Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64

144
8.4. Qushlar sinfi
Oyoq kamari skeleti uch juft chanoq suyagidan iborat. Ular 
umurtqa pog‘onasining bel va dumg‘aza bo‘limlari hamda oldingi 
dum umurtqalari bilan harakatsiz bi 
rikkan.
Kaptar oyoqlarining skeleti yo‘g‘on son, ikkita boldir hamda 
ilik va barmoq suyaklaridan iborat. Ilik suyagi faqat qushlar uchun 
xos bo‘lib, bir necha mayda suyak 
larning birikishidan hosil bo‘ladi. 
Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik 
suyagi qush tanasini yerdan dast ko‘tarib turadi va qo‘nayotganda 
tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi.
Muskullari. Bir juft katta ko‘krak muskullari massasi boshqa 
barcha muskullar massasiga teng keladi. Ko‘krak muskullarining bir 
uchi yelka suyagiga, ikkinchi uchi ko‘krak toj suyagiga bi 
rikadi. 
Katta ko‘krak muskullari qisqarganida qanotlar tushiriladi. O‘mrov 
muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko‘tariladi.
Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari qushlarning yerda hara-
katlanishiga yordam beradi. Oyoq bo‘g‘imlari orqali paylar o‘t 
gan. 
Paylar uchi barmoqlarga birikadi. Qush shoxga qo‘nganida bu pay-
lar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi. 
Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bemalol o‘ti 
rishi va yiqilib 
tushmasdan uxlashi mumkin.
1. Skelet tuzilishining qaysi xususiyatlari qushlarning uchishga moslashganligi 
  bilan bog‘liq?
2. Bosh skeleti qanday suyaklardan iborat?
3. Qaysi suyaklar ko‘krak qafasini hosil qiladi?
4. Qanotlar skeleti qanday suyaklardan iborat?
5. Oyoq skeleti qanday suyaklardan iborat?
6. Qushlarning qaysi muskullari kuchli rivojlangan?
1. Qushlarning jag‘lari: 
2. Toj suyagiga birikkan:
a) boshi bilan harakatchan birikkan; 
a) katta ko‘krak muskullari;
b) muguz tumshuqqa aylangan; 
b) o‘mrovosti muskullari;
d) muguz tishchalar bilan qoplangan. 
d) kichik ko‘krak muskullari.
3. Qushlarning ko‘krak qafasini:
a) ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar, to‘sh suyagi hosil qiladi;
b) qovurg‘alar, o‘mrov va to‘sh suyagi hosil qiladi;
d) o‘mrov, ko‘krak, tirsak va umurtqalar hosil qiladi.
Qush muskullari va ularning vazifasini juftlab ko‘rsating.
a) katta ko‘krak; 
 
 
1) qanotni ko‘tarish;
b) o‘mrovosti; 
 
 
2) yerda harakatlanish;
d) oyoq.   
 
 
3) qanotni tushirish.


145
5-laboratoriya mashg‘uloti
Lugat daftaringizga yozib oling.
Muguz tumshuq, bosh qutisi, ko‘krak toj suyagi, ko‘krak tirgak suyagi, ilik 
suyagi, katta ko‘krak muskullari, o‘mrovosti muskullar.
5-laboratoriya mashg‘uloti.
Qushlarning tashqi tuzilishi va pat qoplami
Kerakli jihozlar: qush tulumi, patlar komplekti, qo‘l lupasi, 
mikroskop.
Laboratoriya mashguloti quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Tulum yordamida qushning tashqi tuzilishini o‘rganing. 
Boshi, bo‘yni, qanotlari, dumi va oyoqlarini diqqat bilan ko‘zdan 
kechiring.
2. Qush tumshug‘ining tuzilishini ko‘zdan kechiring. Tili, burun 
va quloq teshiklarini toping.
3. Qush oyoqlari quyi qismining tangachalar bilan qoplanganligini 
kuzating. Oyoqlardagi barmoqlarni sanang, barmoqlarining qanday 
joylashganligiga e’tibor bering.
4. Qushning pat qoplamini diqqat bilan ko‘zdan kechi-
ring. Patlarning qush tanasida qanday joylashganligiga e’tibor 
bering. Eng yirik va mayda patlar qanday joylashganligini 
aniqlang.
5. Qoplovchi kontur patlarni ko‘zdan kechiring, pat uchi, yelpi-
g‘ichi va o‘zagini toping. Pat yelpig‘ichida o‘siqchalarning joylashi-
shini lupa va mikroskop yordamida tekshiring. Pat yelpig‘ichini nina 
bilan titib, mikroskopda birinchi va ikkinchi tartibli o‘siqchalarni 
o‘rganing.
6. Yelpig‘ichi titilgan patni siqilgan barmoqlaringiz orasi-
dan o‘tkazib, yelpig‘ichni yana o‘z holatiga kelishini tekshirib 
ko‘ring.
7. Pat va parlarning tuzilishini solishtirib ko‘rib, ular o‘rtasida-
gi farqni aniqlang. Pat va momiq patning tuzilishini daftaringizga 
chizib oling.
8. Qushlar bilan sudralib yuruvchilarning tashqi tuzilishi va teri 
qoplami o‘rtasida qanday o‘xshashlik borligini aniqlang.


146
8.4. Qushlar sinfi
  
Qushlarning ichki tuzilishi 
43-§.   va sezgi organlari
Hazm qilish sistemasi. Qushlar oziqni tumshug‘i  bilan cho‘qilay-
di. Tumshug‘ining tuzilishi oziq xiliga va oziqlanish usuliga bog‘liq. 
Tishlari bo‘lmaganligi uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi. 
Birmuncha yirikroq oziqni tumshug‘i bilan cho‘qilab, uzib olib 
yutadi. Donxo‘r qushlar (masalan, kap 
tar)larda qizilo‘ngachning 
keyingi qismi kengayib, zaxira oziq saqlanadigan organ jig‘ildonga 
aylangan (84-rasm). Qushlarning oshqozoni ikki bo‘limdan iborat. 
Oldingi bezli bo‘limidan ajralib chiqayotgan oshqozon shirasi ta’siri-
da oziq yumshaydi. Oshqozonning muskulli ikkinchi bo‘lmasida oziq 
maydalanadi. Qushlar yutadigan mayda toshlar oziqni maydalashga 
yordam beradi.
84-rasm. Kaptarning hazm qilish, ayirish 
va nafas olish sistemasi:
1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – jig‘ildon; 
3 – qizilo‘ngach; 4 – oshqozon; 
5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka;
7 – buyrak; 8 – kekirdak;
9 – o‘pka; 10 – havo xaltasi; 
11 – jigar
2
1
5
4
3
8
7
6
11
10
9
Qushlar tanasida haroratning doimiy bo‘lishi va ularning uchi-
shi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez 
oziqlanib turadi; hayotining ko‘p qismini oziq topish uchun sarflay-
di. Oziq ularning ichagida tez hazm bo‘ladi.
Qushlar ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organ 
larning 
chiqarish yo‘li va siydik yo‘li ham ochiladi. Kloakada siydik axlat 
bilan aralashib tashqariga chiqariladi.
Nafas olish sistemasi. Qushlarning o‘pkasi murakkab tuzilgan 
bo‘lib, havo saqlovchi juda ko‘p mayda pufakchalardan iborat. 
Pufakchalar devorida joylashgan mayda kapillyarlar orqali qonga 
kislorod o‘tadi. Nafas olishda havo pufaklari ham ishtirok etadi 
 
(84-rasm). Pufaklar ichki organlar orasida joylashgan va o‘pka bi-


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə