141
41-§. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi
o‘tkazmaydigan bo‘ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qo-
qish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib,
ko‘tarish yuzasini hosil qiladi.
Qoplag‘ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlar-
ning yelpig‘ichi yumshoq va g‘ovak bo‘ladi; 2-tartib o‘siq
chalari
bo‘lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo‘ladi.
Parlarning o‘zagi juda kalta, o‘siqchalari uning uchida mo‘yqalam
singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar
tullaganida ularning eski patlari to‘kilib, o‘rniga yangi patlari hosil
bo‘ladi.
Qushlar terisida bezlar rivojlanmagan; faqat suv qushlarining dumi
asosida dumg‘aza bezi bo‘ladi. Qush tumshug‘i bilan bu bezdan
yog‘simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Yog‘
patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi. Suvda suzadigan qushlarning
yog‘langan patlari suv yuqtirmaydigan bo‘ladi. Qushlarning patsiz
oyoq iligi terisidagi mayda tangachalar sudralib yuruvchilar terisidagi
muguz tangachalarga o‘xshaydi. Ularning patlari, tumshug‘i, tirnoq-
lari ham muguzdan iborat.
1. Qushlar gavdasi qanday tuzilgan?
2. Kontur patlar qanday tuzilgan?
3. Momiq patlar va parlar qanday tuzilgan?
4. Kontur patlar qanday vazifani bajaradi?
5. Parlar qanday vazifani bajaradi?
6. Dumg‘aza bezlari qanday vazifani bajaradi?
1. Parlar yaxshi rivojlangan: 2. Shoxsimon tangachalar bo‘ladi:
a) o‘rmon qushlarida;
a) oyoqning pastki qismi va barmoqlarda;
b) cho‘l qushlarida;
b) tumshug‘i va bo‘ynida;
d) suv qushlarida.
d) oyoqning boldir qismida.
82-rasm. Qush patining tuzilishi:
A – qoqish pati; B – kontur qoplag‘ich pat. D – par: 1 – qalam uchi;
2 – birinchi va ikkinchi tartib o‘siqchalar; 3 – o‘zak
A
B
D
3
1
2
142
8.4. Qushlar sinfi
3. Suvda suzuvchi qushlarning: b) tumshug‘i muguz bilan qoplangan;
a) kontur patlari qalin bo‘ladi; d) dumg‘aza bezlari yaxshi rivojlangan.
Patlarni ularning vazifasi bilan birga juftlab yozing.
a) qoqish;
1) uchganda gavdasini yo‘naltiradi;
b) boshqarish;
2) tanasi yuzasini qoplab turadi;
d) qoplag‘ich;
3) tanada issiqlikni saqlaydi;
e) parlar.
4) ko‘tarish yuzasini hosil qiladi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Pat qoplami, kontur patlar, boshqarish patlari, qoqish patlari, momiq patlar,
kontur qoplag‘ich patlar, parlar, dumg‘aza bezi.
Jumboqni yeching. 1. Qushlarning bo‘yni tanasiga nisbatan uzun va
harakatchan, tanasining kalta va miqti bo‘lishi qushlar uchun qanday
ahamiyatga ega? 2. Nima sababdan xonaki parrandalar ucholmaydi? 3.
Nima sababdan qush go‘shti tez hazm bo‘ladigan parhez taom hisobla-
nadi?
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a, 3d.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-1; d-2, e-3.
42-§. Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari
Skeleti. Ko‘k kaptar va boshqa qushlarning skeleti bosh, umurtqa
pog‘onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamar
lari skeletidan
iborat (83-rasm). Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga mos-
lashganligini aks ettiradi. Naysimon suyaklarning bo‘shlig‘ida havo
bo‘lganligi tufayli juda yengil bo‘ladi. Bir qancha suyaklar qo‘shilib
o‘sganligi tufayli qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan
ancha pishiq va mustahkam bo‘ladi.
Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko‘z kosasi, yuqori
va pastki jag‘lardan iborat. Jag‘lar muguz bilan qoplangan tum-
shuqqa aylangan; tishlar bo‘lmaydi. Bosh skeletida faqat pastki jag‘
harakatchan bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limi uzun bo‘lib, o‘zaro
harakatchan birikkan umurtqalardan tashkil topgan. Qush boshi-
ni orqaga 180° ga burishi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan
?!
143
42-§. Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari
atrofidagi oziqni cho‘qilashi mumkin. Ko‘krak umurtqalari o‘zaro
harakatsiz birikkan. Bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro biri-
kib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlar-
ning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo‘ladi. Umurtqa
pog‘onasi
ning ko‘krak bo‘limi qovurg‘alar va to‘sh suyagi bilan birga
ko‘krak qafasini hosil qiladi. To‘sh suyagining pastki tomoni kenga-
yib, qa
yiqqa o‘xshash ko‘krak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka
qanotlarni harakatga keltiradigan mus kullar birikadi. Qovurg‘alar-
ning bir uchi ko‘krak umurtqalari, ikkinchi uchi to‘sh suyagi bilan
harakatchan qo‘shilgan.
Qanotlar kamari ko‘krak tirgak, kurak va o‘mrov suyaklaridan
iborat. O‘mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil
qiladi. Qanot skeleti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak)
va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlarning qa-
notida faqat uchta barmoq bo‘ladi, bu bilan ular suvda hamda
quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning besh bar moq
li
oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagi mayda panja suyaklar
qo‘shilib, yaxlit bitta suyakni hosil qiladi. Barmoqlar sonining
kamayishi va mayda suyaklarining qo‘shilishi tufayli panja suyagi
mustahkam bo‘ladi.
6
5
3
1
2
9
8
7
12
11
10
15
14
13
18
16
20
19
4
83-rasm. Kaptar
skeleti:
1 – bosh; 2 – ustki tum-
shuq; 3 – ostki tumshuq;
4 – bo‘yin umurtqalari;
5 – yelka; 6 – ko‘krak
umurtqalari; 7 – o‘mrov;
8 – ko‘krak tirgak; 9 –
to‘sh; 10 – to‘sh toji; 11
– bol dir; 12 – son; 13 –
ilik; 14 – oyoq pan ja; 15
– barmoqlar; 16 – chanoq;
17 – qanot panjasi; 18 –
bilak; 19 – qo vur g‘alar; 20
– dum umurt qalari
17
Dostları ilə paylaş: |