kuzda qishlov joylariga uchib o‘ta boshlaydi. O‘rdaklar Osiyoning
janubi, Shimoliy Afrika, Markaziy Amerika, shuningdek, o‘lkamiz
janubidagi suv havzalarida qishlaydi. Erta bahorda daryolar bo‘yida-
gi qamishzorlar va qalin o‘tlar orasiga uya quradi. Yovvoyi o‘rdak,
churrak, suqsun va boshqa o‘rdaksimon qushlar ovlanadi. Yovvoyi
o‘rdak xonaki o‘rdakning naslboshisi hisoblanadi.
G‘ozlar
o‘rdaklarga nisbatan yirikroq; erkagi va urg‘ochisi bir xil
rangda bo‘ladi. Ular o‘simliklar bilan oziqlanadi. Baquvvat tumshug‘i
chetidagi o‘tkir muguz plastinkalari yordamida o‘simliklarni qirqib
olib yeydi. O‘zbekistonda xonaki g‘ozlarning ajdodi bo‘lgan kulrang
Dostları ilə paylaş: |