Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64

134
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi
ilon turli qushlar va ularning jo‘jalari, kemiruv 
chilar va kaltake-
saklar bilan oziqlanadi.
O‘zbekistonning janubiy hududlarida kapcha ilon (kobra) 
tarqalgan. Ilonning uzunligi 170 sm dan 2 m gacha bora-
di. Biron xavf tug‘ilganida yoki odam yaqinlashganida ilon 
tanasining oldingi qismini ko‘taradi; bo‘ynini kengaytirib, 
ogoh 
lantiruvchi holatga o‘tadi. Kapcha ilon qurbaqa, kemiruv-
chilar, kaltakesaklar va boshqa ilonlarni tutib yeydi. Bu ilon 
o‘ta zaharli, uning zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Janubiy 
hududlardagi tog‘larda va tog‘ etaklarida uzunligi 120 sm gacha 
keladigan  ko‘lvor ilon uch 
raydi. Ilon qushlar, kemiruvchilar, 
kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko‘lvor ilonning zahari juda 
xavfli. O‘rta Osiyo janubidagi cho‘llarda va tog‘ etaklarida 
uzunligi 80–90 sm keladigan charx ilon tarqalgan. Bezovta 
qilingan ilon bir joyda aylana boshlaydi va terisidagi tangacha-
larini ishqalab, aylanadigan charx tosh singari ovoz chiqaradi. 
Charx ilon chaq 
qanida badanda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, 
lekin ko‘pincha odam tuzalib ketadi.
Toshkent va Samarqand viloyatlari tog‘ etaklari, Mirzacho‘l va 
Xorazm cho‘llarida qalqontumshuq ilonni uchratish mumkin. Ilon 
chaqqan odamning badani shishib ketadi va tana harorati ko‘ta 
riladi. 
U 10–15 kundan so‘ng tuzala boshlaydi (77-rasm).
5
4
2
3
1
77-rasm. O‘zbekistonning zaharli ilonlari: 
1 – qalqontumshuq; 2 – qora ilon; 3 – charx ilon; 4 – ko‘lvor ilon;
5 – kapcha ilon


135
39-§. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi: tangachalilar turkumi
Zaharli ilonlar chaqqanida zahar jarohatlangan joydan qo‘l bilan 
siqib yoki og‘iz bilan so‘rib qon bilan birga chiqarib tashlanadi. 
So‘ngra jarohatga margansovka, sirka yoki sodali suv bilan ho‘llan-
gan bint yoki paxta bosiladi. Dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilgandan 
so‘ng zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun tezda shifoxonaga 
murojaat qilish zarur.
1. Tangachalilar qanday tuzilgan?
2. Kaltakesaklar qanday tuzilgan?
3. Ilonlar qaysi belgilari bilan kaltakesaklardan farq qiladi?
4. O‘zbekiston hududida qaysi zaharli ilonlar tarqalgan?
1. Kaltakesaklar tullaganida terisi: 
 
2. Issiqlik sezish organi bor:
a) yaxlit ko‘chib tushadi;    
 
a) bo‘g‘ma va o‘qilonda bo‘ladi;
b) parcha-parcha bo‘lib tushadi; 
 
b) shaqildoq, ko‘lvor ilonda
d) asta-sekin ko‘chib tushadi. 
 
d) bo‘g‘ma, shaqildoq ilonda.
3. Sariq ilonning:
a) oyoqlari bo‘lmaydi;
b) yuqori va pastki jag‘lari pay orqali qo‘shilgan;
d) qovoqlari bo‘lmaydi.
Kaltakesaklar nomi bilan va ular uchun xos xususiyatlarni juftlab yo zing.
a) gekkonlar; 
 
 
1) oyoqsiz kaltakesak;
b) echkemar; 
 
 
2) cho‘l va dashtlarda tarqalgan;
d) sariq ilon; 
 
 
3) eski imoratlarda uchraydi;
e) agamalar. 
 
 
4) yirik kaltakesak.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Cho‘l agamasi, sariq ilon, kapcha ilon, ko‘lvor ilon, qalqontumshuq, gekkon, 
echkemar, chiðor ilon, bo‘g‘ma ilon, zahar soluvchi tishlar.
Jumboqni yeching. Nima sababdan kaltakesaklarning ko‘zi yumiladi, ilonlarniki 
esa yumilmaydi?
Quyidagi topishmoqlarda qaysi hayvonlar tasvirlangan?
38. Bir quloch bo‘yi bor,   40. Ola qamchi uradi,
   Ola-bula to‘ni bor. 
   Chumchuqlarni so‘radi.
39. Uzun ichak,    
41. Uzun-uzun iz qolgan,
   Uchi tugunchak.  
   Zar ko‘ylakli kim o‘tgan.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2d, 3a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-4, d-1, e-2.
?!


136
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi
40-§.   
Toshbaqalar va timsohlar turkumlari
Toshbaqalar. Toshbaqalar tanasi orqa va qorin tomondan suyak 
hamda muguzdan iborat mustahkam kosa – qalqon bilan qoplan-
gan. Kosa qovurg‘alar, umurtqalar va o‘mrov suyaklari bilan tu-
tashgan. Biron xavf tug‘ilganida toshbaqa boshi, oyoqlari va dumini 
kosasi ichiga tortib oladi. Toshbaqaning bo‘yni uzun, boshi juda 
harakatchan bo‘ladi. Tili yo‘g‘on va go‘shtdor, tishlari rivojlanma-
gan,  jag‘lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko‘zi va hid 
bilish organlari yaxshi rivojlangan. Umurtqa pog‘onasida bo‘ 
yin va 
dum umurtqalari o‘zaro harakatchan, boshqa umurtqalari orqa kosasi 
bilan harakatsiz birikkan (78-rasm).
78-rasm. Toshbaqalar: 
1 – botqoq toshbaqasi; 2 – cho‘l toshbaqasi
2
1
Ko‘pchilik toshbaqalar  quruqlikda, ayrim turlari suv hav-
zalarida hayot kechiradi. Chuchuk suvda hayot kechirishga 
mos 
lashgan turlarining barmoqlari orasida suzgich pardasi 
bo‘ladi. Dengiz tosh 
baqalarining oyoqlari eshkak vazifasini 
o‘taydi.
Mamlakatimizning cho‘l va adirlarida O‘rta Osiyo toshbaqasi keng 
tarqalgan. Toshbaqa yovvoyi o‘simliklar maysalari bilan oziqlanadi. 
Ba’zan bug‘doy va beda maysalarini yeb, birmuncha ziyon keltiradi. 
Jazirama yoz boshlanishi bilan adirlarda toshbaqaga oziq bo‘ladigan 
o‘simliklar qovjirab qoladi. Toshbaqa esa kuz kirgunicha uyquga 


137
40-§. Toshbaqalar va timsohlar turkumlari
ketadi. Kech kuzda havo soviy boshlagach, u pana joylarga bekinib 
olib, qishki uyquga kiradi.
Yevropaning janubida botqoq toshbaqasi uchraydi. Toshbaqa yaxshi 
suzadi va sho‘ng‘iydi; suvda uchraydigan umurtqasiz hayvonlar bilan 
oziqlanadi. Uzoq Sharq suv havzalarida yashay 
di 
gan terili toshbaqa-
ning kosasi bo‘lmaydi.
Tropik dengizlarda hayot kechiradigan dengiz toshbaqasi juda 
yi 
rik, og‘irligi 300 kg dan oshadi. Toshbaqa eshkaksi 
mon oyoq-
lari yordamida suvda suzadi; faqat tuxum qo‘yish uchun qirg‘oqqa 
chiqadi.
Timsohlar turkumi. Timsohlar bahaybat kaltakesaklarga o‘xshay-
di. Tanasining uzunligi 7 m gacha boradi (79-rasm). Terisi orqa 
tomondan juda qalin qalqonlar bilan qoplangan; orqa oyoqlari bar-
moqlari orasiga parda tortilgan va ikki yondan siqilgan kuchli uzun 
7 9 - r a s m .   T i m s o h l a r : 
1 – Nil timsohi; 
2 – Missisiði timsohi
2
1
dumi yordamida suzadi va sho‘ng‘iydi. Timsohlarning eng yirigi 
Nil timsohining uzunligi 7 m ga yetadi. Amerika qit’asida tarqalgan 
alligatorlar va Hindiston gaviallarining uzunligi 6,5 m gacha bo‘ladi.
Timsohlar – yirtqich hayvonlar. Ularning ko‘zlari va burun 
teshiklari boshi ustidagi maxsus bo‘rtiqchalarda joylashgan. Suv 
da 
suzayotgan timsohning burun teshiklari va ko‘zlari suvdan tashqari-
ga chiqib turadi. Shu holatda timsoh suvga yaqinlasha 
yotgan yirik 
hayvonlarni bemalol kuzatib turadi va sezdirmasdan yaqinlashib 
ularni tutib oladi. Urg‘ochi timsoh qirg‘oqqa chiqib, o‘zi qazigan 


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə