131
38-§. Ildam kaltakesakning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi
Kaltakesaklarning yuragi baqaniki singari ikkita bo‘lma va bitta
qorinchadan iborat, lekin birmuncha murakkab tuzilganligi bilan
suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikidan farq qiladi. Shun-
ga qaramay, ular organizmida moddalar almashinuvi sust boradi.
Kaltakesaklar sovuqqonli hayvonlar bo‘lganidan tanasining harorati
atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Shunga ko‘ra sovuq tushishi bilan
ularning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari
karaxt bo‘lib qoladi.
Kaltakesakning hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining tuzilishi
suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshaydi. Lekin tana
muvozanatini saqlaydigan va harakatini boshqaradigan miyachasi
ancha kuchli rivojlangan. Shuning uchun kaltakesaklar suvda hamda
quruqlikda yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat
qiladi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Sudralib yuruvchilarning tuxumi
urg‘ochisi jinsiy yo‘lida urug‘lanadi. Erkagining spermatozoidlari
urg‘ochisining kloakasiga tushadi. Sudralib yuruvchilarda boshqa
haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar singari ichki urug‘
lanish
sodir bo‘ladi.
Urg‘ochi kaltakesak 5 dan 15 tagacha urug‘langan tuxumlarini
oftob tushib turadigan joyga qo‘yadi. Tuxumlar tuproqqa yuzaroq
qilib ko‘mib qo‘yiladi. Tuxumlar ancha yirik va sariqligi ko‘p bo‘lib,
sirti qalin po‘choq bilan qoplangan. Po‘choq tuxumni qurib qolish-
dan saqlaydi. Tuxumning sariqligi rivojlanayotgan murtak uchun
oziq hisoblanadi. Kaltakesak tuxumidan voyaga yetgan hayvonga
o‘xshaydigan kichik kaltakesak chiqadi.
Regeneratsiyasi. Agar yirtqich hayvon kaltakesak dumidan tutib
oladigan bo‘lsa, u dumining bir qismini tashlab, qochib qoladi.
Uzilib qolgan dum birmuncha vaqt qimirlab turadi. Bu hodisa
dum umurtqalaridan birining o‘rtasidan sinishi natijasida yuz bera-
di. Keyinroq dum yana qaytadan o‘sib chiqadi, ya’ni regeneratsiya
sodir bo‘ladi.
1. Kaltakesak tanasi qanday tuzilgan?
2. Kaltakesakning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
3. Kaltakesak tuzilishi qaysi xususiyatlari baqadan farq qiladi?
4. Kaltakesak tuxumi qanday urug‘lanadi?
5. Kaltakesaklar qanday rivojlanadi va o‘sadi?
6. Regeneratsiya qanday sodir bo‘ladi?
132
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi
Kaltakesak organlari va ular uchun xos belgilarni juftlab yozing.
a) oyoqlari;
1) ustki, ostki va pirpirovchi qovoqlari bor;
b) bo‘yni;
2) ichki, o‘rta, tashqi bo‘limlardan iborat;
d) ko‘zi;
3) tanasiga ikki yonidan birikkan;
e) qulog‘i;
4) tuyg‘u organi hisoblanadi;
f) ayri tili;
5) 8 ta umurtqalardan iborat;
g) terisi.
6) quruq, tangachalar bilan qoplangan.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Pirpirovchi qovoq, nog‘ora parda, tuyg‘u organi, tullash, ko‘krak qafasi, ichki
urug‘lanish, sariqlik, reflektor.
Jumboqni yeching. 1. Baqanining ikkita qovog‘i bo‘ladi. Nima sababdan
kaltakesakning uchinchi qovog‘i ham rivojlangan bo‘ladi? 2. Nima sababdan
harakatlanayotgan kaltakesak va timsoh tanasi yerda sudraladi?
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-5. d-1, e-2, f-4, g-6.
Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi:
39-§. tangachalilar turkumi
Kaltakesaklar. Tangachalilar turkumiga har xil kaltakesaklar
va ilonlar kiradi. Ularning tanasi tangachalar bilan qoplangan.
Bizning cho‘llarimizda kaltakesaklardan dasht agamasi, kulrang
echkemar va oyoqsiz kaltakesak – sariq ilon uchraydi. Eski
imoratlar devorida tunda hayot kechiruvchi gekkonlarni uchra-
tish mumkin. Gekkonlar kunduzi devor yoriqlariga yashirinib
oladi; tunda ularning ohista chirqillashi eshitiladi. Gekkonlar
har xil hasharotlar va o‘rgimchaklar bilan oziqlanadi. Respub-
likamiz cho‘llarida yirik kaltakesaklardan echkemarni uchratish
mumkin.
Kaltakesaklar orasida oyoqsiz turlari ham bo‘ladi. Misol tariqasida
sariq ilon va urchuqsimon kaltakesakni ko‘rsatish mumkin. Shuning
uchun ularni ba’zan ilonlar bilan adashtirishadi.
Ilonlar. Ilonlarning oyog‘i bo‘lmaydi. Ular gavdasini egib,
qovurg‘alariga tayangan holda harakatlanadi. Kaltakesaklarning
ochilib-yumiladigan uchinchi xira qovog‘i bo‘lishi eslatib o‘tilgan
edi. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bo‘lmaydi. Ularning shaffof
?!
133
39-§. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi: tangachalilar turkumi
qovoqlari soat oynasi singari ko‘zini qoplab turadi. Kaltakesak-
lar singari ilonlar ham tullaydi. Lekin ilonlar tullaganda terisi
paypoqqa o‘xshab yaxlit ko‘chib tushadi. Ilonlarning yuqori va
pastki jag‘ suyaklari cho‘ziluvchan paylar yordamida hara
katchan
birikkan. Ular og‘zini juda katta ochib, tanasidan ancha yo‘g‘on
o‘ljani ham butunligicha yuta oladi. Ilonlar havoda tarqalgan
tovushlarni eshitmaydi.
Zaharli ilonlarning og‘iz bo‘shlig‘ida yuqori jag‘idan orqaroqda
zahar bezlari va yuqori jag‘ida ikkita yirik zahar tishlari joylashgan
(76-rasm). Ilon chaqqanida bezlar ishlab chiqaradigan zahar ana shu
tishlardagi egatcha yoki naycha orqali o‘ljasi yoki g‘animi tanasiga
o‘tadi. Ilonning uchi ayri tili ham kaltakesakniki singari tuyg‘u va
ta’m bilish organi hisoblanadi. Ilonlarning eshi
tish organi yaxshi
rivojlanmagan. Bo‘g‘ma va shaqildoq ilonlar
ning issiqlikni uzoqdan
sezadigan organi bo‘ladi.
Ilonlar o‘rgimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar,
qurbaqalar, kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar
bilan oziqlanadi. Ular bittadan bir necha o‘ntagacha tuxum
qo‘yadi.
76-rasm. Qora ilon va
uning boshi:
1 – zahar soluvchi tishi;
2 – zahar bezi; 3 – tili
2
3
1
Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida tanasining uzun-
ligi 70 sm keladigan qum bo‘g‘ma iloni tarqalgan. Bu ilon zaharli
emas. U kaltakesaklar, kemiruvchilar va mayda qushlar bilan
oziqlanadi. O‘ljasini boshqa ilonlar singari tanasi bilan o‘rab olib,
bo‘g‘ib o‘ldir
gandan so‘ng yutib yuboradi. Bu ilon tirik tug‘adi.
Suv havzalarida uchraydigan suvilon mayda baliqlar va baqalar
bilan oziqlanadi. Baliqchilik xo‘jaliklariga ilon birmuncha ziyon
keltirishi mumkin. Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar,
molxonalar, hatto xonadonlarda chiðor ilon uchrab turadi. Chiðor
Dostları ilə paylaş: |