Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64

128
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
dumsizlar (baqalar, qurbaqalar) va dumlilar (tritonlar, salamandralar) 
turkumlariga ajratiladi. Dum lilar O‘rta Osiyoda uchramaydi. Ulardan 
eng yirigi Janubi-Sharqiy Osi 
yoda tarqalgan gigant salamandraning 
uzunligi 1,7 metrga yetadi. O‘zbekis ton hududida dumsizlardan ko‘l 
baqasi va yashil qur 
 
baqa keng tarqalgan.
Yashil qurbaqa baqaga nisbatan ancha yirik, rangi och yashil yoki 
kulrang, terisida sassiq oqish zaharli suyuqlik ishlab chiqa 
radigan 
bezlari bo‘ladi. U kunduzi kemiruvchilar inida, daraxt 
lar ildizi va 
to‘nkalar ostida, yerto‘lalarda bekinib yotadi. Faqat kechqurunlari 
ovga chiqadi. Uning orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo‘lganidan 
o‘rmalab yoki qisqa-qisqa sakrab yuradi. Qurbaqa 
ning terisi dag‘alroq, 
o‘pkasi nisbatan yaxshi rivojlangan. U kechqurunlari qurillab sayraydi. 
Qurbaqa faqat ko‘payish davrida suvga tushadi. U ko‘lmak suvlar va 
hovuzlarga marjon shodasiga o‘xshab tizilgan tuxumlarini qo‘yadi.
Ahamiyati. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar – foydali 
hayvonlar. Qurbaqa o‘simliklarga ziyon yetkazadigan hasharotlarni 
qirib, katta foyda keltiradi. Qurbaqa bir kechada 100 tagacha, 9 oy 
davomida uch mingtagacha hasharotni yeydi. Baqa zarar 
kunanda 
hasharotlar (chivinlar)ning suvdagi lichinkalarini va suv bo‘yidagi 
hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Baqaning o‘zi ham turli hayvon-
lar uchun oziq bo‘ladi. Baqadan tibbiyot va biologi 
yada laboratoriya 
hayvonlari sifatida ham foydalaniladi.
Kelib chiqishi. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar 
bundan 300 mln yil ilgari chuchuk suvda yashovchi panjaqanot-
lilardan kelib chiqqan. Haqiqatan ham, qadimgi panjaqanotlilarning 
suzgichlari skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilar oyoqlari 
skeletiga o‘xshab ketadi. Qadimgi panjaqa 
notlilar o‘pka bilan na-
fas olgan. Ular chuchuk suvli sayoz daryo va ko‘llarda yashagan. 
Suv qurib qolganida esa muskulli suzgichlari yordamida boshqa suv 
havzasiga o‘rmalab o‘ta olishgan. O‘pkali panjaqa notlilardan qadimgi 
dumlilar, ulardan dumsizlar kelib chiqqan.
1. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar tuxumlari qanday urug‘lanadi?
2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday rivojlanadi?
3. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko‘payishi va rivojla- 
  nishining qaysi xususiyatlari baliqlarga o‘xshaydi?
4. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday turkumlarga ajratiladi?
5. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday ahamiyatga ega?
6. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday kelib chiqqan?


129
38-§. Ildam kaltakesakning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi
1. Baqa tuxumlarini:
a) suv tubiga yopishtirib qo‘yadi; 
b) suv o‘tlariga yopishtirib qo‘yadi;
d) suv yuzasiga to‘p-to‘p qilib qo‘yadi.
2. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar:
a) dengizda yashovchi baliqlardan kelib chiqqan;
b) chuchuk suvda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan;
d) dengizdan chuchuk suvga yashashga o‘tgan.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Itbaliq, tashqi jabralar, ichki jabralar, ko‘l baqasi, yashil qurbaqa, 
dumsizlar, dumlilar, tritonlar, salamandralar, o‘pkali panjaqanotlilar.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2b.
8.3.
 
SUDRALIB YURUVCHILAR SINFI
Sudralib yuruvchilar – birlamchi quruqlikda yashovchi hayvonlar. 
Terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tuxumini quruqlikka 
qo‘yadi. O‘p ka orqali nafas oladi. Bu sinf tangachalilar, toshbaqalar, 
timsohlar turkumlariga ajra 
tiladi.
  
 
Ildam kaltakesakning tuzilishi, 
38-§.   
ko‘payishi va rivojlanishi
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak O‘rta Osi-
yoning cho‘l va tog‘oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki 
yashil-kulrang tusda bo‘lganligi tufayli uni o‘tlar orasida yirtqich 
hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo‘lib yashaydi,  turli 
hasharotlar bilan oziqlanadi.
Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15–20 sm ga 
yetadi. Konussimon boshi harakatchan, qisqa bo‘yni orqali tanasiga 
birikkan. Tumshug‘ining uchida ikkita burun teshigi, undan orqaroq-
da – boshining  ikki yonida ko‘zlari joylashgan (75-rasm). Ko‘zi-
da yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o‘xshash 
pirpiraydigan uchinchi qovog‘i ham bo‘ladi. Dam-badam ochilib 
va yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko‘zini doimo 


130
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi
namlab turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog‘ora 
parda tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak juda yaxshi 
eshitadi. Hatto hasharotlar o‘rma layotganda chiqadigan tovushni ham 
sezadi. Kaltakesak 
ning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi. 
U uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi nar 
sa 
 
larni bilib oladi.
Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tana-
ga ikki yon tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib 
turmaydi. Shuning uchun  harakatlanayotgan kaltakesakning qorni 
yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi. 
Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan. 
Tangachalar kaltakesak tumshug‘i va qornining ostida yirik qalqon-
simon plastinkalarni, barmoqlari uchida muguz tirnoqlarni hosil 
qiladi. Muguzli teri hayvonning o‘sishiga xalaqit beradi. Shuning 
uchun barcha sudralib yuruvchilar singari kaltakesaklar ham faqat 
tullash davrida o‘sadi. Yoz mavsumida kaltakesak 4–5 marta tul-
laydi. Tullaganida uning eski terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chib 
tushib, o‘rniga yangisi hosil bo‘ladi. Kaltakesak tanasi yangi teri 
qotguncha o‘saveradi.
Ichki tuzilishi. Kaltakesakning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan baqa-
nikiga o‘xshasa-da, ayrim organlari undan farq qiladi. Xususan, 
uning boshi 8 ta umurtqalar orqali tanasiga harakatchan birikkan. 
Ko‘krak umurtqalarining har biriga ikki yon tomondan bittadan 
qovurg‘alar tutashgan. Qovurg‘alarning ikkinchi uchi esa to‘sh su-
ya 
giga tutashgan. Ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi 
birgalikda ko‘krak qafasini hosil qiladi. Ko‘krak qafasida o‘pka va 
yurak joylashgan.
Kaltakesak faqat o‘pkasi orqali nafas oladi. Kaltakesakning o‘pka-
si baqani 
kiga nisbatan murakkab tuzilgan, ya’ni o‘pka devori ko‘plab 
katakchalarga bo‘lingan. Shu tufayli o‘pkaning gaz almashinadigan 
yuzasi ancha kengaygan.
3
1
4
2
5
75-rasm. Ildam 
kaltakesakning tashqi 
tuzilishi: 1 – burun 
teshigi; 2 – ko‘z; 3 – 
til; 4 – tangachalar; 5 
– quloq teshigi


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə