Zoologiya uzb 2017. indd


§. Baliqlarning ko‘payishi va rivojlanishi



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64

113
32-§. Baliqlarning ko‘payishi va rivojlanishi
va ko‘llarga tuxum qo‘yadi. Urg‘ochi baliq suv o‘simliklari ustiga 
uvildiriq tashlaydi. Erkagi esa tuxumlar ustiga o‘zining «suti»ni sepib 
ketadi. «Sut»dagi spermatozoidlar tuxum hujayralarini urug‘lantiradi.
Rivojlanishi. Zog‘ora baliqning urug‘langan tuxum hujayralari 
dan 
qulay sharoitda 4–6 kun ichida juda mayda baliqchalar (cha voqlar) 
rivojlanib chiqadi. Chavoqlar dastlab suvdagi mayda mikroorganizm-
lar, keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi. 
Yilning oxiriga kelib, ularning uzunligi 5–10 sm ga yetadi.
Naslga g‘amxo‘rlik qilishi. Zog‘ora baliqning nasliga g‘amxo‘rlik 
qilishi tuxum qo‘yish uchun joy tanlashdan iborat. Tuxum qo‘ygan 
baliq bu joyni tark etadi. Nasli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmaydigan 
baliqlar, odatda, juda ko‘p tuxum qo‘yadi. Masalan, okun 300 
minggacha,  treska bir necha million tuxum qo‘yadi. Ular naslining 
juda oz qismigina voyaga yetadi. Chunki tuxumlari va lichinkalar-
ining juda ko‘p qismi boshqa hayvonlarga yem bo‘ladi.
Ayrim baliqlarning nasli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish instink-
ti kuchli rivojlangan. Chuchuk suv tikanbalig‘ining erkagi urchish 
davrida suv o‘tlarini so‘lak bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bi-
lan yopishtirib, urg‘ochilari uchun qulay uya yasaydi. Bu uyaga bir 
necha urg‘ochi baliq tuxum qo‘yadi. Erkak baliqlar uyaga qo‘yil-
gan tuxumlarni urug‘lantiradi va tuxumdan chiqqan ba 
liqchalarni 
mustaqil oziqlana oladigan bo‘lguncha himoya qilishadi (65-rasm). 
Dengiz otchasi  erkaklari tuxumlarini qornidagi maxsus xaltachasida 
A
B
65-rasm. Baliqlarning nasl to‘g‘risida g‘amxo‘rligi: 
A – erkak tikanbaliq uyadagi tuxumlarini qo‘riqlamoqda; B – dengiz otchasi erkagi 
urg‘ochisi qo‘ygan tuxumlarni qornidagi xaltasida olib yuradi


114
8.1. Baliqlar
olib yuradi. Afrika tilyapiya balig‘ining  erkaklari urg‘ochilari tashla-
gan tuxumlarni og‘iz bo‘shlig‘ida olib yuradi. Biror xavf tug‘ilgudek 
bo‘lsa, hatto yosh baliqchalari ham erkak baliqning og‘ziga kirib 
yashirinib oladi.
1. Baliqlarning jinsiy hujayralari qayerda yetiladi?
2. Baliqlarning ko‘payish instinkti qanday namoyon bo‘ladi?
3. Baliqlar tuxumi qanday urug‘lanadi?
4. O‘tkinchi baliqlarda ko‘payish instinkti qanday namoyon bo‘ladi?
5. Naslga ko‘p g‘amxo‘rlik qilish qanday namoyon bo‘ladi?
6. Naslga kam g‘amxo‘rlik qilish nimadan iborat?
1. Nasliga ko‘p g‘amxo‘rlik qiladigan baliqlar:
a) ko‘p tuxum qo‘yadi;
b) kam tuxum qo‘yadi, uvildirig‘ini olib yuradi;
d) ko‘p tuxum qo‘yadi, dengizdan daryoga o‘tadi.
2. Baliqlar «suti»:
a) tuxum hujayralar bilan to‘lgan suyuqlik;
b) urug‘ hujayralari bilan to‘lgan oqish suyuqlik;
d) urug‘langan tuxum hujayralar.
Baliqlar nomi bilan ularning nasliga g‘amxo‘rlik qilish instinktini juftlab 
yozing.
a) tilyapiya;  
 
1) erkak baliqlar uya yasaydi;
b) tikanbaliq; 
 
2) tuxumlarini xaltasida olib yuradi;
d) dengiz otchasi.   
3) erkak baliqlar tuxumlari va 
   
 
 
   baliqlachalarni og‘zida olib yuradi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2b.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-1. d-2.
  
Baliqlarning xilma-xilligi: 
33-§.  tog‘ayli baliqlar sinfi
Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi. Turli suv havzalarida 
yashash sharoiti har xil bo‘ladi. Hatto bitta suv havzasi 
ning turli 
qismida ham sharoit bir xil bo‘lmaydi. Yashash sharoiti va oziq 
tarkibining xilma-xilligi, o‘zaro raqobat, dushmanlarning ko‘p bo‘lishi 
baliqlar tuzilishi va fe’l-atvorining turlicha bo‘li 
shiga olib kelgan. 


115
33-§. Baliqlarning xilma-xilligi: tog‘ayli baliqlar sinfi
Shuning uchun ham dengiz tubida yashovchi baliqlar sekin harakat-
lanadi, tanasi yassi bo‘lganidan yirtqich hayvonlar ularni sezmaydi. 
Rang-barang korall riflari orasida hayot kechiradigan baliqlarning 
rangi ham xilma-xil va chiroyli bo‘ladi. Dengiz va okeanlarning 
juda chuqur joyida yashaydigan baliqlarning yog‘du taratadigan 
a’zolari bo‘ladi. Suvning yuza qismida, ayniqsa, ochiq dengizlarda 
yashaydigan baliqlarning muskullari va suzgichlari, xususan, dum 
suzgichi kuchli rivojlanganligidan ular tez suzadi. Gavdasining suyri 
shakli esa suzishni osonlashtiradi.
Skeletining tuzilish xususiyatlariga ko‘ra baliqlar tog‘ayli va 
suyakli baliqlar sinfiga bo‘linadi.
Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning skeleti tog‘aydan ibo-
rat bo‘lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo‘lmaydi. Jabra 
yoriqlari 5–7 juft bo‘ladi. Tog‘ayli baliqlar akulalar va skatlar tur-
kumini o‘z ichiga oladi.
Akulalar turkumi. Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum 
suzgichi juda kuchli rivojlangan (66-rasm). Terisini qoplab turgan 
tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. 
Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat bo‘lib, 
har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon 
o‘simtasi bo‘ladi. Akula jag‘ida bunday o‘simtalar tishlarga aylanadi. 
Barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odamlarning tishlari ham 
akulalar 
nikiga o‘xshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich 
baliqlar bo‘lib, ancha yirik hay 
vonlarga, shu jumladan, cho‘milayot-
gan odamga ham hujum qiladi. Ko‘pchilik akulalar tirik tug‘adi, 
ba’zi turlari tuxum qo‘yib ko‘payadi.
Akulalarning kattaligi har xil bo‘lgan 250 turi ma’lum. Ular 
orasida uzunligi 40–45 sm bo‘lgan tikanli akula eng kichigi, uzun-
2
3
1
66-rasm. Tog‘ayli 
baliqlar: 
1 – akula; 
2 – dengiz tulkisi – 
skat baliq; 
3 – tikandum skat


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə