119
34-§. Suyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati
chi umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini tushuntirishda katta
ahamiyatga ega.
Baliqlarning ahamiyati. Baliq go‘shti va ikrasi xushta’m taom
hisoblanadi. Ayniqsa, osetrsimonlar va losossimonlar go‘shti va
ikrasi qadrlanadi. Jahon bo‘yicha har yili 50 mln tonnaga yaqin
baliq ovlanadi. Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi.
Baliq ovlash uchun maxsus kemalar – traulerlardan foydalaniladi.
Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni,
qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘it ishlab chiqariladi. Baliq moyi farma-
tsevtikada vitaminli dori hisoblanadi. O‘zbekistonda baliqlar ichki
suv havzalaridan ovlanadi. Zog‘ora, oq amur, oqcha, xumbosh, oq
sla, ilonbosh asosiy ovlana
digan baliqlar hisoblanadi.
Tabiiy sharoitda baliqlar uvildirig‘i va chavoqlari ko‘plab nobud
bo‘ladi. Shuning uchun baliqlar maxsus zavodlarda urchitilib, tabiiy
suv havzalariga qo‘yib yuboriladi. Baliqlarni
boshqa suv havzalariga
ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Uzoq Sharq daryolaridan respublika-
mizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar
olib kelib, iqlimlashtirilgan.
Baliqlarning kelib chiqishi. Baliqlarning qadimgi ajdodlari lan
-
setnikka o‘xshash sodda tuzilgan xordalilar bo‘lgan. Tarixiy ri-
vojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli
hayvonlar paydo bo‘lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. O‘lja
axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va
sezgi organlari rivoj
lana borib yo‘l bilan baliqlar kelib chiqqan.
1. Suyak-tog‘ayli baliqlar qanday tuzilgan?
2. O‘rta Osiyo suv havzalarida qaysi suyak-tog‘ayli baliqlar tarqalgan?
3. Losossimonlar qanday tuzilgan?
4. Panjaqanotlilar qanday tuzilgan?
5. Qaysi baliqlar ovlanadi?
6. Baliqlarni sun’iy urchitish va iqlimlashtirish qanday amalga oshiriladi?
1. Suyakli baliqlar skeleti:
2. Suyak-tog‘ayli baliqlar tanasida:
a) suyakdan iborat;
a) besh
qator suyak tangachalar bor;
b) suyak va xordadan iborat;
b) ikki qator tog‘ay tangachalar bor;
d) suyak va suyak-tog‘aydan iborat.
d) tog‘ay tangachalar bor.
Baliqlar turini ular tarqalgan joylar nomi bilan birga juftlab yozing.
a) mo‘ylov baliq;
1) Sirdaryo, Amudaryoning quyi oqimida;
b) moy baliq;
2) Hind okeanining Afrika sohili yaqinida;
d) qora baliq;
3) tog‘ daryolarida;
120
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
e) gulmoy;
4) daryolar havzasi va ko‘llarda;
f) soxta kurakburun;
5) Sirdaryo va Amudaryoda;
g) latimeriya.
6) Sirdaryo, Amudaryoning quyi va o‘rta
oqimida.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Bakra baliqlar, suyak-tog‘ayli baliqlar, soxta kurakburun, losossimonlar, keta,
bukri baliq, gulmoy, karpsimonlar, mo‘ylov baliq,
qora baliq, oqcha baliq, oq
amur, xumbosh, laqqa, latimeriya.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-5, b-1. d-3, e-5, f-6, g-2.
8.2.
SUVDA HAMDA QURUQLIKDA
YASHOVCHILAR SINFI
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar ilk bor quruqlikda yashash-
ga o‘tgan hayvonlar. Tuzilishi suv va quruqlik muhitiga moslashgan.
To‘rt oyoqda harakatlanadi, o‘pka va teri orqali nafas oladi. Yuragi
uch kamerali. Tuxumini suvga tashlaydi, lichinkasi suvda rivojlanadi.
Ko‘pchilik turlari uchun quruqlik asosiy muhit hisoblanadi.
Ular bilan ko‘l baqasi misolida tanishamiz.
Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi, skeleti va
35-§. muskullari
Yashash muhiti va hayot kechirishi. Ko‘l baqasi yer yuzida
keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog‘li
hududlarda uchramaydi. Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joy-
larda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchra
tish mumkin.
Hayoti
ning ko‘p qismini quruqlikda o‘tkazsa-da, suvdan hech qa-
chon nari ketmaydi. Baqa ariqlar tubidagi balchiqqa ko‘milib yoki
suv ostidagi o‘simliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda
qishki uyquga ketadi.
Ko‘l baqasi kunduz kunlari qirg‘oq yaqinida ov qiladi. U qo‘n-
g‘iz, pashsha, chivin, o‘rgimchak kabi mayda umurtqasiz hayvon lar
121
35-§. Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi va skeleti
bilan oziqlanadi. Ovga chiqqan baqa qimirlamay o‘ljani poylab yota-
di. Baqalar faqat harakatlangan o‘ljanigina payqaydi. Baqa og‘zidan
uzun yopishqoq tilini chiqarib, o‘ljani tili bilan yopishtirib oladi.
Tashqi tuzilishi. Baqaning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi ta-
nasiga chegarasiz qo‘shilib ketganligidan bo‘yni bilinmaydi. Boshi
tanasiga harakatchan birikkanligi bilan baliqlardan farq qiladi
(69-rasm). Bo‘yni qisqa bo‘lsa ham, baqa boshini har tomonga bu-
radi va ega oladi. Boshining ikki yoniga bo‘rtib chiqqan ko‘zlarini
yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar
ko‘zni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi.
Bir juft burun teshigi
ko‘zlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo o‘tkazish
vazifasini bajaradi. Burun bo‘shlig‘i og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashgan.
Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera ha-
vosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o‘pkaga o‘tadi.
Burni va ko‘zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat
burni va ko‘zini suvdan chiqarib, atrofni kuzatib turadi. Baqa suv
ostiga sho‘ng‘iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib,
nafas yo‘liga suv o‘tkazmaydi.
69-rasm. Baqaning tashqi tuzilishi:
1 – burun teshigi; 2 – qovoq; 3 – ko‘z; 4 – nog‘ora parda; 5 – oldingi oyoq; 6 – yelka;
7 – bilak; 8 – panja; 9 –
orqa oyoq; 10 – orqa oyoq panjasi; 11 – boldir; 12 – son
2
1
3
5
6
4
8
9
7
11
10
12
Baqa ko‘zining orqa tomonida joylashgan nog‘ora pardasi eshitish
organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni
kuchaytiradigan kulrang pufaklar – rezonatorlar bo‘ladi. Baqalar
urchish davrida vaqillagan ovoz chiqaradi.
Baqa va hamma quruqlikda yashovchi xordalilarning ikki juft
yurish oyoqlari rivojlangan. Oldingi oyoqlari yelka, bilak va panja;
orqa
oyoqlari son, boldir va tovon bo‘limlariga bo‘linadi. Baqaning
oldingi oyoqlari to‘rt barmoqli bo‘lib, beshinchi barmog‘i rivojlan-
magan. Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan