128
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
dumsizlar (baqalar, qurbaqalar) va dumlilar (tritonlar, salamandralar)
turkumlariga ajratiladi. Dum lilar O‘rta Osiyoda uchramaydi. Ulardan
eng yirigi Janubi-Sharqiy Osi
yoda tarqalgan gigant salamandraning
uzunligi 1,7 metrga yetadi. O‘zbekis ton hududida dumsizlardan ko‘l
baqasi va yashil qur
baqa keng tarqalgan.
Yashil qurbaqa baqaga nisbatan ancha yirik, rangi och yashil yoki
kulrang, terisida sassiq oqish zaharli suyuqlik ishlab chiqa
radigan
bezlari bo‘ladi.
U kunduzi kemiruvchilar inida, daraxt
lar ildizi va
to‘nkalar ostida, yerto‘lalarda bekinib yotadi. Faqat kechqurunlari
ovga chiqadi. Uning orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo‘lganidan
o‘rmalab yoki qisqa-qisqa sakrab yuradi. Qurbaqa
ning terisi dag‘alroq,
o‘pkasi nisbatan yaxshi rivojlangan. U kechqurunlari qurillab sayraydi.
Qurbaqa faqat ko‘payish davrida suvga tushadi. U ko‘lmak suvlar va
hovuzlarga marjon shodasiga o‘xshab tizilgan tuxumlarini qo‘yadi.
Ahamiyati. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar – foydali
hayvonlar. Qurbaqa o‘simliklarga ziyon yetkazadigan hasharotlarni
qirib, katta foyda keltiradi. Qurbaqa bir kechada 100 tagacha, 9 oy
davomida uch mingtagacha hasharotni yeydi. Baqa zarar
kunanda
hasharotlar (chivinlar)ning suvdagi lichinkalarini va suv bo‘yidagi
hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Baqaning o‘zi
ham turli hayvon-
lar uchun oziq bo‘ladi. Baqadan tibbiyot va biologi
yada laboratoriya
hayvonlari sifatida ham foydalaniladi.
Kelib chiqishi. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar
bundan 300 mln yil ilgari chuchuk suvda yashovchi
panjaqanot-
lilardan kelib chiqqan. Haqiqatan ham, qadimgi panjaqanotlilarning
suzgichlari skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilar oyoqlari
skeletiga o‘xshab ketadi.
Qadimgi panjaqa
notlilar o‘pka bilan na-
fas olgan. Ular chuchuk suvli sayoz daryo va ko‘llarda yashagan.
Suv qurib qolganida esa muskulli suzgichlari yordamida boshqa suv
havzasiga o‘rmalab o‘ta olishgan. O‘pkali panjaqa notlilardan qadimgi
dumlilar, ulardan dumsizlar kelib chiqqan.
1. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar tuxumlari qanday urug‘lanadi?
2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday rivojlanadi?
3. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko‘payishi va rivojla-
nishining qaysi xususiyatlari baliqlarga o‘xshaydi?
4. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday turkumlarga ajratiladi?
5. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday ahamiyatga ega?
6. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday kelib chiqqan?
129
38-§. Ildam kaltakesakning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi
1. Baqa tuxumlarini:
a) suv tubiga yopishtirib qo‘yadi;
b) suv o‘tlariga yopishtirib qo‘yadi;
d) suv yuzasiga to‘p-to‘p qilib qo‘yadi.
2. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar:
a) dengizda yashovchi baliqlardan
kelib chiqqan;
b) chuchuk suvda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan;
d) dengizdan chuchuk suvga yashashga o‘tgan.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Itbaliq, tashqi jabralar, ichki jabralar, ko‘l baqasi, yashil qurbaqa,
dumsizlar, dumlilar, tritonlar, salamandralar, o‘pkali panjaqanotlilar.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2b.
8.3.
SUDRALIB YURUVCHILAR SINFI
Sudralib yuruvchilar – birlamchi quruqlikda yashovchi hayvonlar.
Terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tuxumini quruqlikka
qo‘yadi. O‘p ka orqali nafas oladi. Bu sinf tangachalilar, toshbaqalar,
timsohlar turkumlariga ajra
tiladi.
Ildam kaltakesakning tuzilishi,
38-§.
ko‘payishi va rivojlanishi
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak O‘rta Osi-
yoning cho‘l va tog‘oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki
yashil-kulrang tusda bo‘lganligi tufayli uni o‘tlar orasida yirtqich
hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo‘lib
yashaydi, turli
hasharotlar bilan oziqlanadi.
Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15–20 sm ga
yetadi. Konussimon boshi harakatchan, qisqa bo‘yni orqali tanasiga
birikkan. Tumshug‘ining uchida ikkita burun teshigi, undan orqaroq-
da – boshining ikki yonida ko‘zlari joylashgan (75-rasm). Ko‘zi-
da yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o‘xshash
pirpiraydigan uchinchi qovog‘i ham bo‘ladi. Dam-badam ochilib
va yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko‘zini doimo
130
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi
namlab turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog‘ora
parda tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak juda yaxshi
eshitadi. Hatto hasharotlar o‘rma layotganda
chiqadigan tovushni ham
sezadi. Kaltakesak
ning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi.
U uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi nar
sa
larni bilib oladi.
Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tana-
ga ikki yon tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib
turmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni
yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi.
Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan.
Tangachalar kaltakesak tumshug‘i va qornining ostida yirik qalqon-
simon plastinkalarni, barmoqlari uchida
muguz tirnoqlarni hosil
qiladi. Muguzli teri hayvonning o‘sishiga xalaqit beradi. Shuning
uchun barcha sudralib yuruvchilar singari kaltakesaklar ham faqat
tullash davrida o‘sadi. Yoz mavsumida kaltakesak 4–5 marta tul-
laydi. Tullaganida uning eski terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chib
tushib, o‘rniga yangisi hosil bo‘ladi. Kaltakesak tanasi yangi teri
qotguncha o‘saveradi.
Ichki tuzilishi. Kaltakesakning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan baqa-
nikiga o‘xshasa-da, ayrim organlari undan farq qiladi. Xususan,
uning boshi 8 ta umurtqalar orqali tanasiga harakatchan birikkan.
Ko‘krak umurtqalarining har biriga ikki yon tomondan bittadan
qovurg‘alar tutashgan. Qovurg‘alarning ikkinchi uchi esa to‘sh su-
ya
giga tutashgan. Ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh
suyagi
birgalikda ko‘krak qafasini hosil qiladi. Ko‘krak qafasida o‘pka va
yurak joylashgan.
Kaltakesak faqat o‘pkasi orqali nafas oladi. Kaltakesakning o‘pka-
si baqani
kiga nisbatan murakkab tuzilgan, ya’ni o‘pka devori ko‘plab
katakchalarga bo‘lingan. Shu tufayli o‘pkaning gaz almashinadigan
yuzasi ancha kengaygan.
3
1
4
2
5
75-rasm. Ildam
kaltakesakning tashqi
tuzilishi: 1 – burun
teshigi; 2 – ko‘z; 3 –
til; 4 – tangachalar; 5
– quloq teshigi